calendar 23 Jan 16:02
eye 90
comments 0
comments Manba: xs.uz

Qandli va qandsiz diabet: ularning farqi nimada?

image
Diabet deganda aksariyatimiz qandli diabetni tushunamiz. Qandsiz diabet ham borligini esa koʻpchilik bilmaydi.

Xoʻsh, qandli va qandsiz diabet bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?

Ushbu savolga tibbiyot fanlari doktori, professor Zamira Halimova javob berdi:

' Qandli diabet 2 turga boʻlinib, birinchisi organizmda insulin yetarli darajada ishlab chiqarilmayotganligi natijasida paydo boʻlsa, ikkinchisi hujayralarning insulinga sezuvchanligining pasayishi tufayli kelib chiqadi, ' deydi mutaxassis.

Qandsiz diabetni ham ikki asosiy turga ajratish mumkin ' markaziy va nefrogen. Koʻpincha kasallik rivojlanishi organizmda suyuqlikni ushlab turishga javob beradigan vazopressin gormonini ishlab chiqarishdagi muammolar bilan bogʻliq boʻladi.

Shu bois, xaddan ortiq darajada, yaʼni kandli diabetga chalingan bemorlarga nisbatan koʻp ' bir kunda 5-15 litrgacha peshob ajralib chiqishi, kuchli chanqoqlik hissi bu xastalikning asosiy alomatlaridan hisoblanadi.

Meʼda osti bezidagi patalogiyalar, gormonal oʻzgarishlar, ayrim dori vositalarining nojoʻya taʼsiri, oʻsmalar, irsiy moyillik ham qandsiz diabetga chalinish sabablaridan boʻlishi mumkin.

Bu belgilar qandli diabetda ham kuzatilishi mumkin. Ammo qandli diabetda ozib yoki semirib ketish, yaralarning sekin bitishi, terining qichishi kabi simptomlar ham uchrab turadi. Diabetning bu ikki turiga barcha yoshdagi kishilar, hatto, bolalar ham chalinishi mumkin.

Qandli diabetni davolash jarayoni muntazam ravishda insulin preparatini qabul qilish va parhez tutishni nazarda tutadi.

Qandsiz diabetda esa, eng avvalo, uni keltirib chiqargan asosiy kasallik oʻchogʻi bartaraf etilib, keyin qoʻshimcha vazopressin saqlovchi gormonal oʻrin bosuvchi terapiya va boshqa muolajalar bajariladi.

Aytish joizki, ikkala kasallikni davolashda ham, birinchi navbatda, shifokorga murojaat qilib, tegishli tekshiruvlardan oʻtish zarur. Ularning natijalari, xastalik bosqichi, bemorning umumiy ahvoliga qarab unga zarur muolaja va dorilar tayinlanadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Aug 17:26
 
22
0
xs.uz

“Oʻzenergoinspeksiya” Vazirlar Mahkamasi boʻysunuviga oʻtkaziladi

Hujjatga koʻra, elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasini ('Oʻzenergoinspeksiya') Vazirlar Mahkamasi boʻysunuviga oʻtkaziladi. U yoqilgʻi-energetika tarmogʻida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.Inspeksiyaga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklandi:'Oʻzenergoinspeksiya'ning markaziy apparati tuzilmasida 30 ta shtat birligidan iborat boʻlgan Energiya samaradorligini

10 Oct 08:03
 
3
0
xs.uz

Prezident Toshkent shahrining bosh rejasi loyihasini koʻrib chiqdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-oktyabr kuni Toshkent shahrining bosh rejasi loyihasi bilan tanishdi.Bugungi kunda shahar hududi 43 ming 822 gektar, aholi soni 3 milliondan ziyod. Kelgusida bu miqyos yanada oshib borishi tayin. Shu bois Toshkent shahrining 2045-yilgacha boʻlgan davrga moʻljallangan bosh rejasi loyihalashtirildi.Davlatimiz rahbari bu boradagi ilk ishlanmalar bilan 2022-yilda tanishgan edi. Unda berilgan koʻrsatma va tavsiyalar asosida loyiha takomillashtirildi. 'Toshkentboshpla

09 Oct 15:21
 
10
0
xs.uz

Buxoroda ikki maktab oʻquvchisining oʻlimiga sababchi boʻlgan haydovchi qamaldi

Buxoro viloyatida yoʻl harakati qoidalarini buzib YTH sodir etgan va ikki nafar maktab oʻquvchisining oʻlimiga sababchi boʻlgan avtobus haydovchisiga hukm oʻqildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov'maʼlum qildi.Bildirilishicha, mazkur YTH joriy yilning 18-mart kuni Kogon tumanida sodir boʻlgan. Hodisa oqibatida tumandagi 5-sonli ixtisoslashtirilgan maktabning ikki nafar oʻquvchisi halok boʻlgan. Boshqalari turli darajada tan jarohatlari olgan.Oʻshanda bir nechta avtobus bola

09 Oct 12:39
 
2
0
xs.uz

Surxondaryo viloyati mahalla uyushmasiga boshliq tayinlandi

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'.'Abduraimov Saydulla Berdishukurovich Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.S.Abduraimov 1980-yilda Angor tumanida tugʻilgan. 2004-yilda Termiz davlat universitetini, 2010-yilda Oʻzbekiston milliy universitetini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi ' matematika, yurisprudensiya.Mehnat faoliyati davomida IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi, Adliya boshqarmasi va 'Vatanparvar' tashkiloti