Vakant oʻrinlarga raqamli texnologiyalar orqali nomzodlar tanlanmoqda

Anjumanda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali bosh inspektori K. Seitniyazov Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali faoliyatida 2023-yildagi muhim koʻrsatgichlar yuzasidan taqdimot qildi.
Unda keltirilishicha, 'vacancy.argos.uz' portalida eʼlon qilingan 1328 ta vakant lavozimlar uchun 29 mingga yaqin nomzodlardan hujjat kelib tushgan. Tanlov yakuniga yetgan 1231 ta vakant lavozimlarning 549 tasi, yaʼni 45 foizi malakali xodimlar bilan toʻldirildi. Qolgan 682 ta vakant lavozimlarga esa, qayta tanlov eʼlon qilindi.
' Milliy kadrlar zaxirasiga 75 nafar va salohiyatli kadrlar zaxirasiga 45 nafar nomzod kiritilib, ularning 21 nafari rahbar lavozimlariga tayinlandi, ' deydi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali rahbarining oʻrinbosari A. Reimbayev. ' Faoliyatimiz davomida davlat xizmatchilarining bilim va malakalarini oshirishga ham alohida eʼtibor qaratiladi. Bu borada oʻtgan yilda 1 ming 659 nafar davlat fuqarolik xizmatchilarining bilim va koʻnikmalari oshirildi hamda shu yoʻnalishda 46 ta seminar-treninglar tashkil qilindi.
Shu bilan birga faoliyatimizni yanada samarali tashkil qilish maqsadida jamoatchilik orasida ijtimoiy soʻrovnomalar ham oʻtkazib kelinadi. Hisobot davrida 14 ta soʻrovnoma oʻtkazilgan boʻlsa, unda davlat fuqarolik xizmatchilari, oliy taʼlim bitiruvchilari, mahalla xodimlari hamda aholi vakillaridan jami 10 ming 865 nafar fuqarolar ishtirok qilib oʻzlarining fikrlarini bildirishgan. Albatta, bunda bildirilgan taklif va fikrlarni biz kelgusi faoliyatimizni takomillashtirishda inobatga olamiz. Bugungi anjumanda ham qilingan ishlar haqida axborot berish bilan birga ommaviy axborot vositalari vakillari bilan ochiq muloqot qilib, ularning ham takliflarini tingladik. Eʼtiborlisi, vakant oʻrinlarga munosib kadrlarni tanlash borasida inson omilini kamaytirish va raqamli texnologiyalar orqali eng salohiyatli nomzodlarni tanlash imkonini yaratishga harakat qilmoqdamiz.
Tadbirda Agentlikning filiali tomonidan vazirlik va tashkilotlarda faoliyat koʻrsatuvchi xodimlarning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash yoʻnalishida ham oʻrganishlar oʻtkazilishi taʼkidlandi. Bu borada 44 ta oʻrganish hamda monitoringlar oʻtkazilib, natijasi yuzasidan 15 ta taqdimnoma va 11 ta ogohlantirish xati kiritilgani, 15 nafar mansabdor shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgani keltirib oʻtildi.
Gʻayrat Otajonov, 'Xalq soʻzi'.
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga bordi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog'istonga keldi.Ostona xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qozog'iston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.Bugun O'zbekiston yetakchisi 'Markaziy Osiyo - Italiya' sammiti tadbirlarida ishtirok etadi.
“Work and Travel” dasturida ishtirok etuvchi talabalarga foizsiz qarz beriladi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 290-sonli qaroriga muvofiq, 2025-yil 15-maydan boshlab 'Work and Travel' xalqaro dasturlari doirasida ishlash va sayohat qilish maqsadida xorijiy davlatlarga boradigan talabalarga ssuda (qaytarish sharti bilan foizsiz qarz) ajratish tartibi joriy etiladi. Mazkur tartib xorijga borish, qaytish va boshqa xarajatlarni qoplash uchun moʻljallangan.Ssuda olish imkoniyati Yevropa Ittifoqi davlatlari, Janubiy Koreya, Yaponiya, Buyuk Br
O‘zbekiston Prezidenti Gʻalabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 9-may kuni Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 80-yilligiga bag'ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi.Qizil maydonda Gʻalaba paradi bo'lib o'tdi. Tadbirda Xitoy Raisi Si Szinpin, Braziliya Prezidenti Lula da Silva, Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog'iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg'iziston Prezidenti Sa
Voyaga yetmaganlarga bank kartalari ochish boʻyicha talablar belgilanmoqda
Shavkat Mirziyoyevning 'Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi 153-sonli qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Qaror bilan, Oʻzbekistonda voyaga yetmagan shaxslar nomiga bank kartalarini ochish va ularning moliyaviy amaliyotlarini nazorat qilish masalalari boʻyicha yangi tartib-taomillar joriy etilmoqda. Hukumat qaroriga muvofiq, endilikda voyaga