calendar 23 Jan 12:52
eye 75
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

O‘zbekiston G‘azodagi inqirozni har tomonlama hal etish tarafdori – elchi

image

O‘zbekistonning Qohiradagi elchisi Mansurbek Qilichev Misr G‘azodagi urushni to‘xtatib turish va qamalda qolgan g‘azoliklarga gumanitar yordam yetkazishda muhim rol o‘ynaganini ta’kidladi. Bu haqda elchi MENA agentligiga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Qilichev 22 yanvar, dushanba kuni bergan intervyusida O‘zbekiston G‘azoda sodir bo‘layotgan inqirozni har tomonlama hal etish tarafdori ekanini aytgan va bu yechim 1967 yildan oldingi chegaralarda poytaxti Sharqiy Quddus bo‘lgan mustaqil Falastin davlatining barpo etilishi bilan bo‘lishini qo‘shimcha qilgan.

“Bu tegishli xalqaro qonuniylik rezolyutsiyalariga to‘liq mos keladi”, degan diplomat.

Qilichevning aytishicha, O‘zbekiston Falastin xalqi va mustaqil davlatini barpo etish huquqini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi.

Shuningdek, Qilichev O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharq agentligi (UNRWA)ga G‘azodagi faoliyati uchun 1,5 million dollar ajratganini bildirgan.

Ma’lumot uchun, ertaga 23 yanvar kuni Misr va O‘zbekiston diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 32 yil to‘ladi. 

“Misr O‘zbekistonning Yaqin Sharq va Afrikadagi muhim hamkori”, degan Qilichev.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Toshkent va Qohira o‘zaro manfaatlarga asoslangan yaqin siyosiy muloqot va iqtisodiy hamkorlikni davom ettirmoqda. Mirziyoyevning 2023 yil fevral oyida Misrga qilgan tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik darajasini oshirishga katta hissa qo‘shgan.

“Bu tarixiy tashrif bo‘lib, ikki tomonlama 10 ta bitim imzoladi, jumladan, ikkitasi turizm va farmatsevtika sanoatini rivojlantirishga doir”, deya so‘zida davom etgan diplomat.

U, shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shma korxonalar, shuningdek, o‘tgan yili O‘zbekiston Prezidentining Misrga tashrifi arafasida o‘tkazilgan ishbilarmonlar forumida imzolangan qiymati 1,6 milliard dollarga yaqin investitsiya loyihalariga to‘xtalib o‘tgan.

Diplomat o‘sha yilning dekabr oyida O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati qo‘mitasi raisi Malika Qodirxonova Misr Senati kotibi o‘rinbosari Fib Favzi bilan ikki davlat o‘rtasidagi parlament hamkorligini rivojlantirish masalalari yuzasidan muzokaralar o‘tkazganini alohida urg‘ulagan.

Elchining ma’lum qilishicha, ayni paytda O‘zbekiston va Misr 2024 yilning birinchi yarmida Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan qo‘shma hukumat qo‘mitasining 7-yig‘ilishida imzolanishi mo‘ljallangan 11 ta hamkorlik hujjati ustida ishlamoqda.

Misrning “Nile Sugar Co” kompaniyasi Jizzax viloyatida qand lavlagi yetishtirish uchun investitsiya loyihasini boshlab yuborgani, hosil 50 ming gektardan ortiq maydonga ekilishi ko‘zda tutilayotgani va 100 gektar maydonda yiliga 200 ming tonna shakar zavodi tashkil etilishi mo‘ljallanayotgani haqida elchi intervyusi chog‘i aytib o‘tdi.

“Bundan tashqari, “E2 Metals Limited” O‘zbekistonda foydali qazilmalarni qidirish loyihasi ustida ishlamoqda”, degan diplomat.

Ikki davlat o‘rtasidagi savdo ayirboshlash miqdori haqidagi savolga Qilichev, 2023 yilda bu ko‘rsatkich 60 foizga oshib, o‘tgan yilgi 30 million dollardan 50 million dollarga yetganini aytdi.

"O‘tgan yili arab davlatiga 40 mingga yaqin o‘zbekistonlik tashrif buyurgan. O‘zbekistonga esa 2 mingga yaqin misrlik sayyoh tashrif buyurgan. Ayni paytda O‘zbekiston ko‘proq sayyohlarni jalb qilish uchun Misrning nou-xau usulidan foydalanishga intilmoqda. Toshkent va Qohira 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, sayohat gidlari va sinxron tarjimonlarni tayyorlash bo‘yicha reja imzoladi. Bu reja O‘zbekiston va Misrning sayyohlik joylariga sayohat qilishni targ‘ib qilishga qaratilgan” degan Qilichev.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2023 yilning 21 dekabr kuni Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi bilan telefon orqali muloqot qilib, uni Prezident saylovida qozongan ishonchli g‘alabasi bilan samimiy qutlagan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 15:12
 
63
0
xs.uz

Issiqxonalarni namunaviy tashkil qilgan mahalla raislariga 100 foiz ustama beriladi

Joriy yildan boshlab tomorqadan foydalanish boʻyicha yangi tizim ishlamoqda. Masalan, Asaka tumani Otash mahallasidagi 810 ta xonadondan 805 tasida issiqxona bor, ularda yiliga 3-marta hosil olinayapti. Xuddi shunday, Obod mahallasidagi 922 ta xonadon egalari issiqxonalardan samarali foydalanyapti.Viloyatdagi qolgan 907 ta mahallada ham bu tajribadan unumli foydalanish muhimligi qayd etildi. Mutasaddilarga Asakadagi mahallalarga arzon urugʻ va mineral oʻgʻit yetkazib berish tizimini butun re

12 Apr 21:14
 
36
0
xs.uz

“Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi

Xabarda testga yuborilgan avtomobil ishlab chiqaruvchi tomonidan taqdim etilmagani va bu juda muhim omil ekanini qayd etgan.'Avtomobilni testga yuborishdagi holatlar va testlar qanday sharoitda oʻtkazilgani bizga nomaʼlum. Shu sababli, biz test natijalariga norozilik bildiramiz. Shaffof va obyektiv sinovlar orqali 'Leapmotor' mahsulotlarining haqiqiy holati baholanishiga umid qilamiz' deyiladi izohda.Kompaniya mazkur masala boʻyicha Oʻzbekiston tomoni bilan hamkorlikda ishlayotganini va test

17 May 21:46
 
7
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Vengriya va Sloveniyaga boradi

19-22-may kunlari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriya va Sloveniya Respublikasiga rasmiy tashriflari bo'lib o'tadi.O'zbekiston yetakchisi Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan 19-may kuni Budapeshtga keladi.Oliy darajadagi muzokaralar, Vengriya rasmiylari va yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar bo'lib o'tadi.Kun tartibidan ikki mamlakat o'rtasidagi amaliy hamkorlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalala

04 Apr 16:19
 
68
0
xs.uz

Senatda Qatar Shoʻro kengashi Raisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 4-aprel kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Qatar Shoʻro kengashi Raisi Hasan bin Abdulloh Al-Gʻanim boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Uchrashuvda ikki davlat oʻrtasidagi parlamentlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.Tomonlar Oʻzbekiston va Qatar parlamentlararo doʻstlik guruhlari faoliyatini yanada jonlantirish, oli