calendar 23 Jan 09:08
eye 103
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Nazarbekov xitoylik vazirdan O‘zbekistonda musiqa asboblarini ishlab chiqarishni so‘radi

image

Ma’lumki, joriy yilning 23-25 yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

Prezident Mirziyoyevning tashrifi munosabati bilan Xitoy poytaxti Pekinda qator tadbirlar, xususan O‘zbekiston madaniyati kunlari ham o‘tkazilmoqda.

Oliy darajadagi uchrashuvlarda, albatta, madaniyat va san’at sohasiga alohida e’tibor qaratiladi. Ushbu muloqotlar oldidan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Pekinda bo‘lib, Xitoy Xalq Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Sun Yeli bilan uchrashdi. 

Muloqotda ikki xalqning madaniy aloqalari uzoq tarixga borib taqalashi va bugun ham izchil rivojlanib borayotgani qayd etildi.

Uchrashuvda joriy yilning fevral oyida Toshkent  va Samarqand shaharlarida “Quvnoq bahor bayrami-2024” loyihasi doirasida Xitoy markaziy opera teatrining gastrol tadbirlari rejalashtirilgani ma’lum qilindi. 

O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov mavqedoshiga Xitoy tomonidan O‘zbekistonning madaniyat hamda san’at sohalariga taalluqli grantlar va investitsiyalar ajratilishi ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishini inobatga olgan holda, mazkur investitsiya va grantlar jalb etishni taklif qildi. 

Madaniyat va san’at sohasida faoliyat yurituvchi ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, uni mustahkamlash, qo‘shma tadbirlar va tajriba almashinuvlarini tashkil etishni bildirdi. 

Shuningdek, Nazarbekov Xitoy tomonida O‘zbekistonda musiqa asboblarini ishlab chiqaruvchi korxona hamda musiqa asboblarini sinovdan o‘tkazishga ixtisoslashgan laboratoriya tashkil etish mumkinligini bildirdi. Hozirda mamlakatda musiqiy asboblar an’anaviy ustalar tomonidan tayyorlanadi. 

O‘z navbatida Xitoy Madaniyat va turizm vaziri Sun Yeli ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy va turizm sohalarida amaliy hamkorlikni chuqurlashtirishni davom ettirish, yanada boy yutuqlarni yaratish va ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlikni Yanszi daryosi va Sirdaryo kabi oqimga aylantirish uchun ishlashga tayyorligini ma’lum qildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

01 Jul 04:27
 
6
0
xs.uz

Sirdaryodagi ayanchli YTHda 1 nafar yoʻlovchi halok boʻldi

Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida 'Lacetti' rusumli transport vositasi yoʻlni ikkiga ajratib turuvchi temir toʻsiqqa borib urilishi oqibatida 1 nafar yoʻlovchi halok boʻldi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, baxtsiz hodisa joriy yilning 19-iyun kuni tonggi soat 05:40 larda viloyatning Oqoltin tumani hududidan oʻtuvchi A-373 avtomobil yoʻlining 116-kilometrida yuz bergan.Mahtml5-dom-document-internal-entity2-39-endlum boʻ

13 May 14:37
 
81
0
xs.uz

Ayrim oilalarning talaba qizlariga maxsus stipendiya toʻlanadi

Shavkat Mirziyoyev 'Kambagʻal oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' xabar berdi.Farmonga koʻra, 2025-yil 1-iyundan boshlab 'qizil' toifaga kiruvchi kam taʼminlangan oilalarning 'aʼlo' baholarga oʻqiyotgan talaba qizlariga bazaviy stipendiyaning ikki baravariga teng maxsus stipendiya tayinlanadi. Bu chora oliy taʼlimda tahsil olayotgan qizlarning ragʻbatini oshirish va ularni

18 Jun 21:55
 
22
0
xs.uz

Mikro GESlar: tabiiy, ekologik toza va tejamkor

Abdulaziz Yoʻldoshev/'Xalq soʻzi'. Yaqingacha turarjoy binolariga elektr va issiqlik quvvati faqat elektr stansiyalaridan yetkazib berilardi. Elektr energiyasining asosiy qismi gaz va koʻmir yoqish hisobiga olinardi. Bugungi kunda energiya tejovchi texnologiyalar oʻrnatilib, elektr energiyasi hamda tabiiy gazni tejashga erishilmoqda. Bu muqobil energiya turlari asosan ekologik toza manbalardan foydalangan holda energiya ishlab chiqarmoqda. Ular umumiy tarmoqqa ulanmasdan, har bir hudud va ma

08 Jun 02:26
 
39
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyevning “Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari va murabbiylaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmoni eʼlon qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining FarmoniMamlakatimizda sportni rivojlantirish va keng ommalashtirish, xalqimiz orasida sogʻlom turmush tarzini qaror toptirishga qoʻshgan katta hissasi, futbol boʻyicha Osiyoning eng kuchli jamoalari oʻrtasidagi saralash musobaqalarida chinakam jasorat va matonat fazilatlarini, yuksak professionalizm va azmu shijoat namunasini koʻrsatib, ulkan gʻalabaga erishgani ' Vatanimiz tarixida birinchi marta jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritgani,