Unga ko'ra, Sog'liqni saqlash vazirligi tuzilmasida davlat muassasasi shaklida 'Sog'liqni saqlash loyihalari markazi' loyiha ofisini tashkil qilish taklif etilmoqda. U davlat tibbiy sug'urtasi tizimini hamda davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari paketini to'liq joriy etish, tibbiy xizmatlar sifati va xavfsizligi ustidan nazorat tizimini kuchaytirish, kadrlar salohiyatini oshirish, tibbiy ta'lim tizimi va ilm-fan sohasini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish kabi yo'nalishlarga mas'ul etib belgilanadi. Shuningdek, bu markaz raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish, davlat-xususiy sheriklik loyihalarini jadallashtirish, xususiy sektorni kengaytirish, davlat xaridlari shaffofligini oshirish, farmasevtika sohasini isloh qilishga ko'maklashadi.
Loyiha ofisi faoliyatiga ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining tajribali mutaxassislari, shuningdek, xorijiy ekspert va maslahatchilar shartnoma asosida jalb qilinadi.
Sog'liqni saqlash sohasida belgilangan islohotlar yetuk kadrlar salohiyatini talab etadi. Shu bois bu borada bir qancha chora-tadbirlar ko'zda tutilmoqda.
Jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasining ta'lim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan o'tkaziladi. Unda jamoat salomatligi, profilaktik tibbiyot, jismoniy faollik ixtisosliklari bo'yicha magistrlik yo'nalishlari ochiladi. Tibbiyot yo'nalishidagi talabalar bilimini xalqaro tan olingan tizim asosida, ikki bosqichda davlat imtihonlari orqali baholash yo'lga qo'yiladi.
Kelgusi o'quv yilidan boshlab, hududlardagi ehtiyojdan kelib chiqib, tibbiyot oliygohlarining 200 nafar bitiruvchisi magistratura va klinik ordinatura dasturlari asosida yetakchi xorijiy ta'lim muassasalarida o'qitiladi.
Shuningdek, ixtisoslashtirilgan xirurgiya, kardiologiya, endokrinologiya, dermatovenerologiya va kosmetologiya markazlari, Bolalar milliy tibbiyot markazi hamda Milliy tibbiyot markazi xalqaro akkreditatsiyadan o'tkaziladi.
Joriy yilda amaldagi 40 ta sanitariya qoida va normalari qayta ko'rib chiqilib, xalqaro standartlarga muvofiqlashtiriladi.
Davlatimiz rahbari bu takliflarni ma'qullab, mazkur ustuvor yo'nalishlarni amalga oshirish bo'yicha 'yo'l xaritasi'ni tasdiqlash bo'yicha topshiriq berdi.
Oʻzbekistondagi barcha pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan oʻzgartiriladi
Bundan buyon barcha pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan oʻzgarishi belgilandi. Prezident buni Termiz pedagogika instituti misolida tushuntirib berdi.Qayd etilishicha, bu oliygohga Yangi Oʻzbekiston universitetidagi kabi xalqaro boshqaruv tizimi tatbiq etiladi. 'Top' xorijiy oliygohlar tajribasi asosida fakultetlar oʻrnida aniq, tabiiy, ijtimoiy, filologiya, amaliy fanlar, maktabgacha va boshlangʻich taʼlim boʻyicha 6 ta oliy maktab tashkil qilinadi.Aniq fanlar maktabida Myunxen texnika
Tanzila Narbayeva Rossiya elchisi Oleg Malginov bilan uchrashuv oʻtkazdi
2025-yil 2-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Oleg Malginov bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.Uchrashuv chogʻida elchining Oʻzbekistondagi diplomatik faoliyati sarhisob qilinib, uning soʻnggi toʻrt yil davomida ikki mamlakat oʻrtasidagi doʻstona aloqalarni mustahkamlashdagi hissasi alohida eʼtirof etildi.Muloqot davomida parlamentlararo h
Toshkentda noqonuniy elektron tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish bilan shugʻullangan shaxslarning faoliyati fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahardagi boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda 'B.S.' MCHJga qarashli savdo shoxobchalarida hech qanday ruxsatnomalarsiz turli nomdagi tamaki va elektron tamaki mahsulotlari savdoga qoʻyilgani aniqlangan.Ushbu nuqtalardan umumiy qiymati qariyb 12 milliard soʻmlik mahsulotlar, jumladan, 56 mingdan ortiq elektron tamaki, 25 mingdan ziyod suyuqliklar, 10 mingdan ortiq tamaki chekish uskunalari va minglab kalyan vositalari daliliy
Samarqandda Oʻzbekiston-Qirgʻiziston turizm forumi boʻlib oʻtdi
Bugun, 12-may kuni, Samarqand shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Qirgʻiz Respublikasi Jogorku Keneshi oʻrtasida hamkorlik boʻyicha parlamentlararo komissiyaning beshinchi majlisi doirasida Oʻzbekiston ' Qirgʻiziston turizm forumi boʻlib oʻtdi. Mazkur forum ikki davlat oʻrtasidagi turizm sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, sayyohlik almashuvini kengaytirish va madaniy yaqinlikni rivojlantirishga qaratilgan muhim tadbir sifatida tashkil etildi.Forumda soʻzga chiqqanlar s