calendar 20 Jan 17:30
eye 84
comments 0
comments Manba: xs.uz

Gematologiya markazida donordan olingan suyak koʻmigi oʻzak hujayralari transplantatsiyasi yoʻlga qoʻyildi

image
Ana shunday bemorlarga gematologik va transfuziologik yordam koʻrsatish, kasalliklarni erta diagnostika qilish, oldini olish va samarali davolash borasida Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mamlakatimizdagi yetakchi tibbiyot muassasasi hisoblanadi.

Xabaringiz bor, Prezidentimizning 2021-yil 27-maydagi tegishli qarori asosida alohida Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi va Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi alohida muassasalar sifatida tashkil etilgan.

Ushbu markaz 1- va 2-onkogematologiya, umumiy gematologiya, kunduzgi davolash, oʻzak hujayralari transplantatsiyasi, reanimatsiya va intensiv terapiya, statsionar davolash kabi boʻlimlardan iborat boʻlib, 200 oʻringa moʻljallangan.

Bu yerda bajariladigan tahlillarni avvallari yurtimizda mutlaqo oʻtkazish imkoni boʻlmagan. Shuning uchun bemorlardan olingan namunalar chet elga yuborilib, u yerdan tegishli javoblarni kutishga toʻgʻri kelar edi. Hozirda bu tekshirishlar markazning yuqori malakali xodimlari tomonidan toʻliq bajarilmoqda.

Xususan, diagnostika boʻlimining umumiy qon tahlili, morfologiya, sitoximiya, bioximiya, qon tizimi gemostaz, immunologiya, yuqori texnologik molekulyar-genetika, sitogenetika, FISH, immunogistoximiya, HLA ' genotiplash, mikrobiologiya va virusologiya laboratoriyalarida bemorlarga tezkor va aniq tashxis qoʻyiladi.

Bundan tashqari, kasalliklarni davolash va diagnostika qilish jarayonida sekvinator, sitofluorimetr, NLA ' gentiplash uskunasi, invertirlangan mikroskop, ROSH analizatori, mass-spektometr, separator, sunʼiy nafas olish va KSHS apparati, kardiomonitor, UTT, raqamli rentgen, stomatologik kreslo hamda koagulometr kabi ilgʻor tibbiy asbob-uskunalardan foydalanilyapti.

Soʻnggi yillarda tizimdagi ijobiy oʻzgarishlar natijasida markazda transplantatsiya boʻlimi oʻz faoliyatini boshladi. Bugungacha bu yerda 98 nafar miyelom va limfoma kasalligiga chalingan bemorlarda autologik oʻzak hujayralar transplantatsiyasi amalga oshirildi. Mazkur amaliyotdan soʻng 70 foiz bemorlarda ogʻriqlar kamayib, hayot sifati yaxshilandi.

Qolaversa, hozirga qadar muassasada tibbiyotimiz tarixida birinchi bor allogen, yaʼni donordan olingan suyak koʻmigi oʻzak hujayralari transplantatsiyasi amaliyotlari yoʻlga qoʻyildi. Kelajakda yiliga 100 nafar bemorda ilik koʻchirib oʻtkazish amaliyotini bajarish rejalashtirilgan.

Shuningdek, muassasada yuqoritexnologik tashxislash va davolash jarayonlarini tashkil etish maqsadida yangi 12 ta infrastruktura boʻlimlari ish boshladi. Unda odatdagi tadqiqot usullari bilan bir qatorda yangi laboratoriya va boʻlimlar faoliyat yuritmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:39
 
27
0
xs.uz

“Oʻzgidromet” 9-oktyabr kuni qanday ob-havo kutilayotganini maʼlum qildi

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-14 daraja, kunduzi 26-28 daraja boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Ustyurtda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 24-29 daraja boʻladi.Buxoro va Navoiy viloyatla

09 Oct 18:32
 
21
0
xs.uz

Inson aʼzolari oldi-sotdisi bilan shugʻullangan talabaga hukm oʻqildi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi B.A. inson aʼzolari oldi-sotdisida ayblanib, jinoiy jazoga tortildi. Bu haqda 'Xalq soʻzi'ga Toshkent shahar sudlari matbuot kotibi Zokir Qoʻziboyevning maʼlum qildi.Bildirilishicha, 2003-yilda tugʻilgan B.A. ijtimoiy tarmoqlarga inson aʼzolarini sotib olishi haqida eʼlon joylashtirgan. U mazkur eʼlonlarida buyrakni 38 ming, jigarni 43 ming hamda suyak iligini 23 ming dollarga olishini bildirgan.Ushbu eʼlondan soʻng fuqaro J.R. u bilan

09 Oct 12:39
 
15
0
xs.uz

Oʻzboshimchalik noqonuniy yer egalariga qimmatga tushadi

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda yer maydonlaridan foydalanish, ulardagi binolarni barpo etish, chegaralarini belgilash borasida maʼlum tartiblar ishlab chiqilgan boʻlsa-da, joylarda bu qoidalarga rioya etmaydiganlar hanuz uchrab turibdi. Buloqboshi tumanidagi 'Nur zamin' MFYda yashovchi Abdumannob Sodiqov oʻzi istiqomat qilayotgan hovliga yondosh hududda boʻlgan, tuman hokimligi zaxirasidagi yer maydonini oʻzboshimchalik bilan egallab olgan va bino qurgan. Shu tumanning 'Qum

09 Oct 12:39
 
15
0
xs.uz

Oʻzbekistonda Marburg virusi xavfi sabab nazorat kuchaytirildi

Oʻzbekistonda marburg virusi isitmasini oldini olish va uning ehtiyot choralari kuchaytirilmoqda. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati'xabar berdi.Bildirilishicha, Oʻzbekistonda bu kasallik boʻyicha 'jiddiy xavotirga oʻrin yoʻq'. Shunday boʻlsa ham davlat chegarasini kesib oʻtish joylarida faoliyat yuritayotgan sanitariya nazorat punktlarining (SNP) hushyorligi oshirilgan.Xususan, marburg isitmasi bilan kasallanishni oldini olish maqsadida:Maʼlumot