calendar 09 Oct 12:39
eye 38
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzboshimchalik noqonuniy yer egalariga qimmatga tushadi

image
Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda yer maydonlaridan foydalanish, ulardagi binolarni barpo etish, chegaralarini belgilash borasida maʼlum tartiblar ishlab chiqilgan boʻlsa-da, joylarda bu qoidalarga rioya etmaydiganlar hanuz uchrab turibdi. Buloqboshi tumanidagi 'Nur zamin' MFYda yashovchi Abdumannob Sodiqov oʻzi istiqomat qilayotgan hovliga yondosh hududda boʻlgan, tuman hokimligi zaxirasidagi yer maydonini oʻzboshimchalik bilan egallab olgan va bino qurgan. Shu tumanning 'Qum guzar' MFYda yashovchi Anvar Toshmatov ham oʻziga tegishli boʻlmagan maydonda qurilish ishlarini amalga oshirganligi aniqlandi.



Bu holatni Shahrixon tumanida ham uchratish mumkin. 'Tumor' mahallasida istiqomat qiluvchi Azizbek Holmatov 'Sahovat teks' MCHJga tegishli 300,0 kv. metr ekin maydonini oʻzboshimchalik bilan egallab olgani yetmaganidek bino ham barpo etgan.

' Afsuski, bunday holatlar har bir tumanda mavjud, ' deydi Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi xodimi Bunyodbek Abduvaliyev. ' Tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, noqonuniy oʻzlashtirib olingan yer maydonining asosiy qismi qishloq xoʻjaligi hududlariga tegishli boʻlib, joriy yilning shu davriga qadar 484 ta holatda 181,9 gektar maydon talon-taroj qilingan.

Aytish joiz, viloyatda yilning oʻtgan davri mobaynida 4 ming 583 ta holatda 335,1 gektar yer maydoni oʻzlashtirilgan. Noqonuniy binolarni buzish, yer maydonini oʻz egasiga qaytarish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar koʻrilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Nov 03:17
 
15
0
xs.uz

Maktablardagi ChQBT oʻqituvchisi shtati Mudofaa vazirligiga oʻtadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish boʻyicha taqdimot bilan'tanishdi.Bu haqda 30-sentyabr kuni Pedagogik mahorat milliy institutida oʻqituvchilar bilan boʻlgan muloqotda aytilgan edi. Davlatimiz rahbari ushbu uch yoʻnalishning shaxs kamolotidagi oʻrniga ahamiyat qaratib, ularni oʻqitishni takomillashtirish dolzarbligini taʼkidlagan edi.Masalan, maktablardagi musiqa oʻqituvchilarining 21 foizi oʻrta maxsus m

09 Oct 12:39
 
39
0
xs.uz

Sirdaryoda 5 nafar hokim korrupsiyaviy jinoyat sodir etdi

Sirdaryo viloyatida korrupsiyaning oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati tanqidiy koʻrib chiqildi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.Qayd etilishicha, viloyatda 2023-yilda jami 324 ta, 2024-yilning 8 oyida esa 216 ta korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etil. Yigʻilishda mahalliy hokimliklar mansabdor shaxslari tomonidan sodir etilayotgan korrupsiya holatlariga alohida eʼtibor qaratildi.'2023-yilda sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlarning 21 tasi (3

18 Nov 04:57
 
11
0
xs.uz

Dam olish kunlari uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

Ushbu kunlarda Respublika hududida yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin.Toshkentda ham yogʻingarchilik kutilmaydi. Faqat kechasi va ertalab baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin.Harorat asosan kechlari 0-3 daraja iliq, kunduz kunlari 16-noyabrda 11-13 daraja iliq, 17-noyabrda 14-16 daraja iliq boʻladi.

10 Oct 10:49
 
34
0
xs.uz

Namangan teatri Janubiy Koreyada konsert berdi

Qudratilla Najmiddinov/'Xalq soʻzi'. Joriy yilning bahorida Namanganda oʻtkazilgan 63-Xalqaro gullar festivaliga kelgan Janubiy Koreya Respublikasi sanʼat namoyondalari anjumanda oʻzining milliy badiiy dasturini namoyish qilgan edi. Ayni jarayonda gullar shahri va Buyeo-Gun viloyatlari oʻrtasida madaniyat sohasida hamkorlik oʻrnatish yuzasidan memorandum ham imzolangan. Namangan viloyat musiqali drama teatri jamoasi oktyabr oyining birinchi haftasida Buyeo-Gunda ijodiy safarda boʻldi. Ham