calendar 11 Nov 03:17
eye 15
comments 0
comments Manba: xs.uz

Maktablardagi ChQBT oʻqituvchisi shtati Mudofaa vazirligiga oʻtadi

image
Prezident Shavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish boʻyicha taqdimot bilan'tanishdi.

Bu haqda 30-sentyabr kuni Pedagogik mahorat milliy institutida oʻqituvchilar bilan boʻlgan muloqotda aytilgan edi. Davlatimiz rahbari ushbu uch yoʻnalishning shaxs kamolotidagi oʻrniga ahamiyat qaratib, ularni oʻqitishni takomillashtirish dolzarbligini taʼkidlagan edi.

Masalan, maktablardagi musiqa oʻqituvchilarining 21 foizi oʻrta maxsus maʼlumotli. Baʼzilarining oʻzi cholgʻu chala olmaydi. Sababi musiqa oʻqituvchilarining amaliy malaka oshirish tizimi yoʻq, bu borada sanʼat maktablari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilmagan. Madaniyat institutlari bitiruvchilari oʻqituvchilikka qabul qilinmaydi.

Shu bois maktablarda saboqlar sifatini oshirish boʻyicha qator chora-tadbirlar taklif etilmoqda.

Xususan, musiqa madaniyati fani oʻqituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahorati baholanib, malaka oshirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Bu yoʻnalish boʻyicha oʻquv qoʻllanmalari, oʻqituvchilarga toifa berishning yangi tartibi ishlab chiqiladi.

'Turon maktab teatri'ning ijobiy tajribasi asosida maktablarda 'Iqtidor' havaskorlar badiiy jamoalari tashkil etiladi. Oliy taʼlim muassasalarining musiqa va sanʼat yoʻnalishi bitiruvchilariga maktablarda ishlashga ruxsat beriladi.

Hududlardagi musiqa va sanʼat maktablarini umumtaʼlim maktablariga tayanch maktab sifatida biriktirish, iqtidorli oʻquvchilarni kashf etish maqsadida muntazam koʻrik-tanlovlar oʻtkazish zarurligi qayd etildi.

Yoshlarni ommaviy sportga keng jalb qilish ham muhim. Maktablarda 22 ta olimpiya, 19 ta noolimpiya, 4 ta milliy sport turlari oʻrgatiladi. Lekin jismoniy tarbiya oʻqituvchilari uchun uslubiy qoʻllanmalar yoʻq. Oʻquvchilarni seleksiya qilish tizimli emas.

Shuning uchun jismoniy tarbiya fani boʻyicha oʻquv qoʻllanmalar ishlab chiqilib, oʻquv dasturlari takomillashtiriladi. Ushbu fan oʻqituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash boʻyicha milliy baholash tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

Kelgusi oʻquv yilidan boshlab, bosqichma-bosqich hamma joyda maktab sport klublari tashkil etiladi. Bu yoʻnalishda ham oʻqituvchilarga toifa berishning yangi tartibi, maktablarning sport boʻyicha reyting tizimi ishlab chiqiladi.

Bugun zamonning oʻzi har bir fuqarodan vatanparvar boʻlishni taqozo etmoqda. Bunda, ayniqsa, harbiy xizmatchilar, chaqiriqqacha boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchilari oʻrnak boʻlishlari kerak.

Hozir maktablarda qariyb 10 ming nafar ana shunday pedagoglar faoliyat koʻrsatmoqda. Lekin ularning 27 foizi nomutaxassis. 2 ming 750 ta maktabda ushbu fan uchun sharoit yetarli emas.

Shu bois endi chaqiriqqacha boshlangʻich tayyorgarlik oʻqituvchisi shtati Mudofaa vazirligiga oʻtadi. Endi bu vazifaga Qurolli Kuchlar zaxirasidagi harbiylar ishga qabul qilinadi.

Mazkur fan boʻyicha yangi oʻquv dasturi va darsliklar yaratiladi. Har bir tuman va shaharda bittadan maktab negizida 'Jasorat maktabi' faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

Mutasaddilar shu boradagi ishlarni tashkil etish rejalari yuzasidan axborot berdi. Oliy oʻquv yurtlarida mazkur yoʻnalishlar boʻyicha pedagoglar tayyorlashni tubdan oʻzgartirish, malaka talablari va taʼlim sifatini oshirish boʻyicha topshiriqlar berildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Nov 04:58
 
12
0
xs.uz

“Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari tashkil etiladi

Qaror bilan jismoniy tarbiya fani o'qituvchilariga malaka toifasi berishning yangi tartibi ishlab chiqiladi.Qarorga ko'ra, 2025 yil:1 martga qadar boshlang'ich, o'rta va yuqori sinf o'quvchilari yosh toifasi bo'yicha harakatli o'yinlar, olimpiya va ommaviy sport turlariga ustuvorlik berish orqali sport turlari ro'yxati shakllantiriladi;1 iyunga qadar maktab o'quvchilarining sport musobaqalaridagi ishtiroki, maktab sport klublarining faoliyati, o'quvchilarni sportga qamrab olinganlik darajasini a

11 Nov 03:17
 
12
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev TDT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 noyabr kuni Bishkek shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi.Qirg'iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov raisligida o'tgan tadbirda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog'an, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban va Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanich

29 Oct 20:48
 
21
0
xs.uz

Toshkent viloyatida 417,1 mln soʻmlik gazdan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlandi

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nurafshon shahri, Zangiota tumani boʻlimlari va 'Zangiotatumangaz' xodimlari hamkorligida tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.Unda fuqarolar R.D. va A.Z. tumandagi 'Madaniyat' hamda 'Farobiy' MFY hududidagi binolarda tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, jami 417,1 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.Shu kabi, Departamentning Sherobod tumani bo

11 Nov 03:17
 
22
0
xs.uz

Mukofot jamgʻarmasi 22 million soʻm boʻlgan bellashuv yakuniga yetdi

Rahmatjon BOBOJONOV/'Xalq soʻzi'. Poytaxtimizdagi 'Cyber Arena' binosida 5-7-noyabr kunlari oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida kibersportning 'Dota 2' yoʻnalishi boʻyicha 'Ziyo cup' turniri boʻlib oʻtdi.'ZIYO FORUM' Ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish xalqaro fondi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada poytaxtimiz hamda Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan jami 50 ta davlat va nodavlat oliy taʼlim dargohlarinin