Shuningdek, Plenumda tashkiliy masala koʻrib chiqildi. Oʻzbekiston 'Adolat' sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi raisi Bahrom Abduhalimov oʻz arizasiga muvofiq, Siyosiy Kengash aʼzolarining ochiq ovoz berish yoʻli bilan partiya Siyosiy Kengashi raisi lavozimidan ozod etildi.
Partiya raisligiga Maxmudova Robaxon Anvarovna nomzodi koʻrib chiqilib, Siyosiy Kengash aʼzolari tomonidan ochiq ovoz berish yoʻli bilan saylandi.
Fargʻonada bir kunda ikkita yongʻin yuz berdi
Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumanida joylashgan doʻkonlardan birida yongʻin yuz berdi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.Qayd etilishicha, kecha, 23-mart kuni soat 19:42 da Uchkoʻprik tumani Navroʻzshox koʻchasida joylashgan kiyim-kechak doʻkonida yongʻin'sodir boʻlgan.FVB xodimlari voqea joyiga soat 19:44 da yetib borib, 19:47 da alangani oʻrab olgan va 19:55 da batamom oʻchirgan.Taʼkidlanishicha, hodisa oqibatida jabrlanganlar yoʻq.Shunin
Toshkentning 4 ta tumanida issiq suv vaqtincha oʻchiriladi
Toshkent shahrining Shayxontohur, Olmazor, Chilonzor va Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv vaqtincha oʻchiriladi. Bu haqda poytaxtni issiq suv bilan taʼminlovchi issiqlik taʼminoti operatori ' 'Veolia Energy''maʼlum qildi.Qayd etilishicha, bugun, 24-mart kuni issiqlik tarmoqlarining maksimal haroratga chidamliligi sinovdan oʻtkaziladi. Shu munosabat bilan shu kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha quyidagi manzillarda issiq suv taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi:Shayxontohur tumani
Prezident modernizatsiya qilinayotgan Andijon xalqaro aeroporti bilan tanishdi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida 15-aprel kuni Andijon viloyatiga keldi.Hududdagi o'zgarishlar 'havo darvozasi'danoq ko'zga tashlanadi. Mamlakatimizda transport tizimini rivojlantirish borasidagi ishlar doirasida Andijon xalqaro aeroporti ham modernizatsiya qilinmoqda.Tashrif chog'ida davlatimiz rahbariga shu haqda axborot berildi.Bu aeroport 1978-yilda qurilgan bo'lib, hozirgi talablarga mos kelmay qolgan edi
Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar raqamli iqtisodiyot sohasida hamkorlik qiladi
Ushbu bitim 2024-yil 6-noyabr kuni Bishkek shahrida imzolangan boʻlib, u Turkiy davlatlar oʻrtasida innovatsion texnologiyalar, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va axborot almashish sohalarida hamkorlikni kengaytirishni nazarda tutadi.Bitimni amalga oshirish boʻyicha masʼul organ etib Istiqbolli loyihalar milliy agentligi belgilandi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan soʻng, uning bajarilishi ustidan