Kuldi hayot, yigʻladi oʻlim.
Sen deb qurbon boʻldi bobolar,
Ular ketdi, sen qolding, tilim.
Belanchaging uzra Koshgʻariy
Kuylab oʻtdi qadim navoni
Va navqiron yaproqlaringga
Dil qonini berdi Navoiy.
Samarqanddan Bobur ketarkan
Dilda boʻgʻib hasrat sasini,
Olib ketdi ona yurtidan,
Turkiy tilim, birgina seni.
Mashrabmas, sen osilding dorga,
Nodiramas, sensan soʻyilgan
Hoziqningmas, sening, ey tilim,
Boshing ayru, koʻzing oʻyilgan.
Ammo dushman oʻldirgan botir
Tirilgandek yana qasosga,
Mangu borsan va mangu qodir
Toʻldirmoqqa yerni ovozga.
Vatan uchun baxsh etib jonni,
Kechib olov, kirib daryoga,
Farzandlaring toʻkkan har qonni
Shimirding sen oʻxshab giyohga.
Ona tilim, omon boʻl mangu,
Sen borsanki men ham oʻlmayman,
Tildan qolsam, seni Oybekday
Men koʻzlarim bilan soʻylayman.
SHOIRNING ONASI
Ona kelib olis qishloqdan
Oʻgʻli bilan yashay boshladi
Va dasturxon yozilgan choqda
Shirmoy nonning chetin tishladi.
Yuvib berdi bir bozor kirni,
Suvlar quydi soʻlgan gullarga.
Nevaralar bogʻchadan qaytgach,
Ertak aytib berdi ularga.
Avaylardi xonadon tinchin,
Suygan oʻgʻli uyning burchida,
Qogʻoz uzra egilgancha jim
Sheʼr yozgan payt tutun ichida.
Qadam bosib xavotir bilan,
Qoʻrqar edi nafas olishga.
Tunlar xurrak tortmay deya u
Bosh qoʻyardi tongda bolishga.
Ammo bir kun mazasi qochib,
Koʻz oldida yorugʻlik soʻndi.
Qoʻllaridan tushib ketdiyu,
Chil-chil boʻlib piyola sindi.
Oʻsha zahot hushiga qaytdi,
Chayqalardi oʻngida olam.
U yugurib chiqqan oʻgʻliga
Shivirladi: 'Ketaymi, bolam?'
OTA
Derazamning ostida tongda
Sayragan qush sizmasmi, ota?
Yo toʻnimga koʻklam, mozorda
Yopishgan gul sizmasmi, ota?
Oʻn yildir-ki dunyoda yoʻqsiz,
Yuragimda alamli choʻgʻsiz.
Koʻrmagansiz mening oʻgʻlimni,
Erkatoyim, shoʻxim, toʻqlimni.
Men ham yoshim oshgani sayin
Boshimga oq tushgani sayin
Baʼzan qoʻmsab sizni ich-ichdan,
Yurak titrab sogʻinch,ilinjdan,
Otam deya, alqab oʻgʻlimni,
Koʻtaraman oʻzim koʻnglimni.
“Tabassuming yodimda hamon...”
20-yanvar ' Oʻzbekiston xalq shoiri Xurshid Davron tavallud topgan kunERIB KETAR XIRA TUMANLARhtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-endErib ketar xira tumanlar,kapalakdek uygʻonar yalpiz.Osmon daryo boʻlib tuyular,oʻtlar uzra chopqillaydi koʻz.Qayragʻochning guli ' mitti jom 'jaranglaydi ' taralar atir.Va tushlarga kirar bu oqshommaysalarni quchoqlab adir.Shamol yelar erkin, quturib,quriy boshlar tomlar toʻsini.Gullayotgan olchani koʻribderazalar ochar koʻksini.Yoritgancha to yurak
“Bilmak Navoiyni — zoʻr maʼrifat nishoni...”
Olti asrga yaqinki, Alisher Navoiy oʻz xalqining manglayini maʼrifat nuri bilan yoritib kelayotgan ulugʻ siymolardan biri hisoblanadi. Har yili oʻzbek tili bayrami arafasida tengsiz tafakkur dahosining buyukligini koʻramiz.Navoiyning 584-yildan beri tavallud ayyomini nishonlab kelayotgan boʻlsak-da, umrimizni Navoiy yillari bilan oʻlchasak, biz bul ulugʻ zotga qanchalik yaqinlashdik? Benazir tafakkur olamini nechogʻliq teran angladik? Amir Alisherning gʻazallarini Hirotdan tortib Samar
Xonanda Baxtiyor Sultonov vafot etdi
Oʻzbek sanʼati yana bir yoʻqotishga uchradi. Taniqli xonanda Baxtiyor Sultonov 60 yoshida vafot etdi. U 'Bedana' qoʻshigʻi bilan tanilgan, 'Toshkent' guruhining xonandasi sifatida faoliyat yuritgan.'Xalq soʻzi''va 'Народное слово''gazetalari tahririyati jamoasi marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga taʼziya bildiradi.
Bir-birimizni maqtash uchun kelmadik – Ozodbek Nazarbekov
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Qoraqalpogʻiston Respublikasida yoshlar bilan uchrashib, ularning muammolarini oʻrgandi.Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov 22-23-yanvar kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasida vazirlikning 2024-yil yakunlariga bagʻishlangan kengaytirilgan Hayʼat yigʻilishida ishtirok etdi va hududdagi madaniyat, sanʼat yoʻnalishida tahsil olayotgan yoshlar bilan uchrashdi. Jumladan, 'Vazir va yoshlar uchrashuvi' doirasida 200 nafardan ortiq qoraqalpoqlik yoshlar bilan