Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino Italiyaning “Napoli” klubini boshqarishi mumkin. Bu haqda “Sport Mediaset” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, murabbiyning agenti Jorje Mendesh “Napoli” prezidenti Aurelio De Laurentis bilan bog‘langan. Qayd etilishicha, murabbiy talab qilayotgan yuqori maosh Mourinoning “Napoli”dagi faoliyatiga to‘sqinlik qilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq portugaliyalik mutaxassis Rimning Roma klubidan ishdan ketgani xabar qilingandi.
Ma’lumot uchun, Joze Rim klubini 2021 yilning yozida boshqarib kelayotgandi. 2021/2022 yilgi mavsumda “Roma” Konferensiyalar ligasida g‘olib chiqdi. 2022/2023 yilgi mavsumda “bo‘rilar” Yevropa Ligasi finaliga qadar yetib bordi. Portugaliyalik mutaxassis qo‘l ostida “Roma” jami 96 ta o‘yin o‘tkazib, shularning 44 tasida g‘alaba qozondi, 23 ta bahs durang, 29 tasi esa rimliklarning mag‘lubiyati bilan yakunlandi.