calendar 19 Jan 16:40
eye 172
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Jalolovning bo‘lajak raqibi aniq bo‘ldi

image

Joriy yilning 17 fevral kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida o‘tkaziladigan profboks kechasida o‘zbekistonlik Bahodir Jalolov ham ringga ko‘tariladi. O‘sha kuni Jalolovga chernogoriyalik Dilan Prashovich raqiblik qiladi. Bu haqda sport insayderi Den Rafael ma’lum qildi.

29 yoshli Dilan Prashovich shu vaqtga qadar profboksda 20 ta jang o‘tkazgan. Janglarining 17 tasida raqiblaridan ustun kelgan bo‘lsa, 3 ta jangda imkoniyatni boy bergan. Jalolov esa professional boksdagi barcha 14 ta jangida ham raqiblarini nokautga uchratgan. 

Prashovich oxirgi jangini o‘tgan yili mart oyida germaniyalik Andreas Masoldga qarshi o‘tkazib, g‘alabaga erishdi. Bahodir Jalolov esa 2023 yil noyabrda Toshkentda janubiy afrikalik Kris Tompsondan ustun keldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jalolovning ehtimoliy raqibi kubalik 44 yoshli Luis Ortis bo‘lishi mumkinligi xabar qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:12
 
36
0
xs.uz

Sambo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi

Ochilish tadbirida Xalqaro sambo federatsiyasi, Osiyo-Okeaniya sambo ittifoqi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda mamlakat sambo federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi. Rasmiylar o'z chiqishlarida ushbu chempionat nafaqat mintaqada, balki jahon miqyosida ham katta ahamiyatga ega ekanini ta'kidlashdi. Shuningdek, O'zbekistonda noolimpiya sport turlari, xususan samboning rivojiga katta e'tibor qaratilayotgani qayd etildi.Marosimdan so'ng musobaqaning final blokiga start berildi va bellas

15 Apr 07:06
 
34
0
xs.uz

Oʻzbekiston MTJga mundial yoʻllanmasini taqdim etishi mumkin boʻlgan bahs kichik hajmli stadionda boʻlib oʻtadi

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi safarda maydonga tushadi. Osiyo futbol konfederatsiyasi mazkur oʻyin boʻlib oʻtadigan stadion hamda uchrashuv vaqtlarini maʼlum qildi. Bu haqida Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasi xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston milliy terma jamoasining BAAga qarshi safardagi bahsi joriy yilning 5-iyun kuni Abu-Dabi'shahridagi 'Al Nahyan Stadium' stadionida boʻlib oʻtadi. Maz

20 Mar 12:50
 
48
0
postda.uz

VAZIR KUBOGIGA START BERILDI

Buxoro shahridagi “Garden plaza” mehmonxonasining konferensiyalar zalida sportning futbol turi bo‘yicha Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Ichki ishlar vazir kubogi” turniriga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Mazkur musobaqada Farg‘ona viloyati IIB, Surxondaryo viloyati IIB, Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xodimlari hamda Buxoro viloyati IIB terma jamoalari a‘zolari ishtirok etdi. Shundan so‘ng, viloyat futbol akademi

23 Mar 16:44
 
71
0
xs.uz

“Futboldagi matematika”: Oʻzbekiston milliy terma jamoasi muddatidan avval mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritishi uchun nimalar roʻy berishi kerak?

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi oʻz tarixida ilk bor jahon chempionatida ishtirok etishi mumkin. Mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritish uchun hamyurtlarimiz oldinda turgan uch oʻyinda maksimal ochko yoʻqotmasliklari kerak boʻladi. Ayni paytda guruhdagi eng yaqin taʼqibchimiz BAAdan 6 ochkoga ilgarilab ketganmiz. Biroq, bu xotirjamlikka berilishga sabab boʻla olmaydi.Quyida qay holatda Oʻzbekiston terma jamoasi muddatidan avval jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritishi mumkin,