calendar 18 Jan 18:22
eye 65
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Toshkentda bir oilaning uch a’zosi vafot etdi

image

Toshkent shahri Uchtepa tumanida bir oilaning besh a’zosi xonadonidan hushsiz holda topildi. Bu haqda  Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 16 yanvar kuni soat 17:00 larda ichki ishlar organlariga tumanning 1-Tong ko‘chasida yashovchi oilaning 5 nafar a’zosi hushsiz holda topilgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Voqea joyi va murdalar tezkor-tergov guruhi tomonidan ko‘zdan kechirilganda 36 yoshli ayol M.N. va uning 3 yoshli qizi S.S. vafot etgani ma’lum bo‘lgan. Shuningdek, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining toksikologiya bo‘limiga og‘ir ahvolda olib borilgan 39 yoshli erkak Z.A. ham ko‘rsatilgan tez-tibbiy yordamga qaramasdan, bir kun o‘tib vafot etgan.

Bundan tashqari, 12 yoshli qiz M.S. va hali yoshga to‘lmagan qiz F.S. hushsiz holatda topilib, RSHTYOIMning toksikologiya jonlantirish bo‘limiga joylashtirilgan.

Hodisa joyidan turli xil giyoh va dori vositalari, xonadonda iste’mol qilingan oziq-ovqat mahsulotlarining barchasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tuman prokuraturasi tomonidan JKning 186-moddasi 4-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

25 Sep 13:14
 
23
0
xs.uz

2 dona alkogol qonunbuzarni fosh qilib qoʻydi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament Andijon viloyatida katta miqdordagi isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldini oldi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati, Boʻston tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda ushbu holat aniqlangan.Qayd etilishicha, 'T.M.' MCHJga tegishli spirtli ichimliklar savdo doʻkoni sotuvchisi Z.K. xaridorga 2 dona alkogol

09 Oct 12:39
 
14
0
xs.uz

Oʻzboshimchalik noqonuniy yer egalariga qimmatga tushadi

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda yer maydonlaridan foydalanish, ulardagi binolarni barpo etish, chegaralarini belgilash borasida maʼlum tartiblar ishlab chiqilgan boʻlsa-da, joylarda bu qoidalarga rioya etmaydiganlar hanuz uchrab turibdi. Buloqboshi tumanidagi 'Nur zamin' MFYda yashovchi Abdumannob Sodiqov oʻzi istiqomat qilayotgan hovliga yondosh hududda boʻlgan, tuman hokimligi zaxirasidagi yer maydonini oʻzboshimchalik bilan egallab olgan va bino qurgan. Shu tumanning 'Qum

24 Aug 17:26
 
31
0
xs.uz

“Oʻzenergoinspeksiya” Vazirlar Mahkamasi boʻysunuviga oʻtkaziladi

Hujjatga koʻra, elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasini ('Oʻzenergoinspeksiya') Vazirlar Mahkamasi boʻysunuviga oʻtkaziladi. U yoqilgʻi-energetika tarmogʻida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.Inspeksiyaga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklandi:'Oʻzenergoinspeksiya'ning markaziy apparati tuzilmasida 30 ta shtat birligidan iborat boʻlgan Energiya samaradorligini

24 Aug 17:26
 
31
0
xs.uz

Prezidentning “Buyuk ajdodlar merosi – Uchinchi Renessans asosi” mavzusidagi VIII xalqaro kongress ishtirokchilariga tabrigi eʼlon qilindi

Shavkat Mirziyoyevning 'Buyuk ajdodlar merosi ' Uchinchi Renessans asosi' mavzusidagi VIII xalqaro kongress ishtirokchilariga tabrigi eʼlon qilindi. Tabrik matni Prezident matbuot xizmati tomonidan eʼlon qilindi.Hurmatli anjuman qatnashchilari!Qadrli doʻstlar!Avvalo, Oʻzbekistonning qadimiy tarixi va boy madaniy merosini oʻrganish va targʻib etishga munosib hissa qoʻshib kelayotgan siz, azizlarni 'Buyuk ajdodlar merosi ' Uchinchi Renessans asosi' mavzusidagi VIII xalqaro kongressning ochi