Singapur kompaniyasi Toshkent viloyatida megazavod qurilishiga 100 million dollar investitsiya kiritadi

'Dunyo' AA xabariga koʻra, marosimda Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev hamda Singapurning 'Wilmar International Limited' kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Kuok Xun Xong ishtirok etdi.
Loyiha Toshkent viloyatida 'Wilmar International Limited' kompaniyasining toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyasi hisobiga qiymati 100 million dollar boʻlgan un mahsulotlari, oʻsimlik moylari va yuqori oqsilli ozuqalar ishlab chiqaruvchi megazavodni qurishni nazarda tutadi. Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari joriy yilning birinchi yarmida yakunlanadi.
Singapur tomoniga koʻra, ushbu zavodning qurilishi Oʻzbekistonni 'Willmar' global taʼminot zanjiriga kiritish uchun strategik imkoniyat yaratadi. Distribyutor markazning rivojlanishi esa mamlakatni Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va boshqa mamlakatlar bozorlarining yirik mintaqaviy va global eksportchisiga aylantiradi.
Loyiha temir yoʻl, Toshkent halqa yoʻli va boshqa muhim kommunikatsiyalar yonida strategik ahamiyatga ega boʻlgan Toshkent viloyati Surum qishlogʻida 30 gektar maydonda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Onlayn muzokaralar davomida tomonlar loyihani boshlashni tezlashtirish maqsadida yaqin hamkorlikni davom ettirish boʻyicha kelishuvga erishdilar.
Dollarning rasmiy kursi sezilarli darajada pasaydi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 17-iyun kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 45,08 soʻmga tushdi va 12 715,13 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi ham 25,61 soʻmga koʻtarildi va 14 730,48 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli ham 1,67 soʻmga koʻtarilib, 161,75 soʻmni tashkil etdi.
Zargarlarning xomashyo bilan bogʻliq birorta muammosi boʻlmasligi kerak — Prezident
Zargarlik sanoatida ishlatiladigan uskunalar va ularni butlovchi qismlari import bojidan ozod qilinadi. Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan mahalliy sanoatni rivojlantirish boʻyicha videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.Qayd etilishicha, endilikda zargarlar ham yakka tadbirkor sifatida tilla buyumlari savdosi bilan shugʻullanishi mumkin boʻladi.Mutasaddilarga joylardagi norasmiy zargarlik rastalarini zamonaviy koʻrinishga keltirib, ularning faoliyatini qonuniylashtirish topshiril
Yashil yertoʻla, tabiat va texnologiya uygʻunligi — tobora farovonlashib borayotgan Fargʻona viloyatidan fotoreportaj
'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasining vodiy viloyatlariga qilgan xizmat safari davom etadi. Ijodiy jamoamiz bilan birgalikda bugun, 29-aprel kuni Fargʻona viloyatiga tashrif buyurib, hududning tobora zamonaviy qiyofaga kirib borayotganiga guvoh boʻldik.Safarimiz davomida bizni eng hayratga solgan manzillardan biri Fargʻona shahridagi 'Green Organic' mikroorganik oʻsimliklar yetishtirish kooperatsiyasi boʻldi. Qiziq tomoni shundaki, bu korxona shahardagi koʻp qava
Togʻlar orasidan vodiy sari yoʻl — “Qamchiq” dovonidan fotoreportaj
'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasi bu safar Andijon viloyatiga xizmat safari uyushtirdi. Yoʻlimiz, tabiiyki, Oʻzbekistonning eng muhim va betakror maskanlaridan biri ' 'Qamchiq' dovonidan oʻtdi.Dovon oʻzining goʻzalligi, tabiat bilan uygʻunlashgan zamonaviy yoʻl infratuzilmasi hamda har faslda har-xil tus oluvchi manzaralari bilan kishini hayratga soladi. Bahorning soʻnggi kunlari boʻlishiga qarmay dovonidagi salqin havo kishiga oʻzgacha huzur bagʻishlaydi.Do