calendar 17 Jan 17:11
eye 79
comments 0
comments Manba: xs.uz

Pokiston TIV Eronning Pokistonga hujumini noqonuniy deb atadi

image
Pokiston Eronning oʻz hududiga hujumini qabul qilib boʻlmaydigan va noqonuniy harakat deb hisobladi.

'Bu noqonuniy qadam mutlaqo nomaqbul va hech qanday asosga ega emas. Pokiston bu noqonuniy harakatga javob berish huquqini oʻzida saqlab qoladi. Buning oqibatlari uchun javobgarlik Eronda boʻladi', ' deydi Pokiston Tashqi ishlar vazirligi (TIV) matbuot kotibi.

Shu oʻrinda Pokiston TIV zarba xalqaro qonunlarga va BMT Nizomiga zidligini qayd etdi.

Seshanba kuni Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi Pokistonning Eron bilan chegaradosh Balujiston muzofotida joylashgan 'Jaysh al-Adl' terrorchilik guruhining asosiy bazasiga ballistik raketa va uchuvchisiz samolyotdan hujum uyushtirdi.

Manbada aytilishicha, bu Eron qurolli kuchlarining Pokiston hududiga birinchi raketa zarbasi hisoblanadi.

Oʻtgan yilning dekabr oyi oʻrtalarida Eron janubi-sharqidagi Siston va Balujiston muzofoti, Rask shahrida terakt sodir etilgan edi. Uning oqibatida kamida 12 nafar politsiyachi halok boʻlgan, yana yetti nafari yaralandi.

Terakt uchun masʼuliyatni Eronda terrorchi guruh deb tan olingan, aholisining asosiy qismi shia musulmonlari boʻlgan Eron Islom Respublikasi hukumatiga qarshi kurashayotgan sunniy 'Jaysh al-Adl' guruhi oʻz zimmasiga oldi.

Eronning janubi-sharqida Afgʻoniston va Pokiston bilan chegarada joylashgan Siston va Balujiston muzofoti giyohvand moddalar savdosi va terrorizmga qarshi kurashayotgan chegarachilarning oʻlimi bilan bogʻliq mahalliy xabarlar yangiliklarda tez-tez tilga olinadi. Bu yerda ogʻir iqtisodiy, ekologik va diniy holat tufayli vaziyat yanada murakkablashmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:55
 
86
0
xs.uz

Isroilning Gʻazoga bergan zarbalari oqibatida yana 71 nafar ayollar va bolalar halok boʻldi

Bugun, 20-mart kuni tongda Isroil Gʻazoning shimoliy hamda janubiy hududlariga zarbalar bergan. Mazkur hujum oqibatida 71 nafar falastinlik, jumladan, ayollar va bolalar halok boʻldi, deb xabar qilmoqda 'Al Jazeera' nashri.Maʼlumotlarga koʻra, Isroil hukumati tomonidan berilgan soʻnggi zarbalar oqibatida vafot etgan falastinliklar soni 436 nafarga yetgan. Shulardan 183 nafari yosh bolalar ekanligi taʼkidlanmoqda.18-mart, seshanba oqshomida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Gʻazo sekto

21 Apr 08:34
 
322
0
xs.uz

Global isish jahon yalpi ichki mahsulotini 40 foizga qisqartiradi

Yaqinda oʻtkazilgan tadqiqot, agar 2100-yilga borib Yer sharidagi haroratning issiqlik darajasi Selsiy shkalasi boʻyicha 4 gradusga (sanoatlashishdan oldingi davrga nisbatan) koʻtarilsa, dunyo iqtisodiyoti uchun jiddiy oqibatlar yuzaga kelishidan ogohlantiradi.Jahon yalpi ichki mahsuloti 40 foizga pasayishi kutilmoqda, bu avvalgi 11 foiz baholanganidan ancha yuqori. Chunki koʻpgina iqlim prognozlari savdo va resurslar orqali mamlakatlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni hisobga olmaydigan maha

04 Apr 16:20
 
41
0
xs.uz

Ilon Mask AQSH hukumatini tark etishi maʼlum qilindi

Amerikalik milliarder Ilon Mask prezident Donald Trampning muvaqqat maslahatchisi sifatidagi 130 kunlik vakolat muddati tugagach, AQSH hukumatidagi lavozimini tark etishi mumkin. Bu haqda 'Bloomberg' agentligi oʻz manbalarga tayanib yozmoqda.'Ilon Mask prezident Donald Trampning muvaqqat maslahatchisi sifatidagi 130 kunlik muddati tugaganidan soʻng Hukumat samaradorligi boshqarmasi rahbari lavozimini tark etishi kutilmoqda... Agar bu kunlar Tramp inauguratsiyasidan boshlab ketma-ket hisoblansa

20 Mar 12:55
 
58
0
xs.uz

Istanbul merini hibsga olinishi Turkiyada norozilik namoyishlari boshlanishiga sabab boʻldi

Imomoʻgʻli Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning eng kuchli raqibi va muxolifat Respublika xalq partiyasining mashhur siyosatchisi hisoblanadi. U Turkiya davlati tomonidan terroristik tashkilot sifatida tan olingan Kurdiston ishchi partiyasini qoʻllashda va korrupsiyada ayblanmoqda.Erdogʻan tanqidchilari bu ayblovlarni uydirma, deb baholamoqda. Imomoʻgʻlining hibsga olinishi esa muxolifatga siyosiy zarba sifatida qabul qilingan. Istanbul merining qoʻlga olinishi Turkiyadagi repres