calendar 17 Jan 11:45
eye 97
comments 0
comments Manba: xs.uz

«Paxtakor» futbol klubi sotuvga qo‘yildi

image
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 24 martdagi PQ-102-son qaroriga asosan futbol klublari xususiylashtirilishi belgilangan.

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan futbol klublarining bir davlat tashkiloti tasarrufida bo'lishi sog'lom raqobat muhitini yaratishga to'sqinlik qilishi bildirilgan. Bugungi kunda, futbol klublari davlat tashkilotlari va davlat ishtirokidagi korxonalar tasarrufida qolib, umumiy benefisiar sifatida davlat bo'lib qolmoqda.'

O'z navbatida, ushbu holat xalqaro prinsiplarga muvofiq hisoblanmaydi. Shunga ko'ra, dastlab jozibadorligi yuqori bo'lgan futbol klublarini xususiylashtirgan holda xususiy sektorning ulushini bosqichma-bosqich oshirish rejalashtirilgan. ''

Shunga ko'ra, tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi o'rinlarda ' Davaktiv agentligi) 'Paxtakor futbol klubi' MCHJning 100 foiz davlat ulushini (keyingi o'rinlarda ' Aktiv/Jamiyat) bo'yicha ommaviy savdo jarayonlari boshlanganligini e'lon qiladi.

Davlat aktividan kelgusida foydalanish va sotib olishga qo'yiladigan talablar:

Futbol klubining faoliyatini saqlab qolish, rivojlantirish va xalqaro darajaga olib chiqish; Futbol klubi balansidagi barcha sport ob'yektlaridan, shu jumladan futbol maydonidan faqatgina sport faoliyati yo'nalishlarida foydalanish; 'Paxtakor' futbol klubi akademiyasi faoliyatini saqlab qolish va rivojlantirish. Talabgorlarning sotib olish bo'yicha takliflari quyidagi havola orqali 'E-auksion' elektron savdo platformasida qabul qilinadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:12
 
36
0
xs.uz

Sambo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi

Ochilish tadbirida Xalqaro sambo federatsiyasi, Osiyo-Okeaniya sambo ittifoqi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda mamlakat sambo federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi. Rasmiylar o'z chiqishlarida ushbu chempionat nafaqat mintaqada, balki jahon miqyosida ham katta ahamiyatga ega ekanini ta'kidlashdi. Shuningdek, O'zbekistonda noolimpiya sport turlari, xususan samboning rivojiga katta e'tibor qaratilayotgani qayd etildi.Marosimdan so'ng musobaqaning final blokiga start berildi va bellas

15 Apr 07:06
 
34
0
xs.uz

Oʻzbekiston MTJga mundial yoʻllanmasini taqdim etishi mumkin boʻlgan bahs kichik hajmli stadionda boʻlib oʻtadi

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi safarda maydonga tushadi. Osiyo futbol konfederatsiyasi mazkur oʻyin boʻlib oʻtadigan stadion hamda uchrashuv vaqtlarini maʼlum qildi. Bu haqida Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasi xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston milliy terma jamoasining BAAga qarshi safardagi bahsi joriy yilning 5-iyun kuni Abu-Dabi'shahridagi 'Al Nahyan Stadium' stadionida boʻlib oʻtadi. Maz

20 Mar 12:50
 
48
0
postda.uz

VAZIR KUBOGIGA START BERILDI

Buxoro shahridagi “Garden plaza” mehmonxonasining konferensiyalar zalida sportning futbol turi bo‘yicha Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Ichki ishlar vazir kubogi” turniriga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Mazkur musobaqada Farg‘ona viloyati IIB, Surxondaryo viloyati IIB, Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xodimlari hamda Buxoro viloyati IIB terma jamoalari a‘zolari ishtirok etdi. Shundan so‘ng, viloyat futbol akademi

23 Mar 16:44
 
71
0
xs.uz

“Futboldagi matematika”: Oʻzbekiston milliy terma jamoasi muddatidan avval mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritishi uchun nimalar roʻy berishi kerak?

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi oʻz tarixida ilk bor jahon chempionatida ishtirok etishi mumkin. Mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritish uchun hamyurtlarimiz oldinda turgan uch oʻyinda maksimal ochko yoʻqotmasliklari kerak boʻladi. Ayni paytda guruhdagi eng yaqin taʼqibchimiz BAAdan 6 ochkoga ilgarilab ketganmiz. Biroq, bu xotirjamlikka berilishga sabab boʻla olmaydi.Quyida qay holatda Oʻzbekiston terma jamoasi muddatidan avval jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritishi mumkin,