Butunjahon boks kengashining (WBC) yangilangan reytingi e’lon qilindi. Reytingdan 8 nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘rin oldi.
Yanvar oyiga ko‘ra, jadvalda Bahodir Jalolov ikki, Shahram G‘iyosov esa bir pog‘ona yuqorilagan. Hasanboy Do‘smatov o‘tgan oydagi reytingini saqlab qolgan bo‘lsa, Otabek Xolmatov bu safar reytingni tark etdi.
Reyting:
Super og‘ir vazn: Bahodir Jalolov 13-o‘rin;
Super o‘rta vazn toifasi (-76,2 kg): Bektemir Meliqo‘ziyev 13-o‘rin;
Super yarim o‘rta vazn (-69,8 kg): Isroil Madrimov 8-o‘rin;
Yarim o‘rta vazn (-66,6 kg): Shahram G‘iyosov 14-o‘rin, Jahongir Rasulov 31-o‘rin;
Super yengil vazn (-63,5 kg): Botir Ahmedov 35-o‘rin;
Birinchi yarim yengil vazn (-55,3 kg): Murodjon Ahmadaliyev 4-o‘rin;
Birinchi o‘ta yengil vazn (-47,6 kg): Hasanboy Do‘stmatov 5-o‘rin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bahodir Jalolov bo‘lajak jangi tafsilotlari ma’lum bo‘lgandi. Jalolov shu yil fevral oyida Ar-Riyodda ringga chiqadigan bo‘ldi.