calendar 16 Jan 19:36
eye 87
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Rossiyada o‘zbekistonliklar yana YTH qurboni bo‘ldi

image

Bugun, 16 yanvar kuni taxminan soat 11:30 da Rossiyaning Samara viloyatida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtomashina YTHga uchradi. Bu haqda viloyat prokuraturasi ma’lum qildi.

“Stavropol tumani, Bolshaya Ryazan qishlog‘i yaqinida M-5 Ural avtomagistralining 745-kilometrida ikkita avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,  Lada Largus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi tomonga chiqib ketgan va u yerda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan”, deyiladi rasmiy xabarda.

Mahalliy nashrlardan biri esa o‘z manbasiga tayanib, avtohalokatga uchragan  Lada Largus avtomobili ichida 7 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgani va ulardan 3 nafari halok bo‘lganini xabar qilgan. Bildirilishicha, qolgan 4 nafar o‘zbekistonliklar shifoxonaga yotqizilgan.

Eslatib o‘tamiz, 11 yanvar kuni  Rossiyaning Penza viloyatidagi M-5 Ural trassasida yuk mashinasi va mikroavtobus ishtirokida sodir bo‘lgan mudhish yo‘l-transport hodisasi oqibatida 7 nafar O‘zbekiston fuqarosi voqea joyida halok bo‘lgandi. Prezidentning topshirig‘i bilan Penzada halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadlari 13 yanvar kuni Xorazm viloyatiga olib kelingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:12
 
73
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Andijon shahrida toʻqimachilik klasteri bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 'WBM Romitex' klasterining Andijon shahrida qurilgan yangi korxonasi faoliyati bilan tanishdi.'WBM Fabrics' nomli ushbu korxona qayta ishlash zanjirining navbatdagi bosqichi. Umumiy qiymati 50 million dollarlik investitsiya loyihasi doirasida zamonaviy sanoat inshooti qurilib, Italiya va Germaniyadan yuqori texnologik uskunalar keltirib o'rnatildi. Matoni bo'yash va gul solish yo'lga qo'yildi. Korxona yiliga 24 ming tonna shunday xaridorgir mahsulot tayyorlash quvvat

04 Apr 16:19
 
53
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Isroil oʻrtasidagi strategik sheriklikda parlamentlararo aloqalarning oʻrni muhokama qilindi

2025-yil 4-aprel kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Isroil Davlatining Knesseti Spikeri Amir Oxana bilan uchrashuv oʻtkazdi.Uchrashuvda Oʻzbekiston va Isroil oʻrtasidagi strategik sheriklikda parlamentlararo aloqalarning oʻrni va ahamiyati muhokama qilindi. Ikki tomonlama hamkorlikning barcha yoʻnalishlarida samarali natijalarga erishish uchun parlamentlararo munosabatlarni yanada faollashtirish muhimligi taʼkidlandi.Qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish, doʻstlik guru

04 Apr 16:19
 
51
0
xs.uz

Chiqindi poligonlarida ekosanoat zonalari tashkil etiladi

Chiqindilarni qayta ishlash sohasini yanada takomillashtirish va kompleks tizimlashtirish maqsadida Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Unga koʻra, chiqindilarni qayta ishlash sohasida bir qator asosiy yoʻnalishlar belgilandi. Jumladan, mavjud qattiq maishiy chiqindi poligonlarini 2030-yilgacha 50 foizga qisqartirish va yangi hosil boʻlayotgan chiqindilarni poligonlarga yoʻnaltirmasdan, ularni maksimal darajada qayta ishlash yoki kuydirish belgiland

12 Apr 21:14
 
47
0
xs.uz

Ohangaronda 316,4 mln soʻmlik “svet” oʻgʻirlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron shahri boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.Oʻtkazilgan tezkor tadbirda aniqlanishicha, 'B.S.' MChJ rahbari X.X. 4-kichik tuman hududida joylashgan spirtli ichimliklar savdo doʻkonida noqonuniy ravishda umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga ulanib olgan.Mazkur qonunbuzilish holati natijasida jami 316,4 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydala