calendar 16 Jan 13:50
eye 74
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Aripovga qator tuman hokimlarining lavozimiga loyiqligini hal qilish topshirildi

image

Bosh vazir Abdulla Aripovga yil davomida auksionga umuman yer chiqarmagan Baliqchi, Jalaquduq, Bektemir, Mirobod, Olmazor, Chilonzor, Yunusobod, Yakkasaroy tumanlari hokimlarining lavozimiga loyiqligini hal qilish topshirildi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi 2024 yilda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Byudjet tushumi uchun eng katta zaxira – yerlarni tadbirkorlarga auksion orqali sotish. O‘tgan yili bundan 1 trillion so‘m tushum bo‘lgan, 12 mingta yangi loyihalar qo‘shilgan. Lekin joylardagi sustkashlik bois, o‘tgan yili 3 trillion so‘m qo‘shimcha tushum boy berilgan.

Ushbu yig‘ilishda Bosh vazirga yil davomida auksionga umuman yer chiqarmagan Baliqchi, Jalalquduq, Bektemir, Mirobod, Olmazor, Chilonzor, Yunusobod, Yakkasaroy tumanlari hokimlarining lavozimiga loyiqligini hal qilish topshirilgan.

Davaktiv agentligi yerlarni auksionda sotish bo‘yicha 4 trillion so‘mlik rejani tumanbay ishlab chiqishi va ijrosini ta’minlashi belgilandi.

Tumanning master rejasi bo‘lsa, bu juda katta mablag‘, tadbirkorlar va bandlik uchun manba bo‘ladi. Lekin hozirgacha bor-yo‘g‘i 17 ta kichik aholi punktining master rejasi tayyorlangan.

Videoselektorda iqtisodiy kompleks rahbariyatiga yil yakuniga qadar 70 ta, kelasi yili barcha tumanlarning master rejalarini ishlab chiqishga topshiriq berilgan.

“Bugungi kundagi eng dolzarb masala, bu – yashirin iqtisodiyot”, deydi Prezident.

Tahlillar xizmatlar, qurilish, sanoat sohalarida o‘nlab trillion so‘mlik mahsulot “soya”da qolayotganini ko‘rsatmoqda. Bu orqali yalpi ichki mahsulotga 135 trillion so‘m, byudjetga 30 trillion so‘m tushum yo‘qotilmoqda.

Masalan, qurilish korxonalarining 41 foizi hisobotida faqat 1 nafar ishchisini ko‘rsatgan. Vaholanki, bu korxonalar o‘tgan yilni o‘zida 4 trillion so‘mlik qurilish ishlarini bajargan. Yoki kamida 25 gektardan yeri bor 5 mingta meva-sabzavotchilik fermer xo‘jaligida 1 tadan rasmiy ishchi ro‘yxatdan o‘tgan.

“Bir narsani aniq tushunish zarur. Yashirin iqtisodiyot, avvalambor, to‘g‘ri ishlayotgan tadbirkorlar faoliyatiga katta to‘siq bo‘layapti. Bugungi kunda intizomli tadbirkorlar “qani adolatli raqobat” degan haqli e’tirozlarini ko‘p-ko‘p aytayapti”, deydi davlat rahbari.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Sep 00:22
 
22
0
xs.uz

Davlat tibbiy sugʻurtasi doirasida bepul tibbiy xizmatlar koʻrsatiladi

Shavkat Mirziyoyevning 'Davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi Qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali maʼlum qildi.Xabar qilinishicha, davlat tibbiy sugʻurtasi doirasida bepul tibbiy xizmatlar koʻrsatish va dori vositalarini taqdim etish Davlat byudjetiga toʻlanayotgan soliqlar hisobidan amalga oshiriladi. Bunda aholidan davlat tibbiy sugʻurtasi uchun qoʻshimcha toʻlov undirilmaydi.Qayd etilishicha, ushbu amaliyotni jor

10 Oct 11:25
 
21
0
xs.uz

Samarqandda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi

Samarqand shahrida 'Range Rover', 'Lacetti Optra' va 'Damas' mashinalari ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, voqea 10-oktyabr kuni soat 01:00 larda Samarqand shahar Zulfiya mahallasi hududidan oʻtuvchi Buyuk Ipak yoʻli koʻchasida sodir boʻlgan. 'Range Rover' haydovchisi katta tezlikda harakatlanib, boshqaruvni yoʻqotgan va avvaliga oʻzi bilan bir yoʻnalishda harakatlanayotgan 'Lacetti Optra' avtomobili orq

20 Sep 00:21
 
18
0
xs.uz

Egasini kutayotgan muzey

Samarqand viloyatida faoliyat olib borayotgan 80 ta madaniyat markazidan 18 tasi oʻz binosiga ega emas. Achinarli jihati shundaki, ulardan aksariyatining moddiy-texnika bazasi haminqadar. Kattaqoʻrgʻon tumani madaniyat boʻlimi faoliyati bilan tanishib, bunga yana bir amin boʻldik.Tumandagi 5 ta madaniyat markazida tashkil etilgan toʻgaraklarda 58 nafar xodim 600 nafardan ziyod havaskorga musiqa va sanʼat sirlarini oʻrgatib kelmoqda.' Madaniyat tizimida 20-yildan buyon ishlayman, ' deydi

09 Oct 12:39
 
16
0
xs.uz

Davlat mehnat inspeksiyasiga kameral nazorat oʻtkazish vakolati beriladi

'Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Prezident Qarori qabul qilindi.Unga koʻra, sanoat kirib bormagan mahallalarda 2025-yil 1-dekabrga qadar 1 000 ta, 2026-yilda 2 000 ta qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda kichik ishlab chiqarish loyihalari ishga tushiriladi.'Ishga marhamat' monomarkazlari va kasb-hunarga oʻqitish markazlari negizida kasbiy koʻnikmalar markazlari ta