O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Buxoro shahridagi “Wunder lang” nomli MTТ tarbiyalanuvchilari va harbiy xizmatchilarning farzandlari ishtirokida “Vatan manzumasi” nomli adabiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Bunda tarbiyalanuvchilar IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlariga qarashli 7258-harbiy qismdagi jangovar texnikalar va harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi.
A.ELOV,
podpolkovnik.
Buxoro viloyati.
Yangi gidroenergetik quvvat ishga tushirildi
Davlatimiz rahbari tomonidan shu yil 28-yanvar kuni elektr energetikasini 2025 ' 2035-yillarda rivojlantirish chora-tadbirlari boʻyicha oʻtkazilgan yigʻilishda mamlakatimizda soʻnggi sakkiz yilda elektr ishlab chiqarish 38 foizga oshib, 81,5 milliard kilovatt soatga yetgani, xususiy sektorga keng yoʻl ochilgani tufayli 11,2 gigavattli qoʻshimcha quvvat yaratilganligi, natijada bu sektorning generatsiyadagi ulushi 24 foizga, 'yashil' energiya hissasi esa 16 foizga yetganligi qayd etildi.Ayt
Dollar, yevro va rublning rasmiy kursi ketma-ket ikkinchi kun pastladi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 31-yanvar kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 11,33 soʻmga pasayib, 12 957,01 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 6,60 soʻmga pastlab, 13 485,66 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,19 soʻmga tushdi va 132,13 soʻmni tashkil qildi.
Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi qatorasiga uchinchi kun pastladi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 28-yanvar kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 5,78 soʻmga pasayib, 12 963,27 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 13,85 soʻmga pastlab, 13 597,17 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,55 soʻmga koʻtarildi va 132,74 soʻmni tashkil qildi.
Qariyb 10 million yoʻlovchi temir yoʻl transportidan foydalangan
Agentlik maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 177,1 ming yoʻlovchiga koʻpaygan. Shu tariqa, oʻsish surati 101,8 foizni tashkil qildi.Qayd etish joizki, temiryoʻl transportidan foydalanuvchi yoʻlovchilar soni soʻnggi 4-yilda muntazam oshib borganligini koʻrish mumkin.Jumladan, 2020-yilda 6 million 155,3 ming, 2021-yilda 7 million 949,4 ming, 2022-yilda 9 million, 2023-yilda 9 million 626,5 ming nafar yoʻlovchi manziliga yetib olish maqsadida temir y