calendar 15 Jan 14:25
eye 68
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

AQSH Ukrainaga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi – Oq uy

image

Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga qurol va harbiy texnika yetkazib berishni to‘xtatdi, chunki bunday dasturlar uchun byudjet mablag‘lari yetarli emas. Buni jurnalistlar uchun navbatdagi brifingda Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi bildirdi.

"Biz Ukraina uchun so‘nggi to‘lov paketini e’lon qildik", degan Kirbi.

Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, Ukrainaning AQSH qurollariga ehtiyoji aynan hozir – qish oylarida keskin ortgan.

Taxminan to‘rt oy oldin rasmiy Vashington mamlakat Kongressiga birinchi navbatda, Isroil va Ukrainaga yordam berish, shuningdek, Xitoy va Rossiyaga qarshi kurashish uchun Osiyo-Tinch okeani mintaqasini qo‘llab quvvatlash uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratish so‘rovini yubordi.

So‘rov va muqobil qonun loyihalari taqdiri noma’lumligicha qolmoqda. Shuningdek, Vakillar palatasi va Senatdagi bir qator respublikachilar yaqinda Kiyevga moliyaviy yordamning davom etishiga qarshi chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, Pentagon AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shimcha mablag‘ ajratishni ma’qullamasa, uning Kiyevga yordam berish imkoniyati 2023 yilning 30 dekabrida tugashi haqida ogohlantirgan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

25 Sep 13:14
 
14
0
xs.uz

Ukraina AQSHdan yana oʻq-dori soʻrayapti. Zelenskiy AQSHdagi qurol zavodiga ham bordi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy prezident Jo Bayden bilan uchrashuvi oldidan AQSHdan qoʻshimcha oʻq-dorilar soʻrash uchun Pensilvaniya shtatining 'Scranton' shahridagi qurol zavodiga tashrif buyurdi. Bu haqda 'Newsweek''xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, Zelenskiy ishchilarga Ukrainaga Rossiyaga qarshi kurashda yordam bergani uchun minnatdorchilik bildirgan. Uning taʼkidlashicha, zavod ishlab chiqarish hajmini oshirish Ukrainaning mudofaa saʼy-harakatlariga yordam beradi.Tashrif chogʻ

26 Aug 12:29
 
50
0
xs.uz

Pavel Durov Fransiyada qamaldi

Telegram asoschisi Pavel Durov Ozarboyjondan Parijga oʻz shaxsiy samolyotida qoʻnganida aeroportda qoʻlga olingan.Uni huquq tartibot organlari Durovni 'narkotiklar aylanmasi, bolalarga qarshi jinoyatlar va firibgarlik'da ayblamoqda. Bunga sabab qilib Messenjerda moderatsiya yoʻqligi va qonunni himoya qiluvchi organlar vakillari bilan hamkorlikdan bosh tortgani koʻrsatilmoqda.Durovga nisbatan bir qator ayblovlar ilgari surilgan va Fransiya fuqarosi sifatida sudlanishi aytilmoqda. Agar ayblar

20 Sep 00:23
 
26
0
xs.uz

Ukraina Rossiyaning oʻq-dori omborlariga hujumlarini davom ettirmoqda. Navbatdagi manzil Toropets

Toropets shahridagi Rossiyaning oʻq-dorilarni saqlash omborida kuchli portlash sodir boʻldi. Xabar qilinishicha, bunga Ukrainaning uchuvchisiz dronlari hujumi sabab ekanligi aytilmoqda. Bu haqda 'Newsweek' xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, katta portlash chorshanba tongida sodir boʻlgan va osmonga katta olov sharini hosil qilgan. Rossiyaning Tver viloyatida joylashgan Toropets Ukraina chegarasidan 300 chaqirim shimolda joylashgan boʻlib, avvalroq uchuvchisiz dronlar tomonidan nishonga olinga

09 Oct 12:40
 
16
0
xs.uz

Turkiyada 6 nafar oʻzbekistonlik ayol 18 kg oltin quymalari bilan ushlandi

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 2-oktyabr kuni Izmir shahridagi aeroportdan chiqishda 6 nafar ayol, shuningdek, ularni kutib olishga mashinada kelgan erkak qoʻlga olingan.Avtomobil va ayollarni koʻzdan kechirish chogʻida ularda har biri 110 grammlik 82 dona oltin quymalari, 18 dona oʻyin pristavkalari (Playstation), bundan tashqari, 3 dona smartfon borligi aniqlangan.Sud qarori bilan qoʻshimcha tekshiruv oʻtkazilganida esa ayollar jinsiy aʼzosida 84 dona oltin quymalari yashirilgani a