calendar 13 Jan 15:25
eye 63
comments 0
comments Manba: xs.uz

Vatanparvarlik — eng ulugʻ tuygʻu

image
Sirdaryo viloyatida 14-yanvar ' Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy vatanparvarlik mavzusi doirasida koʻplab tadbirlar boʻlib oʻtmoqda. Jumladan, Milliy gvardiyaning Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi va Qoʻriqlash boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan Guliston tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatda tashkil etilgan tadbirda kitobning insoniyat hayotida tutgan oʻrni, kitobxonlik madaniyati mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Harbiy xizmatchilar va oʻquvchilar oʻzlari oʻqigan asarlar, kitobning yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi muhim ahamiyati haqida suhbatlashdilar. Oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar. Shuningdek, tadbir davomida faxriylar, harbiy xizmatchilar va oʻquvchilar ishtirokida shaxmat-shashka musobaqasi oʻtkazildi. Gʻoliblarga esdalik sovgʻalari topshirildi.

Sirdaryo tumanidagi 532-harbiy qismda esa Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi harbiy xodimlari ishtirokida 'Xalq va armiya bir jonu bir tanmiz' shiori ostida uch avlod uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Keksa avlod vakillari yosh vatanparvarlarga oʻz umr yoʻllari va faoliyatlari haqida soʻzlab berdilar. Bunga javoban yosh harbiy xizmatchilar ularning izidan borib, qutlugʻ ona zaminning har bir qarichini muqaddas bilib, Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilajaklarini izhor etishdi.

' Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ishtirok etish faoliyatimizning asosiy yoʻnalishlaridan biriga aylangan,' deydi Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari, podpolkovnik Gʻofurjon Qayumov. ' Buning uchun ular bilan tez-tez uchrashuvlar oʻtkazib turamiz. Xususan, 'Ochiq eshiklar kuni' deyarli har oyda boʻlib turadi. Qolaversa, boshqarmamiz tomonidan Vatanga muhabbat va vatanparvarlikni tarannum etuvchi tanlovlar ham tashkil etiladi. Jumladan yaqinda ayni mavzuda suratlar tanlovi oʻtkazildi.

Shuningdek, Milliy gvardiyaning Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi va Qoʻriqlash boshqarmasining bir guruh harbiy xizmatchilari bayram arafasida harbiy xizmatchilarning xonadonlariga tashrif buyurib, oilalardagi shart-sharoitlar, bolalarning oʻqishlari, kitob mutolaa qilishlari uchun yaratilgan qulayliklar bilan tanishdilar. Bolalar bilan boʻlgan muloqotlar chogʻida ularning qiziqishlari, shu jumladan, sport bilan shugʻullanishlariga alohida eʼtibor qaratdilar.

Ahmadali SHERNAZAROV, 'Xalq soʻzi'.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

10 Oct 11:01
 
16
0
xs.uz

Surxondaryoda kuzgi daraxt ekish mavsumi boshlandi

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'.''Yashil makon' umummilliy loyihasi doirasida kuzgi mavsumda Surxondaryo viloyatida 6 million 3 ming tup mevali va manzarali koʻchatlar ekilishi rejalashtirilgan.Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Ulugʻbek Qosimov M39 xalqaro avtomagistral yoʻlining Termiz va Angor tumanlari tutashgan hududida ilk daraxt koʻchatini ekib berdi. Mavsumni sifatli oʻtkazish, hududlarning tuproq va iqlim sharoitlariga mos daraxt va buta koʻchatlari ekish, har

25 Sep 13:14
 
17
0
xs.uz

Yerfurush qoʻlga olindi

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Asaka tumanida 'Yoshlar sanoat zonasi'ga tegishli 5 sotixdan iborat yer maydonini sotishga urinayotgan shaxs qoʻlga olindi. Tuman ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻlimida faoliyat olib boruvchi fuqaro tanishiga ushbu maydonni mol-mulki bilan birgalikda tuman hokimligi masʼullari yordamida rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan. Shunga muvofiq u umumiy ovqatlanish shoxobchasida 20 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtda huquqni muhofaza qilish idoralari

25 Sep 13:14
 
16
0
xs.uz

Forum doirasida uzoq umr ko‘rish tibbiyotining tendensiyalari muhokama qilindi

Uning doirasida 'Uzoq umr ko'rish tibbiyotining tendensiyalari' mavzusida majlis o'tkazildi. Unda Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim va sog'liqni saqlash masalalari qo'mitasida doimiy asosda ishlovchi senator Manzura Salimova ham ishtirok etdi.Senator o'z maʼruzasida O'zbekistonda aholi sog'lig'ini saqlash, onalar va bolalar salomatligi muhofazasiga qaratilayotgan eʼtibor, ko'rilayotgan chora-tadbirlarga to'xtalib o'tdi.Shuningdek, O'zbekistonda bolalar va xotin-qizlarning huquqlari, erkinlik

25 Sep 13:14
 
15
0
xs.uz

Alkogol va tamaki mahsulotlarining yashirin aylanmasini qisqartirish boʻyicha tizimli choralar koʻrilmoqda

Bosh prokuratura huzuridagi Departament qoshidagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy muomalasini oldini olish va chek qoʻyishga qaratilgan qatʼiy choralar koʻrilmoqda.Xususan, profilaktik chora-tadbirlar doirasida' 14 ta spirt va alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning manziliga borgan holda ishlab chiqarish jarayonlari oʻrganildi;' quyish va qadoqlash uskunalari