calendar 10 Oct 11:01
eye 15
comments 0
comments Manba: xs.uz

Surxondaryoda kuzgi daraxt ekish mavsumi boshlandi

image
Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'.''Yashil makon' umummilliy loyihasi doirasida kuzgi mavsumda Surxondaryo viloyatida 6 million 3 ming tup mevali va manzarali koʻchatlar ekilishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Ulugʻbek Qosimov M39 xalqaro avtomagistral yoʻlining Termiz va Angor tumanlari tutashgan hududida ilk daraxt koʻchatini ekib berdi. Mavsumni sifatli oʻtkazish, hududlarning tuproq va iqlim sharoitlariga mos daraxt va buta koʻchatlari ekish, har bir koʻchatni sugʻorish, parvarishlash masalasini hal etgach, uni qadash yuzasidan taklif va tavsiyalarini bildirdi. Mazkur hududda ekilayotgan koʻchatlarga suv tarash uchun joriy etilayotgan yomgʻirlatib sugʻorish texnologiyasi va uning ishlash jarayoni bilan tanishdi.



Maʼlumot uchun, viloyatda joriy mavsumda I va II toifaga kiruvchi 85 ta sanoat korxonasi tomonidan 455 ming tup koʻchat ekiladi. Shuningdek, 47,16 gektar maydonda 'Yashil belbogʻ', 16 ta 'Hokimlik bogʻi', 17,8 gektar maydonda 'Yashil bogʻ', 23,5 gektar maydonda 'Mening bogʻim' loyihasi amalga oshiriladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Aug 17:26
 
24
0
xs.uz

Toshkent va Samarqand shahrida “Buyuk ajdodlar merosi – Uchinchi Renessans poydevori” shiori ostida Xalqaro kongress bo‘lib o‘tadi

23-26 avgust kunlari Toshkent va Samarqanddagi Silk Road Samarkand turistik markazida O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda O'zbekiston madaniy merosini o'rganish, saqlash va ommalashtirish bo'yicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) hamkorligida 'Buyuk ajdodlar merosi - III Renessans poydevori' VIII Xalqaro Kongressi mavzusida tadbir bo'lib o'tadi. Tadbir O'zbekiston Respublikasi hukumati, ERIELL GROUP neft-servis kompaniyasi tashkiliy va moliyaviy ko'magida, shuningdek, TURKSOY, IRSIKA,

09 Oct 12:39
 
12
0
xs.uz

Qasddan badanga yengil shikast yetkazganlik uchun javobgarlik yengillashtirildi

7-oktyabr kuni imzolangan qonun bilan Jinoyat hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanalida'maʼlum qilindi.Unga koʻra, kodekslarga sogʻliqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazish bilan bogʻliq jinoiy qilmishni jinoiy jazo tarkibidan chiqarib, uni maʼmuriy huquqbuzarlik toifasiga oʻtk

09 Oct 12:39
 
16
0
xs.uz

Yangi korxona ishchilari 11 mln. soʻmgacha oylik maosh olmoqda

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'.'Andijon tumanidagi 'Everest bazalt' korxonasi faoliyatini boshlaganiga hech qancha vaqt boʻlgani yoʻq. Shunday boʻlsa-da, uning mahsulotlariga xaridorlar bisyor.' Eng muhimi, ishchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan, ' deydi korxona xodimi Sanjarbek Haydarov. ' Oylik maoshimiz esa 4,5 mln. soʻmdan 11 mln. soʻmgachani tashkil etmoqda.Darhaqiqat, 10 mln. AQSH dollariga teng loyiha asosida barpo etilgan ushbu korxonaning ishga tushirilishi natijasida 150 ta

09 Oct 12:39
 
12
0
xs.uz

Prezident yangi qaror imzoladi

'Oʻzbekiston Respublikasi milliy malaka tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Prezident Qarori qabul qilindi. Qarorga koʻra, quyidagilar Milliy malaka tizimini isloh qilishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi, jumladan: Milliy malaka tizimining normativ-huquqiy, institutsional va uslubiy asoslarini takomillashtirish; norasmiy va informal orttirilgan koʻnikma va malakalarni tan olish ('Recognition of Prior Learning') tizimini joriy qilish; koʻni