calendar 13 Jan 12:30
eye 100
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

BMT Xavfsizlik Kengashi Yaman hududiga zarba bergan AQSH va Britaniyani jazolamadi

image

Kecha, 12 yanvar kuni Rossiyaning talabi bilan AQSH va Buyuk Britaniyaning Yamandagi husiylarga tegishli ob’ektlarga hujumi yuzasidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining yig‘ilishi chaqirildi. Bu haqda BMT saytida e’lon qilingan bayonotda ma’lum qilindi

Yig‘ilishida husiylarga zarbalar berish qonuniy ekanini ta’kidlandi. Ayni paytda Rossiya va Xitoy Vashington va Londonni mintaqadagi keskinlikni kuchaytirganlikda aybladi.

Rossiya AQSH-Buyuk Britaniya operatsiyasini “nomutanosib va noqonuniy” deb atadi.

Boshqa davlatlar AQSH va Britaniyaning husiy nishonlariga zarbalari Isroil-HAMAS urushi tufayli allaqachon yuqori bo‘lgan mintaqadagi keskinlikni kuchaytirishi mumkinligidan xavotir bildirdi.

AQSHning BMTdagi elchisi Linda Tomas-Grinfild esa AQSH va Buyuk Britaniyaning zarbalari xalqaro huquq va BMT Nizomiga muvofiq ekanini aytdi.

“Operatsiyadan maqsad husiylarning kemalar va tijoriy yuk tashishlarga beparvo hujumlarini davom ettirish qobiliyatini buzish va zaiflashtirish edi”, deydi diplomat.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar tijoriy yuk tashishni himoya qilishga urinib, diplomatik kelishuvga intilishda davom etadi.

"Biz Niderlandiya, Kanada, Bahrayn va Avstraliyaning operativ bo‘lmagan yordami bilan o‘zimizni himoya qilish uchun cheklangan, zarur va mutanosib choralar ko‘rdik", deydi Britaniya vakili Syuzan Vudvord.

Rossiya doimiy vakili Vasiliy Nebenzya esa AQSH va Buyuk Britaniyaning zarbalari xalqaro huquqni buzayotganini va mintaqadagi keskinlikni kuchaytirganini aytdi.

"Tijoriy yuk tashishni himoya qilish boshqa narsa, unga hujum qilish mumkin emas, lekin boshqa davlatni nomutanosib va noqonuniy bombardimon qilish mutlaqo boshqa narsa", deya ta’kidlaydi u.

U BMTning asosiy vazifasi tinchlikka tahdidlarning oldini olish va xalqaro huquq tamoyillariga muvofiq bosqinchilik harakatlari yoki tinchlik buzilishining boshqa holatlarini bostirish ekanini eslatdi.

“Kecha biz aynan shunday vaziyatga – bir guruh davlatlar tomonidan boshqa davlatga qurolli tajovuz qilinishiga -  duch kelganimizni katta afsus bilan qayd etamiz”, deydi diplomat.

U Oq uyning tajovuzga oid dalillarini oqlab bo‘lmas deb atadi. Shu bilan birga, Nebenzyaning aytishicha, Yamanga qilingan hujumlar o‘zini himoya qilish huquqiga hech qanday aloqasi yo‘q, chunki BMT Nizomining 51-moddasi tijoriy kemalar bilan bog‘liq vaziyatga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Qayd etish joizki, BMT Nizomining 51-moddasida BMT a’zolari tomonidan o‘z-o‘zini himoya qilish huquqini amalga oshirishda ko‘rilayotgan choralar zudlik bilan Xavfsizlik Kengashiga ma’lum qilinishi ko‘rsatilgan.

O‘z navbatida, Xitoyning BMTdagi doimiy vakili Chjan Szyun BMT Xavfsizlik Kengashi Yamanga qarshi kuch ishlatishga ruxsat bermaganini eslatgan.

“AQSH-Buyuk Britaniya operatsiyasi nafaqat infratuzilmaning vayron bo‘lishi va tinch aholining qurbon bo‘lishiga olib keldi, balki Qizil dengizdagi xavfsizlikka tahdidni ham oshirdi", deydi u.

BMT Bosh kotibining yordamchisi Xolid Xiari ham so‘zga chiqib, AQSH va Britaniyaning Yamanga hujumlari va husiylar tomonidan javob qaytarilishi ehtimoli 2014 yildan beri fuqarolar urushi davom etayotgan mamlakatning siyosiy barqarorligiga tahdid solishini aytdi. 

“Biz Yaman va mintaqadagi siyosiy xavfsizlik, shuningdek, iqtisodiy va gumanitar oqibatlarga jiddiy xavf soladigan zo‘ravonlik davrining guvohi bo‘lmoqdamiz. Mojarodagi so‘nggi gumanitar yaxshilanishlar zaif va agar boshqa hodisalar bo‘lsa, osongina o‘zgartirilishi mumkin", deydi Xiari.

BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ishidan so‘ng brifing ham Rossiyaning tashkilotdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya bo‘lib o‘tdi. Unda Nebenzya BMT Xavfsizlik Kengashi AQSH va uning ittifoqchilariga Yamanga qilingan hujumlar uchun sanksiya bermaganini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 12 yanvar kuni AQSH va Buyuk Britaniya Yamandagi 60 ta ob’ektga, jumladan radarlar, havo mudofaa tizimlari, omborlar, dron va raketalarni uchirish joylariga hujum qilgandi. Husiylar AQSH va Britaniyaning hujumi oqibatida besh askari halok bo‘lganini ma’lum qilgan.

Britaniya va Amerika rasmiylarining aytishicha, bu hujum 2023 yil dekabr oyidan beri tez-tez uchragan Qizil dengizdagi xalqaro kemalarga qilingan hujumlarga javob bo‘lgan.
AQSH Prezidenti Jo Baydenning aytishicha, Yamandagi zarba Qizil dengizdagi “misli ko‘rilmagan husiy hujumlari”ga javob bo‘lgan va mudofaa xarakteriga ega. Buyuk Britaniya Bosh vazir Rishi Sunak ham  husiy pozitsiyalariga zarbalari o‘zini himoya qilish uchun qilingan cheklangan va mutanosib harakat ekanini ta’kidladi.

Husiylar esa AQSH va Britaniya qo‘shinlarining Yamanga hujumi G‘arbning G‘azodagi vaziyatdan e’tiborni chalg‘itishga urinishi ekanini da’vo qildi. Ular bu zarbaga qaramay, Qizil dengizdagi Isroil bilan bog‘liq fuqarolik kemalariga hujum qilishda davom etishini bildirdi.

Bugun, 13 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan 3:45 da Amerika qo‘shinlari Yamandagi husiylarning radiolokatsion stansiyasiga hujum qildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:47
 
66
0
xs.uz

Berlin ham, Parij ham, Bryussel ham, London ham Ukrainada tinchlik oʻrnatilishini istamaydi — Sergey Lavrov

Shu kunlarda Istanbulda Rossiya va Ukraina delegatsiyalari oʻrtasida 2022-yildan buyon ilk marta toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazilishi kutilmoqda.Unda qatnashishdan bosh tortgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni tanqid qildi. U Zelenskiy muzokaralarda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning shaxsan ishtirok etishini taʼkidlagani uchun 'ayanchli odam' ekanini aytdi.Lavrov, shuningdek, Kiyevning Gʻarbdagi ittifoqchilariga qattiq norozili

17 May 21:47
 
57
0
xs.uz

Putin Istanbulga kelmaydi. Muzokaralar haqida nima maʼlum?

Bugun, 15-may kuni Istanbulda Rossiya va Ukraina delegatsiyalari oʻrtasida 2022-yildan buyon ilk marta toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.Kreml Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Istanbuldagi muzokaralarda ishtirok etishini rad etdi. Rossiya prezidenti tomonidan tasdiqlangan delegatsiyaga uning yordamchisi Vladimir Medinskiy boshchilik qiladi.Muzokaralar Turkiya iltimosiga koʻra kunning ikkinchi yarmiga qoldirilgan. Avvaliga Vladimir Zelenskiy Anqarada Rejep T

15 Jun 10:46
 
38
0
xs.uz

AQSH armiyasining 250 yilligi keng miqyosdagi harbiy parad bilan nishonlandi

14-iyun kuni AQSH poytaxti Vashington shahrida Amerika armiyasining 250 yilligi munosabati bilan keng koʻlamli harbiy parad tashkil etildi. Ushbu tantanali tadbir mamlakat prezidenti Donald Trampning 79-yillik tugʻilgan kuni bilan bir vaqtda boʻlib oʻtdi. Prezident Tramp va uning rafiqasi Melaniya paradga shaxsan tashrif buyurib, tadbirni tribuna orqali kuzatdi hamda nutq soʻzladi.Mahalliy OAV xabarlariga koʻra, paradda 6600 nafarga yaqin harbiy xizmatchi, 50 ta harbiy vertolyot va 'M1 Abr

13 Jun 00:39
 
81
0
xs.uz

AQSHda Putin Ukrainada toʻxtamasligi aytildi. Tramp esa mojaro boʻyicha yangi bayonot berdi

Ukraina va Rossiya mojarosi Moskva foydasiga hal boʻlsa, Rossiya prezidenti Vladimir Putin goʻyoki Ukraina bilan toʻxtamaydi. Bu fikrlarni AQSH Qurolli kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qoʻmitasi raisi, general Den Keyn AQSH Kongressidagi eshituvda aytib oʻtdi, deya xabar bermoqda 'The Hill' nashri.Maqolada qayd etilishicha, bunday ritorika AQSH prezidenti Donald Trampning bu boradagi pozitsiyasiga 'keskin qarama-qarshidir'.Eshituvda senator Lindsi Grem Keynga xorijiy mojarolar boʻyich