London va Vashington oʻz tajovuzkorligidan pushaymon boʻladi — husiylar Siyosiy byurosi aʼzosi Xuzam al-Assad

'Amerika nishonlari nima boʻlgani haqida maʼlumotga ega emasman, ammo raketalar va qurollarimizga hech qanday zarar yetkazilmagan. Men buni ularni yoʻq qilish qiyin boʻlgan yaxshi himoyalangan joylarda joylashgani bilan bogʻlayman', ' deydi Buhayti.
Unga koʻra, yamanlik husiylar agressiyaga javoban ushbu davlatlar bilan bogʻliq kemalarga zarba beradi.
Shu oʻrinda Al-Buhayti Vashington va Londonning Yamanga havo hujumlari sabablari AQSH prezidenti Jo Bayden va Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunakning saylovoldi ehtiyojlari bilan bogʻliq, deya taxmin qildi.
Pentagon matbuot kotibi Patrik Rayderning soʻzlariga koʻra, Qoʻshma Shtatlar, dastlabki baholashlarga koʻra, husiylar nishonlariga zarbalar berish natijasida 'yaxshi samaraga' erishgan.
Qizil dengizdagi vaziyatning keskinlashishi
Oʻtgan yilning noyabr oyi oʻrtalarida Yamanning shimolini boshqarayotgan 'Ansor Alloh' Gʻazo sektoridagi falastinliklarni qoʻllab-quvvatlab, Qizil dengizdagi Isroil bilan bogʻliq har qanday kemalarga hujum qilish bilan tahdid qilgan va boshqa davlatlarni oʻz ekipajlarini qaytarishga chaqirgan edi.
Xususan, 19-noyabr kuni husiylar 22 nafar ekipaj aʼzosi boʻlgan 'Galaxy Leader' tankerini qoʻlga oldi. 'Ansor Alloh' tomonidan maʼlum qilinishicha, kema Bagama orollarida bayroq ostida harakatlanadi va yapon kompaniyasi tomonidan boshqariladi. Biroq u yahudiy davlatiga avtomobil yetkazib beruvchi taniqli isroillik tadbirkorga tegishli. Bundan tashqari, husiylar dronlar bilan yana bir qancha kemalarga hujum qilishgan.
Husiylarning harakatlaridan soʻng baʼzi yuk tashish kompaniyalari Suvaysh kanali orqali yuk olib oʻtishni, 'BP' va 'Equinor' energetika kompaniyalari esa Qizil dengiz orqali neft mahsulotlarini tankerlar orqali tashishni toʻxtatdi.
Qoʻshma Shtatlar, oʻz navbatida, Qizil dengizdagi kemalarni himoya qilish uchun yana oʻn davlat bilan qoʻshma operatsiyani eʼlon qildi. Bunga javoban 'Ansor Alloh' ushbu koalitsiyada ishtirok etuvchi davlatlar kemalariga hujum qilish huquqini oʻzida saqlab qolish bilan tahdid qildi. Qizil dengizda husiylar va AQSH harbiylari oʻrtasida bir necha bor toʻqnashuvlar sodir boʻlgan.
AQSH va Buyuk Britaniyaning husiylarga qarshi zarbalari
Juma kuni kechqurun AQSH va Buyuk Britaniya Yamanning toʻrt viloyatidagi nishonlarga havodan zarbalar berib, 'Ansor Alloh' harakatiga qarshi operatsiya boshladi. Prezident Jo Bayden buni navigatsiya erkinligiga tahdidga javob deb atadi, ammo keyingi harbiy harakatlarni istisno qilmadi.
AQSH Markaziy qoʻmondonligidagi havo kuchlari qoʻmondoni Aleks Grinkevichning aniqlik kiritishicha, AQSH harbiy-havo kuchlari 100 dan ortiq har xil turdagi aniq boshqariladigan oʻq-dorilardan foydalangan holda 60 dan ortiq harakatdagi obyektlarga hujum qilgan.
Husiylar qurolli kuchlari vakili Yahyo Sariyaning aytishicha, AQSH va Buyuk Britaniya poytaxt Sana hamda Hodeyda, Taiz, Hajja va Saada viloyatlariga 73-marta zarba bergan. Hujum oqibatida besh nafar harakat jangchisi halok boʻldi, yana olti nafari yaralangan.
Husiylar Amerika va Britaniya harbiy bazalari va inshootlariga javob zarbalari berganliklarini aytishdi hamda raketa hujumi natijasida Qizil dengizda AQSH harbiy kemasini choʻktirishga muvaffaq boʻlganliklarini daʼvo qilishdi.
Shu bilan birga, 'Ansor Alloh' harakati Siyosiy byurosi aʼzosi Xuzam al-Assadning qoʻshimcha qilishicha, husiylar London va Vashingtonning harakatlariga javob berishadi va ular 'oʻz tajovuzkorligidan pushaymon boʻladi'.
Ilon Mask AQSH hukumatini tark etishi maʼlum qilindi
Amerikalik milliarder Ilon Mask prezident Donald Trampning muvaqqat maslahatchisi sifatidagi 130 kunlik vakolat muddati tugagach, AQSH hukumatidagi lavozimini tark etishi mumkin. Bu haqda 'Bloomberg' agentligi oʻz manbalarga tayanib yozmoqda.'Ilon Mask prezident Donald Trampning muvaqqat maslahatchisi sifatidagi 130 kunlik muddati tugaganidan soʻng Hukumat samaradorligi boshqarmasi rahbari lavozimini tark etishi kutilmoqda... Agar bu kunlar Tramp inauguratsiyasidan boshlab ketma-ket hisoblansa
Rossiyadagi YTHda bir nafar oʻzbekistonlik halok boʻldi, 5 kishi jarohatlandi
Qayd etilishicha, hodisa 16-aprel kuni soat 01:10 da Saratov viloyati Dergachevskiy tumanining Tambov-Penza-Saratov-Pristannoye-Yershov-Ozinki trassasida sodir boʻlgan. Ichida Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan 'Lada Largus' avtomashinasi va trassada turgan, 'Autogalantas' yuk mashinasi ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz bergan.Rossiya IIV Davlat yoʻl harakati xavfsizligi inspeksiyasi Saratov viloyati boshqarmasi'xabariga koʻra, toʻqnashuv oqibatida yengil avtomobilda yongʻin kelib chiq
Istanbul merini hibsga olinishi Turkiyada norozilik namoyishlari boshlanishiga sabab boʻldi
Imomoʻgʻli Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning eng kuchli raqibi va muxolifat Respublika xalq partiyasining mashhur siyosatchisi hisoblanadi. U Turkiya davlati tomonidan terroristik tashkilot sifatida tan olingan Kurdiston ishchi partiyasini qoʻllashda va korrupsiyada ayblanmoqda.Erdogʻan tanqidchilari bu ayblovlarni uydirma, deb baholamoqda. Imomoʻgʻlining hibsga olinishi esa muxolifatga siyosiy zarba sifatida qabul qilingan. Istanbul merining qoʻlga olinishi Turkiyadagi repres
Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
Unda Oʻzbekiston 80-oʻrinni band etgan. Davlatimiz fuqarolari 62 davlatga vizasiz kirishlari mumkin, ammo 167 davlatga kirish uchun viza (yoki onlayn viza ) talab qilinadi.Jadvalda Markaziy Osiyo davlatlari orasidan Qozogʻiston 63-oʻrinni, Qirgʻiziston 79, Tojikiston 84, Turkmaniston 92 va Afgʻoniston 199-oʻrinni qayd etgan.Reytingga 199 ta davlat kiritilgan boʻlib, unda Singapur birinchi oʻrinda, ushbu pasport egalari 194 davlatga vizasiz sayohat qilishlari mumkin, Afgʻoniston esa oxi