calendar 11 Jan 20:45
eye 103
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Samarqandda 32 yoshli ayol o‘zini yoqib yubordi

image

Samarqandda 1991 yilda tug‘ilgan ayol ustiga suyultirilgan gaz kondensatini sepib, o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi. 

Joriy yilning 1 yanvar kuni soat taxminan 09:30 larda Payariq tumani, “Madaniyat” MFYda yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan ayol uyida ustiga suyultirilgan gaz kondensatini sepgan va olov yoqib, o‘z joniga qasd qilgan. Ma’lum qilinishicha, ayol ruhiyatida o‘zgarishlar bo‘lgan.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ayolning o‘limi murda tanasining 100 foiz termik kuyishi oqibatida yuzaga kelgani ko‘rsatilgan.

Mazkur holatda o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish jinoyati alomatlari mavjudligi hamda bir qator tergov harakatlarini o‘tkazmasdan turib qonuniy to‘xtamga kelish imkoniyati yo‘qligini inobatga olib, Jinoyat kodeksining 103-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 Jan 15:21
 
23
0
xs.uz

Dorixonalar orqali giyohvandlik vositalarini berish tartibi belgilandi

Oʻzbekistonda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni dorixonalar orqali berish tartibi qayta koʻrib chiqilib, uning aniq meʼyorlari belgilandi. Mazkur tartib Adliya vazirligi tomonidan 27-yanvar kuni rasmiy davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan 'Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash, realizatsiya qilish, berish, taqsimlash va hisobga olish tartibi toʻgʻrisida'gi nizom asosida amalga oshiriladi.Yangi nizomga koʻra, giyohvandlik vositalari do

31 Jan 15:21
 
21
0
xs.uz

Samarqand viloyatining bir qator shahar va tumanlarining chegaralarini o‘zgartirish masalasi ko‘rib chiqildi

Joriy yil 31 yanvar kuni Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo'mitasining majlisi bo'lib o'tdi. Unda Senat a'zolari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari doimiy komissiyalari raislari, ekspertlar, tegishli vazirlik va idoralar mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.Majlisda 'O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-moddasiga o'zgartirish kiritish to'g'risida'gi Qonun muhokama qi

31 Jan 15:20
 
21
0
xs.uz

Oliy maʼlumotli kadrlar platformasi tuziladi

'Oliy maʼlumotli kadrlarga davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida'gi Hukumat qarori (49-son, 29.01.2025-y.) qabul qilindi.Qarorga koʻra, oliy maʼlumotli kadrlarga boʻlgan davlat buyurtmasi Maxsus elektron platforma orqali shakllantiriladi.2025/2026 oʻquv yilidan oliy maʼlumotli kadrlarga davlat buyurtmasi Platformada jamlangan maʼlumotlar va mehnat bozori talabini tahlil qilish asosida aniqlanadi. Kadr larga boʻlgan ehtiyoj 4-yillik davrga is

31 Jan 15:21
 
25
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qoʻydi — Fotoreportaj

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni poytaxtimizdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar'qo'ydi. Marosimda Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi va hukumat vakillari, ziyolilar, shahar jamoatchiligi jam boʻldi.Bu el-yurtga xizmat unutilmasligi, hamisha eʼzozlanishidan dalolat. Shavkat Mirziyoyevning eʼtibori bilan Birinchi Prezidentimizning xotirasi abadiylashtirildi, u kishi tavallud topgan 30-yanvar har yili nishonlanadigan boʻldi. Toshkentda ilmiy-maʼrifiy yodgor