calendar 11 Jan 14:10
eye 67
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Hizbulloh” AQSHga hujum qilishi mumkin – “Politico”

image

Amerika razvedkasi “Hizbulloh” AQSH hududiga yoki xorijdagi amerikalik diplomatlarga hujumlar uyushtirishi mumkin, deb hisoblamoqda. Bu haqda AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyatidagi to‘rtta manbaga tayanib, “Politico” gazetasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, rasmiylar “birinchi navbatda Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan qurolli guruh” Yaqin Sharqdagi Amerika qurolli kuchlariga zarba beradi, deb hisoblaydi. 

"AQSH razvedkasi “Hizbulloh”ga oid ma’lumotlarni to‘plamoqda, bu esa u AQSH harbiylari yoki diplomatik xodimlariga qarshi hujumlar uyushtirish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganidan dalolat beradi. Mintaqada keskinlik kuchaygan sari AQSH hududiga hujum qilish ehtimoli ham oshib bormoqda", deb yozadi gazeta.

Ta’kidlanishicha, AQSH ma’muriyatidagi manbalar gap qanday hujum haqida ketayotganini tushuntirmagan. Ularning aytishicha, “Hizbulloh” keng xalqaro tarmoqqa ega bo‘lib, bu guruhga AQSH hududida hujum uyushtirish uchun agentlardan foydalanishga imkon beradi. 

Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Yaqin Sharqdagi boshqa guruhlar ham bunday imkoniyatlarga ega emas.

Qayd etilishicha, AQSH hududiga yoki xorijdagi Amerika harbiylari yoki diplomatlariga hujum "Bayden ma’muriyati uchun zarba bo‘ladi". 

"Bu milliy xavfsizlik resurslarini Xitoy va Rossiyaga qarshi kurashishga qaratmoqchi bo‘lgan bir paytda AQSHni Yaqin Sharqqa qaytarishi mumkin", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 4 yanvar kuni “Hizbulloh al-Nujaba” harakati qo‘mondonlaridan biri Abu Taqva Bag‘dodda Amerika uchuvchisiz uchoqlarining zarbasi oqibatida halok bo‘lgan, yana kamida olti kishi yaralangan edi. Taqva harakatning 12-brigadasini boshqargan va ayni paytda Iroq militsiyasi “Al-Hashd ash-Shabi”ning tarafdori edi. 2023 yilning 26 dekabrida AQSH Markaziy qo‘mondonligi Iroq va Suriyadagi koalitsiya kuchlariga qarshi hujumlarga javoban Iroq hududidagi “Kataib Hizbulloh” nishonlariga hujum qilganini e’lon qildi. O‘shanda Iroq hukumati AQSHning respublikadagi nishonlarga zarbalarini mamlakat suverenitetini buzuvchi dushmanlik harakati sifatida baholadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Aug 17:27
 
23
0
xs.uz

Kurskdagi Rossiyaning muvaffaqiyatsizliklarda asosiy aybdor kim?

Rossiyaning yuqori martabali generali, general-polkovnik Aleksandr Lapin Rossiyaning Kurskdagi muvaffaqiyatsizligiga asosiy aybdor sifatida koʻrilmoqda. Bu haqda 'Newsweek' nashri xabar bergan.Maʼlum boʻlishicha, Lapin avval ham urush harakatlariga munosabati uchun tanqidga uchragan edi. Hozirda esa rus harbiylari orasida general-polkovnik Aleksandr Lapinning kelajakdagi taqdiri muhokamalar markazida boʻlib turibdi.Qayd etish kerakki, 2022-yilgi 'Liman chekinishi'dagi roli uchun tanqid qilin

09 Oct 12:40
 
14
0
xs.uz

Turkiyada 6 nafar oʻzbekistonlik ayol 18 kg oltin quymalari bilan ushlandi

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 2-oktyabr kuni Izmir shahridagi aeroportdan chiqishda 6 nafar ayol, shuningdek, ularni kutib olishga mashinada kelgan erkak qoʻlga olingan.Avtomobil va ayollarni koʻzdan kechirish chogʻida ularda har biri 110 grammlik 82 dona oltin quymalari, 18 dona oʻyin pristavkalari (Playstation), bundan tashqari, 3 dona smartfon borligi aniqlangan.Sud qarori bilan qoʻshimcha tekshiruv oʻtkazilganida esa ayollar jinsiy aʼzosida 84 dona oltin quymalari yashirilgani a

09 Oct 12:40
 
14
0
xs.uz

Ukraina Rossiya tomonidan bosib olingan Qrimdagi neft terminaliga zarba berdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy urush muhim bosqichga kirganini maʼlum qilganidan keyin mamlakat harbiylari bosib olingan Qrimdagi Rossiyaning urush harakatlari uchun muhim boʻlgan yirik neft terminaliga zarba berganini aytdi.'Tunda Qrimning vaqtincha bosib olingan Feodosiya shahridagi dushmanning dengizdagi neft terminaliga muvaffaqiyatli zarba berildi', ' deyiladi ukrainalik harbiylar tomonidan tarqatilgan xabarda.Moskva ham, Kiyev ham qimmatga tushayotgan urushni qanday davom ettirish

09 Oct 16:37
 
17
0
xs.uz

Netanyahu Livanni Gʻazo kabi halokatga uchratishdan ogohlantirdi

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu Livan Gʻazo kabi halokatga uchrashi mumkinligidan ogohlantirdi va oʻldirilgan 'Hizbulloh' yetakchisi Hasan Nasrullohning oʻrnini egallagan shaxs yoʻq qilinganini tasdiqladi.Uning bu soʻzlari seshanba kuni Livan fuqarolariga yoʻllangan videomurojaatda paydo boʻldi hamda 'Hizbulloh' oldingidan ham zaiflashganini taʼkidladi. 'Hizbulloh' tomoni Netanyahuning soʻnggi soʻzlariga hali hech qanday izoh bermadi.'Sizda Livanni Gʻazoda koʻrib turganimizdek