calendar 24 Aug 17:27
eye 12
comments 0
comments Manba: xs.uz

Kurskdagi Rossiyaning muvaffaqiyatsizliklarda asosiy aybdor kim?

image


Rossiyaning yuqori martabali generali, general-polkovnik Aleksandr Lapin Rossiyaning Kurskdagi muvaffaqiyatsizligiga asosiy aybdor sifatida koʻrilmoqda. Bu haqda 'Newsweek' nashri xabar bergan.

Maʼlum boʻlishicha, Lapin avval ham urush harakatlariga munosabati uchun tanqidga uchragan edi. Hozirda esa rus harbiylari orasida general-polkovnik Aleksandr Lapinning kelajakdagi taqdiri muhokamalar markazida boʻlib turibdi.

Qayd etish kerakki, 2022-yilgi 'Liman chekinishi'dagi roli uchun tanqid qilingan Lapin 2022-yil oktyabr oyida Rossiya markaziy harbiy okrugi rahbari lavozimidan chetlashtirilgandi. Keyinchalik u Rossiya quruqlikdagi kuchlari shtab boshligʻi etib tayinlandi va oxir-oqibat Leningrad harbiylari boshligʻi boʻlgandi. Harbiy okrug 2024-yil bahorida unga Kurskdagi harbiy harakatlar rejasini yangidan kohtml5-dom-document-internal-entity2-39-endrib' chiqishni topshirgandi, ammo Ukrainaning muvaffaqiyati esa uning ishlariga shubha paydo bohtml5-dom-document-internal-entity2-39-endlishiga sabab bohtml5-dom-document-internal-entity2-39-endlgan.

Moskva oʻz kuchlarini faol tarzda Kurskka jalb qilayotgan boʻlsa-da, Urushni tahlil qilish markazining taʼkidlashicha, vaziyat hanuzgacha rus harbiy tomonlari foydasiga oʻzgarmagan. Hozircha aziyat 122 mingdan ortiq Rossiya fuqarolari chegara hududidan evakuatsiya qilinganini aytmasa, Moskva aytarli yutuqlarga erishmadi.

Kursk hujumi mojaro boshlanganidan beri xalqaro tan olingan Rossiya hududiga kiritilgan eng muhim yutuqlardan biridir. General-polkovnik Oleksandr Sirskiy boshchiligidagi Ukraina kuchlari tez surʼatlar bilan muvaffaqiyatga erishmoqda.

Mojaro davom etar ekan, Kurskdagi vaziyat Rossiyaning Ukraina bilan urushida duch keladigan kengroq muammolarni koʻrsatmoqda. Lapinning rahbarlik qarorlari, xususan, chegara mudofaasini demontaj qilish hozirgi inqirozga katta hissa qoʻshganiga dalil sifatida qaralyapti. Moskva Lapinga nisbatan qanday ish qoʻzgʻatishi hozircha nomaʼlum, ammo uning sustkashligiga baho berilishi mumkin.

Avvalroq, Sanepidqoʻmita 'Maymun chechagi' kasalligi respublikamiz hududiga kirib kelish ehtimoli haqida munosabat bildirdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
41
0
qalampir.uz

Netanyaxu AQSHni Eronga qarshi harbiy ittifoq tuzishga taklif qildi

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSHga Eron tahdidiga qarshi turish uchun o‘z mamlakati bilan harbiy ittifoq tuzishni taklif qildi. Bu haqda u kecha, 24 iyul AQSH Kongressida so‘z ochdi. Netanyaxu Vashingtonni Isroilga G‘azo sektoridagi HAMAS guruhini tezda mag‘lub etishi uchun harbiy yordam yetkazib berishni tezlashtirishga chaqirdi. Netanyaxuning iddao qilishicha, Isroilning HAMASga qarshi urushi ikki sivilizatsiya o‘rtasidagi ziddiyat emas, balki “sivilizatsiya va vah

20 Jul 17:41
 
50
0
qalampir.uz

G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar yakunlanishiga oz qoldi – Blinken 

G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda va hali ham ba’zi muammolarni hal qilish kerak. Bu haqda AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Vashingtondagi 2024 Aspen xavfsizlik forumida ma’lum qildi.  “Muzokaralar yakuniy bosqichga yetdi. Lekin biz bilamizki, oxirgi bosqich eng qiyini bo‘ladi”, deydi Blinken. U o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvni yakunlash istagida ekanligini, biroq shunchaki kelishuvga erishishning o‘zi

26 Jul 10:19
 
46
0
qalampir.uz

Putin Asad bilan uchrashdi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 25 iyul kuni Kremlda Suriya Prezidenti Bashar Asad bilan uchrashdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi. “Sizni ko‘rganimdan juda xursandman. Biz uzoq vaqt davomida mintaqadagi bo‘layotgan muammolarni muhokama qila olmadik, endi muhokama qilish imkoniyatiga egamiz. Albatta, mintaqadagi vaziyat qanday rivojlanayotgani haqidagi fikringiz meni juda qiziqtiradi. Afsuski, u yomonlashishga moyil, biz buni ko‘rib turibmiz. Bu to‘g‘rid

26 Jul 10:19
 
57
0
qalampir.uz

BMT Bosh kotibi global Olimpiya sulhiga chaqirdi 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Yer yuzidagi barcha qurolli mojarolar ishtirokchilarini Olimpiya yarashuvi ruhida qurollarini tashlashga chaqirdi. Bu haqda BMT matbuot xizmati xabar berdi. Tinchlik tashabbusi BMT matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan videomurojaatda aytilgan. Guterrish bu 26 iyun kuni Fransiyada boshlanadigan yozgi Olimpiada musobaqasining tantanali ochilishiga to‘g‘ri kelishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Olimpiadadan u