Qoraqalpogʻiston Respublikasini iqtisodiy rivojlantirish va ish oʻrinlarini koʻpaytirish choralari muhokama qilindi
Qoraqalpogʻistonda biznes yuritish uchun boshqa hech bir hududga berilmagan imtiyozu imkoniyatlar taqdim etilgan. Xususan, jozibador biznes muhiti va hudud aholisiga qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida foyda, aylanmadan soliq, yer va mol-mulk soliqlari 2 baravar pasaytirilgan, ijtimoiy soliq 1 foiz qilib belgilangan. Natijada tadbirkorlar ixtiyorida yiliga 500 milliard soʻm qolmoqda.
Bu ishlarni yangi bosqichga koʻtarish maqsadida soʻnggi ikki yilda Qoraqalpogʻistonda sanoat, qishloq xoʻjaligi va tadbirkorlikni rivojlantirish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilashga doir 7 ta farmon va qaror qabul qilindi. Bu maqsadlar uchun 400 million AQSH dollari va 250 milliard soʻm ajratildi.
Iqtisodiyot tarmoqlari va viloyatlar bilan hamkorlikda Orolboʻyining shahar va tumanlarida koʻplab loyihalar amalga oshirilmoqda.
Yigʻilishda 2023-yilda qilingan ishlar koʻrib chiqilib, 2024-yilga moʻljallangan vazifalar muhokama qilindi.
Bugungi kunda Qoraqalpogʻiston aholisi 2 million nafardan oshdi. Har yili mehnat bozoriga 50 ming aholi kirib keladi. Davlatimiz rahbari ularni zamonaviy kasb-hunarlarga oʻqitib, daromadli ish va munosib yashash sharoitlari bilan taʼminlash kerakligiga eʼtibor qaratdi.
Shu maqsadda joriy yilda ham keng koʻlamli ishlar koʻzda tutilgan. Xususan, sanoat hajmi 23 trillion soʻmga yetkazilib, 2 trillion soʻmlik yangi quvvatlar yaratiladi. Toʻqimachilik, elektrotexnika, farmatsevtika, qurilish materiallari tarmoqlarida 5 trillion soʻmlik 24 ta yirik loyiha ishga tushiriladi.
2024-yilda hududga 2 milliard 100 million dollar xorijiy investitsiya jalb etilishi moʻljallangan. Buning evaziga sanoatda 206 ta, xizmat koʻrsatish sohasida 240 ta, qishloq xoʻjaligida 34 ta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi. Ularda 13 mingga yaqin yuqori daromadli ish oʻrni ochiladi.
Qoraqalpogʻistonda ishlab chiqarish, qishloq xoʻjaligi, turizm va boshqa xizmatlar izchil rivojlanmoqda. Imkoniyatlardan samarali foydalanib, joriy yilda eksport hajmini 160 million dollarga yetkazish maqsad qilingan.
Qishloq xoʻjaligida yer unumdorligini oshirish uchun xorijiy grant jalb qilinadi. 6 ming gektar yerga suv tejovchi texnologiya joriy qilinib, 31 ming gektar lazerli tekislanadi.
Mahallalar infratuzilmasi va xonadonlar taʼmirlanadi. Yuqori texnologik tibbiy xizmatga muhtoj bemorlar davolanishiga 2,3 milliard soʻm yoʻnaltiriladi.
Shu bilan birga, fuqarolar tashabbusi asosidagi loyihalarga 182 milliard soʻm, yil davomida mahalliy byudjetdan yana 40 milliard soʻm ajratiladi. Kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash dasturlari doirasidagi loyihalarga 10 trillion soʻm beriladi.
Prezidentimiz yangi ish oʻrinlari yaratish boʻyicha rejalar mavjud salohiyatga mos emasligini taʼkidlab, bu boradagi qoʻshimcha imkoniyatlarni koʻrsatib oʻtdi.
Masalan, 51 ta sanoat zonasida 775 milliard soʻmlik 71 ta loyihani boshlab, 1 mingta ish oʻrni yaratsa boʻladi. Yoki 10 ming gektar boʻsh yerni savdoga chiqarib, 20 mingta tadbirkorni jalb qilish mumkin. Bu 50 ming ish oʻrni, degani. Shuningdek, noruda konlarga sanoatni olib kirib, 7,5 trillion soʻmlik loyihalar hisobiga 10 ming aholini band qilish mumkin.
Davlatimiz rahbari bu boradagi katta imkoniyatlardan biri turizm ekanini taʼkidladi. Qoraqalpogʻistonda turizmni, ayniqsa, uning eko, etno, ziyorat yoʻnalishlarini rivojlantirish boʻyicha dastur ishlab chiqish, turizm klasteri tashkil etish va sohaga xorijiy ekspertlarni jalb qilish yuzasidan topshiriq berildi. Nukus aeroportini rivojlantirish va aviaqatnovlarni koʻpaytirish, yangi mehmonxonalar qurish, muzeylarni modernizatsiya qilish, yoʻl boʻyi xizmatlarini kengaytirish vazifalari koʻrsatib oʻtildi.
Germaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya va Turkiyadan mutaxassislarni taklif etib, yoshlarni chet tili, axborot texnologiyalari, dizayn, mehmonxona xizmati kabi 17 turdagi zamonaviy kasblarga oʻqitish muhimligi taʼkidlandi.
Mutasaddilar Qoraqalpogʻistonni ishsizlikdan xoli hududga aylantirish uchun barcha imkoniyatlar borligini qayd etib, bu boradagi chora-tadbirlarni belgilab oldi.
Kommunal xizmat koʻrsatish sohasida muhim oʻzgarish boʻldi
Kommunal xizmat koʻrsatish sohasida huquqni qoʻllash amaliyotining bir xilligi taʼminlanadi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali maʼlum qildi.Qayd etilishicha, Prezidentimiz tomonidan imzolangan Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan.Maʼlum qilinishicha, qonunlardagi oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq tushunchalar 'Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida'gi Qonun normalarig
Soxta havola orqali oʻzganing pullarini oʻzlashtirgan shaxs ushlandi
Qoraqalpogʻistonda Telegramʼga soxta havola joylab, shu orqali oʻzganing pullarini oʻzlashtirgan shaxs ushlandi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.Qayd etilishicha, Buxoro viloyatida yashovchi Y.M. IIBga murojaat qilib, bank kartasidan 16 mln 410 ming soʻm nomaʼlum shaxs tomonidan oʻzlashtirilganini maʼlum qilgan.Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Qoraqalpogʻistonda y
Prezident xususiy mulk huquqini himoya qilish boʻyicha muhim qonunni imzoladi
Hujjat bilan Uy-joy kodeksi, Shaharsozlik kodeksi va 'Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida'gi qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.Uy-joy kodeksida 'hech kim sudning qarorisiz va qonunga muvofiq boʻlmagan holda oʻz uy-joyidan mahrum qilinishi mumkin emas' deb belgilandi.Qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oʻz uy-joyidan mahrum boʻlgan mulkdorga uy-joy qiymati va unga yetkazilgan zararning oldin
Jizzaxda soxta bankirga ishongan ayol 20 mln soʻmga chuv tushdi
Jizzaxda oʻzganing nomiga 20 million soʻm onlayn kredit rasmiylashtirgan shaxs ushlandi. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Jizzax viloyatida yashovchi M.S. (ayol) ichki ishlar organlariga murojaat qilib, bank kartasidan 20 mln soʻm miqdoridagi pul mablagʻlari nomaʼlum shaxs tomonidan oʻzlashtirilganligini maʼlum qilgan.Oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Jizzax viloyatida yashovchi R.A. sodir etgani aniqlangan.Manbaga koʻra