calendar 09 Oct 12:39
eye 17
comments 0
comments Manba: xs.uz

Surxondaryo viloyati mahalla uyushmasiga boshliq tayinlandi

image
Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'.'Abduraimov Saydulla Berdishukurovich Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

S.Abduraimov 1980-yilda Angor tumanida tugʻilgan. 2004-yilda Termiz davlat universitetini, 2010-yilda Oʻzbekiston milliy universitetini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi ' matematika, yurisprudensiya.

Mehnat faoliyati davomida IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi, Adliya boshqarmasi va 'Vatanparvar' tashkiloti viloyat Kengashida turli vazifalarda hamda Oʻzbekiston milliy tiklanish demokratik partiyasi viloyat kengashi raisi lavozimida ishlagan.

Tayinlovga qadar Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri lavozimida mehnat qilib kelayotgan edi. Shuningdek, 2020-yildan buyon viloyat Kengashi deputati.

Eslatib oʻtamiz, bugungacha ushbu lavozimda Sherpoʻlat Boyqulov Mamaraimovich ishlab kelayotgan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Sep 00:21
 
16
0
xs.uz

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligiga yangi vakolat berilmoqda – qonun loyihasi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida 'Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida'gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqildi. Bu haqda palataning matbuot xizmati xabar berdi.Ushbu qonun loyihasi bilan karantin ostidagi mahsulotlarni zararsizlantirish (fumigatsiya) faoliyatini litsenziyalash tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi, litsenziyalash bilan bogʻliq vakolatlar esa Qishloq xoʻj

26 Aug 12:29
 
24
0
xs.uz

Yogʻ ishlab chiqarish sexida 1,6 milliard soʻmlik yaroqsiz alkogol mahsulotlari topildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament Izboskan tumanidagi yogʻ ishlab chiqarish sexidan 1,6 milliard soʻmlik isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsulotlari topilganini maʼlum qildi.Maʼlum boʻlishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi, Izboskan tuman boʻlimi hamda Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy harakatlar aniqlandi.Qayd etilganda, 'F.S.', 'A.I.', 'A.V.' va 'A.l.' MCHJla

03 Sep 21:34
 
32
0
xs.uz

Qozogʻistonda oʻzbekistonliklarni olib ketayotgan mashina YTHga uchradi

Qozogʻistonning Chimkent viloyatida oʻzbekistonliklar boʻlgan avtomobil YTHga uchradi. Bu haqda 'Tengrinews' xabar bermoqda.Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Olmaota trassasining yoʻl taʼmirlash ishlari olib borilayotgan qismida 'Opel Vectra' avtomobili 'Toyota Alphard'ga borib urilgan.Oqibatda yengil avtomobil haydovchisi voqea joyida halok boʻlgan. Yana yetti kishi jabrlangan.Aniqlanishicha, jabrlanganlarning barchasi 'Toyota Alphard' salonida boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari boʻlib, Qiz

20 Sep 00:21
 
17
0
xs.uz

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Kansleri Olaf Sholsni Registon maydonida kutib oldi — Fotoreportaj

Mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Germaniya Federativ Respublikasi Kansleri Olaf Shols O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Registon ansambli bilan tanishdi. Shundan so'ng Samarqand shahridagi Kongress markazida Germaniya Federal Kansleri Olaf Shols tantanali kutib olindi.Kongress markazida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federal Kansleri Olaf Sholsning tor doirada va delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo'lib o'td