calendar 10 Jan 19:20
eye 75
comments 0
comments Manba: xs.uz

Fargʻona politexnika instituti jahon universitetlari reytingida qayd etildi

image
Shuningdek, 2023-yil davomida davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 18 ta va xalqaro miqyosda 10 ta loyiha hamda institut qoshida tashkil etilgan Spin-off korxonalari tomonidan 682 ta hamkorlik shartnomalari amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq qilinishiga erishildi.

' 'InnoWeek-2023' innovatsion haftalik doirasida oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy tashkilotlarning 2022-yilgi faoliyati natijalariga koʻra milliy reytingi eʼlon qilinib, Fargʻona politexnika instituti mamlakatimiz OTMlari ichida 'Top'5' likdan oʻrin egalladi, ' deydi Fargʻona politexnika instituti rektori Oʻktam Salomov. ' Oʻtgan yili institut nafaqat milliy reytingda, balki xalqaro maydonda ham oʻz oʻrniga ega boʻlgani quvonarlidir.

Taʼkidlash joiz, 2023-yilda dunyoda eng nufuzli hisoblangan QS tashkiloti Jahon universitetlari reytingi 'World University Rankings ' 2024' ni eʼlon qildi. Yurtimizdagi 14 ta oliy taʼlim muassasasi ushbu reytingda ilk bor joy oldi va ular orasida Fargʻona politexnika instituti ham bor.

Oʻtgan yili institut professor-oʻqituvchilari ham koʻplab yutuqlarni qoʻlga kiritdi.

Xususan, institut oʻqituvchisi Ahadjon Oʻlmasovning yosh tadqiqotchi sifatidagi ilmiy ishlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan moliyalashtirildi. Shu tariqa yosh olimning izlanishlari tufayli bugungi kungacha xorijdan import qilib olib kelinayotgan suv nasoslari, elektr dvigatel metall korpus mahsulotlari mahalliy xomashyolar asosida lokalizatsiya qilinib, toʻliq ishlab chiqarishga joriy qilindi. Bu yutuqlari evaziga yosh olim Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 'Innovatsion gʻoyalar yetakchisi' koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Botir MADIYOROV, 'Xalq soʻzi'.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:39
 
13
0
xs.uz

Surxondaryo viloyati mahalla uyushmasiga boshliq tayinlandi

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'.'Abduraimov Saydulla Berdishukurovich Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.S.Abduraimov 1980-yilda Angor tumanida tugʻilgan. 2004-yilda Termiz davlat universitetini, 2010-yilda Oʻzbekiston milliy universitetini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi ' matematika, yurisprudensiya.Mehnat faoliyati davomida IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi, Adliya boshqarmasi va 'Vatanparvar' tashkiloti

20 Sep 00:21
 
22
0
xs.uz

Ombudsman taʼsir choralarining turlariga aniqlik kiritiladi. Qonun loyihasi Senatga yuborildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida 'Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida'gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda moddama-modda koʻrib chiqildi. Bu haqda palataning matbuot xizmati xabar berdi.Mazkur qonun loyihasi bilan Ombudsman faoliyatining institutsional asoslarini takomillashtirib, uning inson huquq va erkinliklariga rioya etilishini taʼminlash borasidagi vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan mutlaqo ya

08 Sep 16:44
 
27
0
xs.uz

Maktablardagi laborant lavozimi tugatiladi

Oʻzbekistonda fizika va kimyo fani oʻqituvchilariga kabinet mudirligi uchun har oy qoʻshimcha haq toʻlanadi.Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining buyrugʻi bilan umumiy oʻrta taʼlim sohasida bir-birini takrorlovchi samarasiz xarajatlarni maqbullashtirish hamda davlat byudjeti hisobidan ajratilayotgan mablagʻlardan samarali va oqilona foydalanishni taʼminlash maqsadida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumtaʼlim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi

03 Sep 21:34
 
22
0
xs.uz

Toshkent shahrining ikki tumanida ichimlik suvi vaqtincha toʻxtatiladi

Toshkent shahrining ikki tumani ' Bektemir va Yunusobodda bir kun davomida ichimlik suvi vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda 'Toshkent shahar suv taʼminoti' xabar berdi.Unga koʻra, 2024-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik boʻyicha katta hajmli suvoʻtkazgich tarmoqlarida rejali profilaktika-taʼmirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan 5-sentyabr soat 09:00 dan 6-sentyabr 21:00 ga qadar ichimlik suv bosimi pasayishi kuzatiladi hamda quyidagi hududlarda vaqtincha boʻlmaydi.