calendar 20 Sep 00:21
eye 23
comments 0
comments Manba: xs.uz

Ombudsman taʼsir choralarining turlariga aniqlik kiritiladi. Qonun loyihasi Senatga yuborildi

image
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida 'Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida'gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda moddama-modda koʻrib chiqildi. Bu haqda palataning matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur qonun loyihasi bilan Ombudsman faoliyatining institutsional asoslarini takomillashtirib, uning inson huquq va erkinliklariga rioya etilishini taʼminlash borasidagi vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan mutlaqo yangi huquq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga, shuningdek Vazirlar Mahkamasiga 'maxsus maʼruza' taqdim etish huquqi belgilab qoʻyilmoqda.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarilishi yuzasidan 'muqobil maʼruza' tayyorlashi hamda tegishli xalqaro tashkilotlarga taqdim etish mumkinligi belgilanadi. Shu bilan birga, Ombudsman lavozimiga nomzodga qoʻyiladigan talablar soddalashtirilib, ayrim talablar (yuksak axloqiy sifatlarga, oliy maʼlumotga, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida zarur tajribaga ega boʻlgan) bekor qilinishi koʻzda tutilgan.

Bundan tashqari, ushbu qonun bilan Ombudsman taʼsir choralarining turlariga aniqlik kiritilgan holda, (ogohlantirish, taqdimnoma, iltimosnoma va talabnoma) alohida bobda, har bir taʼsir chorasi alohida-alohida moddada aks ettirilyapti.

Qonun loyihasi bilan Inson huquqlari boʻyicha vakil (ombudsman) institutining inson huquqlari boʻyicha milliy institut sifatidagi ahamiyati oshirilib, sohaga oid huquqlari yanada kengaytiriladi.

Xususan, Ombudsman faoliyatida inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi bilan hamkorligi aniqlashtirildi.

Deputatlarning taʼkidlashicha, qonun loyihasining qabul qilinishi Inson huquqlari boʻyicha vakil (ombudsman) institutining inson huquqlari boʻyicha milliy institut sifatidagi ahamiyatining oshishiga, uning huquqlari kengaytirilishiga va majburiyatlari aniqlashtirilishiga xizmat qiladi.

'Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi', deyiladi xabarda.

Avvalroq, Urganch shahrida 2,9 milliard soʻmlik noqonuniy dori vositalari aniqlangandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

25 Sep 13:14
 
17
0
xs.uz

Oʻzbekistonning Qirgʻizistondagi favqulodda va muxtor elchisi oʻzgardi

Saidikrom Niyozxoʻjayev Oʻzbekistonning Qirgʻiz Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. Bu haqda 'Dunyo AA' xabar berdi.Qayd etish kerakki, Niyozxoʻjayev bungacha Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi elchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi. Diplomat 2018-yildan buyon Oʻzbekistonning qoʻshni diyordagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimida ishlab kelgan.Niyozxoʻjayev 2024-yil avgust oyida amalga oshirilgan ishlari va ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga qoʻs

03 Sep 21:35
 
24
0
xs.uz

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi yangi elchisi tayinlandi

Baxtiyor Ibragimov Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi yangi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. Bu haqda 'Dunyo' AA xabar bermoqda.Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonning yangi elchisi ' Baxtiyor Ibragimov 51 yoshda. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Rossiya tashqi savdo akademiyasini tamomlagan.U mehnat faoliyatini 1994-yilda Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (hozirgi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi) markaziy apparatida boshlagan. Ibragimov u yerda yeta

08 Sep 16:44
 
18
0
xs.uz

Toshkentda aksiz markasiz alkogol mahsulotlari savdodan olindi

Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi savdo do'konidan O'zbekiston aksiz markasi bilan yelimlanmagan alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, tumanda faoliyat yurituvchi 'N.G.' MChJ savdo do'koni sotuvchisi R.Q. xaridorga O'zbekiston aksiz markasi bilan yelimlanmagan 2 dona viski va 2 quti tamaki mahsulotini jami 2,9 mln so'mga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu savd

03 Sep 21:35
 
27
0
xs.uz

Prezident ikki karra Paralimpiya chempioni Bobur Omonovga qoʻngʻiroq qildi

Kecha Parijdagi Paralimpiya oʻyinlarining navbatdagi kunida hamyurtimiz Bobur Omonov yadro uloqtirish bahslarida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Bugun sportchimiz bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev telefon orqali muloqot qildi.Davlatimiz rahbari Bobur Omonovni ikki karra Paralimpiya chempionidek sharafli nomga sazovor boʻlgani hamda 2021-yilda oʻzi oʻrnatgan Paralimpiada rekordini yangilagani bilan dildan qutlab, ushbu natija Oʻzbekiston paralimpiya harakati tarixida muhim voqea boʻlganini