calendar 10 Jan 18:15
eye 118
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Kim Chen In Janubiy Koreyani yo‘q qilish bilan tahdid qildi

image

Seul tomonidan harbiy provokatsiya sodir bo‘lgan taqdirda KXDR Koreya Respublikasini yo‘q qilish uchun butun arsenalini ishga solishdan tortinmaydi. Bu haqda Shimoliy Koreya Qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni, davlat rahbari Kim Chen In Mudofaa sanoati korxonalariga tashrifi chog‘ida aytib o‘tdi.

“Agar Koreya Respublikasi davlatimizga qarshi qurolli kuchlaridan foydalanishga urinsa yoki suverenitetimiz va xavfsizligimizga tahdid soladigan bo‘lsa, biz Koreya Respublikasini butunlay yo‘q qilish uchun mavjud vositalar va kuchlarning to‘liq arsenalidan foydalanamiz”, degan u. 

Koreya markaziy axborot agentligining yozishicha, Kim o‘z chiqishida Janubiy Koreya KXDR bilan qarama-qarshilik o‘z joniga qasd qilish siyosati noto‘g‘ri ekanini anglab yetmas ekan, respublika “adolatli kurash tamoyillariga asoslangan yaqqol amaliy harakatlarni so‘zsiz davom ettirishi"ni aytgan. 

Uning ta’kidlashicha, KXDR Koreya yarimorolida katta kuch bilan bir tomonlama yirik voqealarni qo‘zg‘atmoqchi emas, lekin, shu bilan birga, Pxenyan urushdan qochish niyatida ham emas.

Kimning fikricha, Koreya Respublikasi faqat qarama-qarshilik siyosatini olib boryapti va pirovardida Pxenyan nuqtayi nazaridan eng asosiy dushman davlatga aylangan.

“Hozir Koreya Respublikasini KXDR uchun haqiqiy dushman davlat sifatida tavsiflash payti keldi. Uzoq vaqtdan beri, taxminan 80 yil davomida u bizning hokimiyat va tuzumimizni ag‘darish uchun turli vositalarini ishga solmoqda", deya ta’kidlaydi agentlik.

Eslatib o‘tamiz, 5 yanvar kuni mashg‘ulotlar doirasida Shimoliy Koreya qirg‘oq artilleriyasi Janubiy Koreyaning Sariq dengizda joylashgan Yonpxyondo va Pennyondo orollari tomon 200 ga yaqin snaryad otgandi. Bunga javoban Janubiy Koreya harbiylari o‘z manyovrlarini o‘tkazib, 400 ta snaryad otdi.  6 yanvar kuni Pxenyan g‘arbiy qirg‘oqdan yana Sariq dengiz tomon 60 ga yaqin snaryad otdi. Janubiy Koreya KXDR tahdidlariga javoban harbiy choralar ko‘rishga va’da berdi. Kim Chen Inning singlisi, Koreya Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Kim Yo Chjon esa Janubiy Koreya qurolli kuchlarining har qanday xatosi Seulni xavf ostiga qo‘yishi, hatto, eng kichik provokatsiya ham Shimoliy Koreya armiyasining raketalarini ishga solishi uchun sabab bo‘lishini aytib, janubga tahdid qildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Aug 17:27
 
31
0
xs.uz

Rossiya AQSHdan chiplarni sotib olishda davom etmoqda

Rossiya Federatsiyasi tomonidan sotib olingan dasturlashtiriladigan mantiqiy integral mikrosxemalar harbiy texnologiyalar va kuzatuv texnologiyalarida qoʻllaniladi. 20-avgustda 'The Insider' nashri tomonidan chop etilgan surishtiruv mualliflari shunday xulosaga kelishdi. Jurnalistlarning taʼkidlashicha, Rossiya Federatsiyasiga raketalar va dronlarni navigatsiya qilish, internetdagi materiallarni filtrlash va yuzni tanib olish uchun noyob mikrosxemalar kirib kelmoqda. Bular asosan Amerikanin

26 Aug 12:29
 
51
0
xs.uz

Immunitetni infeksiyalarga qarshi qanday mustahkamlash kerak?

Immunitet ' inson organizmini zararli infeksiya va kasalliklardan himoya qiluvchi tizim. Shu bois uning mustahkam boʻlishi, virus va bakteriyalarga qarshi samarali kurashishi uchun bir qancha tavsiyalarga amal qilish lozim.1. Mukammal va muvozanatli ovqatlanish.Immunitet tizimining samarali ishlashi uchun turli vitamin va minerallarga boy oziq-ovqatlarni isteʼmol qilish zarur. Xususan, C vitamini (sitrus mevalar, qizil va yashil bulgʻori qalampiri, qovun, brokkoli), D vitamini ( sut mahsulotl

24 Aug 17:27
 
33
0
xs.uz

Obamalar oilasi AQSH prezidentlik saylovida kimga ovoz berish kerakligini aytishdi

AQSHning sobiq prezidenti Barak Obama va sobiq birinchi xonim Mishel Obama Demokratik partiyaning Chikagodagi milliy qurultoyida kutilmaganda chiqish qilib, vitse-prezident Kamala Xarrisni qattiq qoʻllab-quvvatladi. Bu haqda 'France 24' nashri xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, Barak Obama Xarrisni 'xalqini koʻrib, eshitadigan' va har kuni Amerika xalqi uchun kurashishga tayyor odam sifatida maqtadi. U Xarrisga 'ha, u qila oladi' degan sobiq prezident.Mishel Obama ham bu fikrni takrorlab, Xarri

26 Aug 12:29
 
46
0
xs.uz

Telegram Durov hibsga olinganidan keyin ilk rasmiy bayonotni eʼlon qildi

Telegram jamoasi ijtimoiy tarmoq asoschisi va bosh direktori Pavel Durovning hibsga olinishiga birinchi marta rasmiy bayonotini eʼlon qildi.'Biz bu vaziyatning tezroq yechim topishini kutmoqdamiz. Telegram siz bilan', deyiladi bayonotda.