calendar 10 Jan 16:55
eye 69
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Blinken Yaqin Sharq davlatlarining G‘azoga sarmoya kiritishi shartini aytdi 

image

Yaqin Sharq davlatlari, agar Falastin-Isroil mojarosi ikki davlatning yonma-yon yashashi tamoyili asosida hal etilsa, G‘azo sektorini qayta qurish va rivojlantirishga sarmoya kiritishga tayyor. Bu haqda AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken kecha, 9 yanvar kuni Tel-Avivdagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Bu safar men juda aniq eshitgan narsalardan biri shundaki, mintaqadagi ko‘plab davlatlar G‘azodagi mojaro tugaganidan keyin turli yo‘llar bilan G‘azoga sarmoya kiritishga tayyor. Ammo buning uchun ular falastinliklarning siyosiy huquqlari tiklanishiga va Falastin davlatining yaratilishiga ishonishi kerak”, deydi Amerika diplomatiyasi rahbari.

Blinken Yaqin Sharqning ko‘plab davlatlari Isroil bilan hamkorlikda mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlamoqchi ekanini ta’kidladi. 

Ma’lumot uchun, Blinken G‘azoda urush boshlangandan beri mintaqaga qilgan to‘rtinchi safari davomida Turkiya, Gretsiya, Iordaniya, Qatar, BAA va Saudiya Arabistonida bo‘lgandi. Bundan tashqari, Blinken G‘arbiy Sohilga ham borishi rejalashtirilgan. Uning Yaqin Sharqqa safari esa Misrga tashrif bilan yakunlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Blinken Isroilga safari avvalida Tashqi ishlar vaziri Israel Kats va Prezident Isxak Gersog bilan gaplashgandi. Blinken Isroil TIV rahbari bilan uchrashuvda G‘azodagi urushdan keyin yahudiy davlati Yaqin Sharq mintaqasi mamlakatlari bilan munosabatlarini yaxshilashi mumkinligini aytdi. Isroil Prezidenti esa Blinkenga Janubiy Afrikaning Isroilni “Genotsid jinoyatining oldini olish va jazolash to‘g‘risidagi konvensiya"ni buzganlikda ayblab, Gaagadagi Xalqaro Sudga bergan da’vosini "dahshatli va kulgili" deb bilishini aytdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

10 Oct 17:44
 
27
0
xs.uz

Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindori eʼlon qilindi

Stokgolmda Shvetsiya qirollik fanlar akademiyasining Nobel qoʻmitasi adabiyot boʻyicha laureatlarni'eʼlon qildi. Unga koʻra, Janubiy Koreyalik yozuvchi Xan Gang 2024-yilgi adabiyot boʻyicha Nobel mukofotiga loyiq koʻrildi.Maʼlum boʻlishicha, mukofot unga tarixiy jarohatlarga qarshi kurashadigan va inson hayotining moʻrtligini ochib beradigan taʼsirli sheʼriy nasri uchun berilgan. Yozuvchi 2016-yilda 'Vegetarian' romani uchun Xalqaro Buker mukofotini qoʻlga kiritgan edi.Endi ertaga, 1

09 Oct 12:40
 
19
0
xs.uz

Yevropa Ittifoqi Ukrainani qulay shartlar asosida tinchlikka tayyorlaydi — Yevrokomissiya vitse-prezidenti

Yevropa Ittifoqi (YI) Ukrainaning Kiyevga tinchlikni qulay shartlarda muhokama qilish imkonini beradigan holatda boʻlishini taʼminlashi kerak. Bu haqda YI davlatlarining boʻlajak sammitiga tayyorgarlik haqida gapirar ekan, Yevrokomissiya vitse-prezidenti Marosh Shefchovich maʼlum qildi.'Bizning maqsadimiz Ukrainaning tinchlikni qulay shartlarda muhokama qilish va YIga toʻlaqonli aʼzo boʻlish yoʻlini tayyorlash imkonini beradigan holatda boʻlishini taʼminlash boʻlishi kerak', dedi Shef

09 Oct 16:37
 
22
0
xs.uz

Netanyahu Livanni Gʻazo kabi halokatga uchratishdan ogohlantirdi

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu Livan Gʻazo kabi halokatga uchrashi mumkinligidan ogohlantirdi va oʻldirilgan 'Hizbulloh' yetakchisi Hasan Nasrullohning oʻrnini egallagan shaxs yoʻq qilinganini tasdiqladi.Uning bu soʻzlari seshanba kuni Livan fuqarolariga yoʻllangan videomurojaatda paydo boʻldi hamda 'Hizbulloh' oldingidan ham zaiflashganini taʼkidladi. 'Hizbulloh' tomoni Netanyahuning soʻnggi soʻzlariga hali hech qanday izoh bermadi.'Sizda Livanni Gʻazoda koʻrib turganimizdek

09 Oct 12:40
 
23
0
xs.uz

Isroil “Hizbulloh”ning yana bir yetakchisini yoʻq qilganini maʼlum qildi

Isroil mudofaa kuchlari 'Hizbulloh' harakatining Bayrutdagi shtab-kvartirasi qoʻmondonlaridan biri yoʻq qilinganini maʼlum qildi.Manbaga koʻra, 'Hizbulloh' shtab-kvartirasi qoʻmondoni Suhayl Husayn Husayniy havo kuchlari tomonidan berilgan aniq zarbada halok boʻlgan. U Erondan logistika va qurol-yarogʻ yetkazib berish hamda harakat boʻlinmalari oʻrtasida qurol taqsimoti uchun masʼul boʻlgan.Avvalroq, Isroil Bayrutdagi 'Hizbulloh' razvedka boshqarmasiga tegishli nishonlarga zarba berga