Prezident savdo va xizmatlarni rivojlantirish, turizm va madaniyat maskanlarini barpo etishga oid taqdimot bilan tanishdi
Taqdimotda shunga muvofiq tayyorlangan loyihalar koʻrib chiqildi.
Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz, Toshkent viloyatining Parkent tumani togʻlari juda xushmanzara. Ayniqsa, bahor-yoz mavsumida sayyohlar bilan gavjum. Bu boradagi sharoitlarni kengaytirish maqsadida Shahrisabzdagi Miraki, Parkentning Nurobod va Kumushkon hududlarida zamonaviy dam olish maskanlarini barpo etish koʻzda tutilgan.
Shuningdek, Qashqadaryodagi Maydanak togʻ maskanida yengil konstruksiyali xostellar qurish, mavjud binolarni savdo va xizmatlarga qayta ixtisoslashtirish, hududni obodonlashtirish moʻljallangan.
Turistlar boradigan joylardan biri bu ' bozor. Lekin bugungi kunda ayrim bozorlarimiz turistlar uchun jozibador emas, ularda milliy kolorit yetishmaydi.
Shu bois davlatimiz rahbari milliy madaniyatimizni aks ettirgan bozor majmualari loyihasini ishlab chiqish vazifasini qoʻygan edi. Taqdimotda tarixiy shaharlarimizdagi bozorlarni turistlar uchun jozibador maskanlarga aylantirish boʻyicha dastlabki loyihalar namoyish qilindi.
' Bozorlarimizning oʻziga xos jihatlarini saqlab qolgan holda ularni yurtimizning 'tashrif qogʻozi'ga aylantirish kerak. Oziq-ovqat, kiyim-kechak, zargarlik doʻkonlari, oshxonalar, koʻngilochar maskanlar hamohang boʻlishi, xaridorlar va turistlarni oʻziga jalb qilishi zarur, ' dedi Shavkat Mirziyoyev.
Bu borada Turkiya va arab mamlakatlari tajribasini oʻrganish, loyihalashtirishga xorijiy mutaxassislarni taklif etish muhimligi aytib oʻtildi.
Taqdimotda Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi turizm markazlarida qurilishi rejalashtirilayotgan bozorlar haqida ham axborot berildi. Davlatimiz rahbari ularda ham hududiy koloritni aks ettirish, turistlar uchun kengroq sharoit yaratish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.
Prezidentimiz Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining majlisida Toshkent davlat sirki faoliyatini yaxshilash masalasiga toʻxtalib oʻtgan edi. Bugungi taqdimotda ushbu madaniyat dargohini taʼmirlash, soha uchun kadrlar tayyorlashda taʼlim va amaliyotni uygʻunlashtirish maqsadida 300 oʻrinli oʻquv binosini barpo etish rejalari muhokama qilindi.
Davlatimiz rahbari loyihalarni takomillashtirish va sifatli qurish yuzasidan qoʻshimcha koʻrsatmalar berdi.
Ish haqi, eng kam ish haqi va BHM oshiriladi. 1-oktyabrdan Oʻzbekiston qonunchiligida yana nimalar oʻzgaradi?
Quyida joriy yilning 1-oktyabr kunidan Oʻzbekiston qonunchiligida qanday oʻzgarishlar kuchga kirishi haqida axborotga ega boʻlishingiz mumkin. Mazkur sharhini Norma.uz portali taqdim etdi.Ish haqi, eng kam ish haqi va BHM oshiriladiByudjet tashkilotlarida ishlaydigan tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha, umumtaʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari va tashkilotlari, 'Muruvvat' internat uylari, Bolalar uylari va 'Mehribonlik' uylari, bolalar sanatoriy
“Avitsenna” nomli milliy brend yaratiladi. U qaysi sohani qamrab oladi?
Shavkat Mirziyoyevning 'Oʻzbekiston Respublikasida tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi Qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Xabar qilinishicha, qarorga muvofiq, 'Tibbiy xizmatlar mehmondoʻstligi' ('Medical service hospitality') dasturi amalga oshiriladi. Shuningdek, bu orqali 'Avitsenna' nomi ostida Oʻzbekistonning tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmi brendi ishlab chiqiladiBundan ta
Rahbar kadrlarni baholash markazi tashkil etiladi
'Rahbar kadrlarni baholash markazini tashkil etish toʻgʻrisida'gi Hukumat Qarori qabul qilindi. Qarorga koʻra, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi muassisligida Rahbar kadrlarni baholash markazi tashkil etiladi. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi: ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar asosida davlat fuqarolik xizmatchilari uchun bazaviy, alohida lavozim yoki lavozimlar guruhi uchun kompetensiyalar modeli hamda indikatorlarini ishlab chiqish; davlat fuqarolik
Oʻzbekistonda 5 ta yangi tashkil etilgan OTM oʻz faoliyatini boshlaydi
Oʻzbekiston davlat oliy taʼlim muassasalarida 2024/2025 oʻquv yilida jami 1 million 167 ming nafardan ortiq talaba tahsil olishi kutilmoqda. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova maʼlum qildi.Uning bildirishicha, oliy taʼlim sohasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasini oshirish maqsadida amalga oshirilgan ishlar natijasida hozirgi kunda respublikada oliy taʼlim muassasalari soni