“Oʻzgidromet” 9-oktyabr kuni qanday ob-havo kutilayotganini maʼlum qildi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Ustyurtda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 24-29 daraja boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 24-29 daraja boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 23-28 daraja boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 25-30 daraja boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 22-27 daraja boʻladi.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarda havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 13-18 daraja boʻladi.
Bolalarga nisbatan oilaviy zoʻravonlik sodir etganlik uchun javobgarlik belgilandi
Qonunga koʻra, Jinoyat kodeksiga va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga bolalarga nisbatan oilaviy zoʻravonlik sodir etganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.Shuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksiga oilaviy (maishiy) zoʻravonlik bilan bogʻliq ishlar yuzasidan yarashuv toʻgʻrisidagi ariza faqat sud muhokamasi bosqichida berilishi mumkinligi belgilanmoqda.Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekistonda Marburg virusi xavfi sabab nazorat kuchaytirildi
Oʻzbekistonda marburg virusi isitmasini oldini olish va uning ehtiyot choralari kuchaytirilmoqda. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati'xabar berdi.Bildirilishicha, Oʻzbekistonda bu kasallik boʻyicha 'jiddiy xavotirga oʻrin yoʻq'. Shunday boʻlsa ham davlat chegarasini kesib oʻtish joylarida faoliyat yuritayotgan sanitariya nazorat punktlarining (SNP) hushyorligi oshirilgan.Xususan, marburg isitmasi bilan kasallanishni oldini olish maqsadida:Maʼlumot
Shavkat Mirziyoyev: Suv xoʻjaligi sohasida keskin oʻzgarish qilishning birdan-bir yoʻli – raqamlashtirish
Nasos stansiyalariga 1,7 mingta 'onlayn' nazorat qurilmasi va 12 mingta 'aqlli suv' qurilmasi olib kelingan. Lekin ulardan olinadigan maʼlumotlarni jamlab, tahlil qiladigan axborot tizimi yoʻq.Shu bois, Suv xoʻjaligi vazirligi huzurida Suv xoʻjaligini raqamlashtirish markazi tashkil etiladi. Ushbu markaz suv isteʼmoli va uni hisobini yuritishning yagona axborot tizimini ishga tushiradi.Hozirda suv soligʻidan tushumning 40 foizi tuman suvchilarida qolmoqda. Lekin, 27 ta tumanda undirilgan s
Ayrim texnik vositalar soliq va bojdan ozod qilinadi
Qonun bilan Soliq kodeksiga maxsus vakolatli davlat organi tomonidan olinadigan tezkor qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalarining respublika hududiga olib kirilishini soliq solishdan ozod qilishni nazarda tutuvchi qoʻshimchalar, shuningdek, mazkur texnik vositalar aksiz soligʻi solinadigan obyekt hisoblanmasligiga doir qoʻshimcha kiritilmoqda.Bojxona kodeksiga yuqorida koʻrsatilgan texnik vositalarni boj toʻlashdan ozod qilish tarzida tarif imtiyozlari berilishini nazarda tutuvchi qoʻ