calendar 09 Jan 12:35
eye 70
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Madam 49.3” Fransiya hukumatini tark etdi

image

Kecha, 8 yanvar kuni kechqurun Fransiya Bosh vaziri Elizabet Born Yelisey saroyiga borib, Prezident Emmanuel Makron bilan ko‘rishdi. U saroyni sobiq hukumat rahbari sifatida tark etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Elizabet Born Emmanuel Makronga xayrlashuv sovg‘asi – hukumatdan iste’foga chiqish xatini olib borgan. Prezident esa uni chuqur minnatdorlik bilan qabul qilgan. 

“El-yurt farovonligi yo‘lidagi xizmatingiz biz uchun ibrat bo‘ldi”, deb yozgan Makron X dagi sahifasida. 

Yelisey saroyining aniqlik kiritishicha, Born Vazirlar mahkamasining boshqa a’zolari bilan birga yangi hukumat tuzilmaguncha o‘z faoliyatini davom ettiradi. Biroq uning o‘rnini kim egallashi hozircha noma’lum.

BFMTV telekanali Bornning eng ehtimoliy vorisi sifatida 34 yoshli Ta’lim vaziri Gabriel Attalni ko‘rmoqda. Amaldagi Mudofaa vaziri Sebastyan Lekornyu yoki Milliy Assambleyaning sobiq raisi Rishar Ferran nomzodlari ham yo‘q emas. Shuningdek, Iqtisodiyot vaziri Bruno Lyo Mer ham, so‘nggi bir yil ichida juda faol bo‘lgan Ichki ishlar vaziri Jerald Darmanin ham ambitsiyalarga ega.

Ma’lumot uchun, Elizabet Born Vazirlar mahkamasiga bir yil, yetti oy va 23 kun rahbarlik qildi. Hukumatdagi vazifasi bilan bir qatorda, u parlamentdagi faoliyati davomida Prezidentga sodiqligini isbotlab, vaqti-vaqti bilan muxolifat deputatlari bilan "qaqshatqich jang"ga kirishib ketdi. 

Born xonim Fransiya konstitutsiyasining 49.3-moddasida ko‘rsatilgan maxsus vakolatlaridan foydalanib, taxminan 23 marta parlamentda qabul qilinmagan qonun loyihalarini amalga oshirgani tufayli "Madam 49.3" laqabini olgan.

U bu vakolatni mehnat qonuni, pensiya islohoti, sog‘liqni saqlash byudjeti va ko‘plab hukumat takliflari bilan bog‘liq vaziyatlarda ishlatdi. Ayniqsa uning o‘tgan yili pensiya yoshini 64 ga oshirish uchun ijro hokimiyatidan foydalanish to‘g‘risidagi qarori bir necha hafta davom etgan zo‘ravonlik namoyishlariga turtki bo‘ldi.

2024 yilning yanvariga kelib, Born xonim hokimiyatdagi eng nomaqbul siyosatchiga aylandi. “Elabe”  so‘roviga ko‘ra, fransuzlarning atigi 23 foizi unga ishonadi. “Le Figaro” gazetasida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, fransuzlarning 66 foizi uning ketishini kutgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Aug 17:27
 
26
0
xs.uz

Kurskdagi Rossiyaning muvaffaqiyatsizliklarda asosiy aybdor kim?

Rossiyaning yuqori martabali generali, general-polkovnik Aleksandr Lapin Rossiyaning Kurskdagi muvaffaqiyatsizligiga asosiy aybdor sifatida koʻrilmoqda. Bu haqda 'Newsweek' nashri xabar bergan.Maʼlum boʻlishicha, Lapin avval ham urush harakatlariga munosabati uchun tanqidga uchragan edi. Hozirda esa rus harbiylari orasida general-polkovnik Aleksandr Lapinning kelajakdagi taqdiri muhokamalar markazida boʻlib turibdi.Qayd etish kerakki, 2022-yilgi 'Liman chekinishi'dagi roli uchun tanqid qilin

09 Oct 12:40
 
23
0
xs.uz

Yevropa Ittifoqi Ukrainani qulay shartlar asosida tinchlikka tayyorlaydi — Yevrokomissiya vitse-prezidenti

Yevropa Ittifoqi (YI) Ukrainaning Kiyevga tinchlikni qulay shartlarda muhokama qilish imkonini beradigan holatda boʻlishini taʼminlashi kerak. Bu haqda YI davlatlarining boʻlajak sammitiga tayyorgarlik haqida gapirar ekan, Yevrokomissiya vitse-prezidenti Marosh Shefchovich maʼlum qildi.'Bizning maqsadimiz Ukrainaning tinchlikni qulay shartlarda muhokama qilish va YIga toʻlaqonli aʼzo boʻlish yoʻlini tayyorlash imkonini beradigan holatda boʻlishini taʼminlash boʻlishi kerak', dedi Shef

09 Oct 12:40
 
16
0
xs.uz

Gʻazodagi inqirozning bir yilligi va Isroil — Livanning oʻzaro toʻqnashuvi

Dushanba kuni ertalab 'Hizbulloh' raketalari Isroilning uchinchi yirik shahri Hayfaga zarba berdi. Bu Gʻazo urushining bir yilligi kuni va Isroil Livan janubiga quruqlikdan bostirib kirishini kengaytirishga tayyorlanayotgan pallaga toʻgʻri keldi.Bundan oldin Gʻazoda Isroilga qarshi kurashayotgan HAMASning ittifoqchisi, Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlangan 'Hizbulloh' 'Fadi 1' raketalari bilan Hayfa janubidagi harbiy bazani nishonga olganini va 65 km uzoqlikdagi Tiberiyaga yana hujum uyushtir

08 Sep 16:45
 
33
0
xs.uz

Xitoy Rossiyadagi aktivlarini kamaytirmoqda. Bu nimadan dalolat?

Xitoy davlat banklari Rossiyadagi aktivlarini kamaytirmoqda. Xabarlarga koʻra, bunda Moskvaga qarshi sanksiyalar ikki davlat oʻrtasidagi savdoni murakkablashtirgani sabab boʻlgan. 'Newsweek' vaziyat jiddiylashayotgani haqida yozgan.Maʼlum boʻlishicha, 2024-yilning ikkinchi choragida Xitoy davlat banki Rossiyadagi aktivlarini 37 foizga, Xitoy sanoat va tijorat banki esa 27 foizga qisqartirdi. Ushbu harakatlar xalqaro sanksiyalar tufayli toʻlovlar bilan bogʻliq ortib borayotgan qiyinchilikl