calendar 08 Jan 18:56
eye 94
comments 0
comments Manba: xs.uz

Sifatli va yuqori daromadli ish oʻrinlari hisobiga joriy yilda 5 million aholining bandligini taʼminlash maqsad qilingan

image
Rasmiy statistikaga koʻra, yurtimizda ishsizlar soni 1 million 300 ming nafarni tashkil qiladi. Bu yil yana 2 million 400 ming aholi mehnat bozoriga kirib keladi.

Shularni inobatga olib, sifatli va yuqori daromadli ish oʻrinlari hisobiga joriy yilda 5 million aholining bandligini taʼminlash maqsad qilingan. Jumladan, xizmatlar sohasida 2,5 million, qishloq xoʻjaligida 2,1 million, investitsiya loyihalari va sanoatda 250 ming, qurilishda 140 ming ish joyi yaratish imkoniyati bor.

Bundan tashqari, zamonaviy moliyaviy instrumentlar, jumladan, mikromoliyalashning yangi tizimini keng joriy qilish orqali 2 million aholini biznesga jalb qilish koʻzda tutilmoqda.

Taqdimotda mutasaddilar 2024-yilda yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligiga koʻmaklashish dasturi boʻyicha axborot berdi.

Davlatimiz rahbari bu dasturni maʼqullab, uni amalga oshirish yuzasidan qoʻshimcha koʻrsatmalar berdi.

Soʻnggi yillarda 2 million 400 ming aholi oʻzini oʻzi band qilgani taʼkidlanib, endi ularning faoliyatini kengaytirish, bosqichma-bosqich kichik biznesga oʻtkazish va bozor topishiga koʻmaklashish muhimligi aytildi. 'Mening biznesim' platformasi, 'Biznesga birinchi qadam' bank kartalari joriy etilishi buning uchun qulaylik yaratadi.

Iqtisodiy aylanmaga kiritilmagan yerlarni infratuzilmaga ulash, loyihalarni ishga tushirish uchun tashabbuskorlarni qoʻllab-quvvatlash zarurligi qayd etildi. 'Agregator' tizimi asosida '100 ming eksportchi dehqon' dasturi joriy qilinib, bu yil 15 ming gektar yer maydonlari auksionga chiqarilishi belgilandi.

Mehnat stajiga ega boʻlmagan shaxslarni kasb-hunarga oʻqitish, ijtimoiy reyestrdagi fuqarolarni ishga olgan korxonalarga soliq boʻyicha yengilliklar qoʻllash muhimligi ham aytib oʻtildi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yangi ish oʻrinlari yaratish boʻyicha qoʻshimcha zaxira va imkoniyatlarni aniqlash vazifasi qoʻyildi.

Taqdimotda tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda litsenziyalash tartibini soddalashtirishga oid takliflar ham koʻrib chiqildi.

Maʼlumki, bu yil yurtimizda 'Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili' deb eʼlon qilindi. Biznesni yuritish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsad qilingan.

Aytish joizki, shu paytgacha tadbirkorlardan mavjud maʼlumotlarni qoʻshimcha ravishda talab qilish holatlari bor edi. Joriy yildan boshlab 34 turdagi hisobotlar bekor qilinmoqda. Buning natijasida har yili 21 mingdan ortiq tadbirkorning 500 million soʻm xarajati tejaladi.

Oʻzi umuman, tadbirkorlar tomonidan taqdim etiladigan hisobotlarning yagona roʻyxati tasdiqlanmagan. Shu bois davlatimiz rahbari yagona hisobotlar tizimini joriy qilish boʻyicha topshiriq berdi.

Shuningdek, tadbirkorlarga majburiy talablarni qisqartirish maqsadida 16 ta litsenziya va ruxsatnomani bekor qilish lozimligi belgilandi.

Bu borada berilayotgan yengilliklarni tadbirkorlarga yetkazish, ularning takliflarini doimiy oʻrganib, statistik hisobotlarni yanada maqbullashtirib borish vazifasi qoʻyildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

10 Oct 11:25
 
26
0
xs.uz

Muzrabotlik oʻqituvchi 2 ming dollar maosh oladi

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'.'Taʼlim tizimidagi islohotlar samarasi mamlakat boʻylab boʻy koʻrsatmoqda. Buni Surxondaryo viloyatidagi umumtaʼlim maktablari faoliyatida ham koʻrish mumkin. Oʻqituvchilarning sifatli taʼlim berishi uchun barcha imkoniyat ishga solinmoqda. Elektron vositalardan tortib, yangi avlod darsliklarigacha olis va chekka hududlardagi maktablarga ham yetkazilgan. Yaratib berilayotgan bu kabi sharoitlar oʻqituvchilarning ham, oʻquvchilarning ham oʻrgatish va oʻrgani

09 Oct 17:33
 
19
0
xs.uz

Samarqandda “Damas” urib yuborgan piyoda vafot etdi

Samarqand viloyatida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida piyoda halok boʻlgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 5-oktyabr kuni tunda Narpay tumanida yuz bergan. 'Damas' mashinasi harakatlanib ketayotganda yoʻlning belgilanmagan joyidan yugurib chiqqan ayolni urib yuborgan.Oqibatda, ogʻir tan jarohatlari olgan ayol shifoxonada vafot etgan.'Yoʻl chetida 4-5 kishi janjallashib turgan ekan. Ularning yoniga borayotganimda b

10 Oct 10:49
 
20
0
xs.uz

Oʻzaro manfaatli hamkorlik

Gʻ.Otajonov/'Xalq soʻzi'. Fransiya taraqqiyot agentligining va Yevropa Investitsion Banki vakillari Qoraqalpogʻistonga tashrif buyurdi. Delegatsiya vakillari dastlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F.Ermanov qabulida boʻlib, 'Qoraqalpogʻiston Respublikasida 'Suyenli kanali tizimini rekonstruksiya qilish' loyihasi boʻyicha oʻzaro fikr almashishdi.Shuningdek, Fransiya taraqqiyot agentligining va Yevropa Investitsion Banki vakillari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv x

10 Oct 10:49
 
17
0
xs.uz

Oʻzaro manfaatli hamkorlik

Gʻ.Otajonov/'Xalq soʻzi'. Fransiya taraqqiyot agentligining va Yevropa Investitsion Banki vakillari Qoraqalpogʻistonga tashrif buyurdi. Delegatsiya vakillari dastlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F.Ermanov qabulida boʻlib, 'Qoraqalpogʻiston Respublikasida 'Suyenli kanali tizimini rekonstruksiya qilish' loyihasi boʻyicha oʻzaro fikr almashishdi.Shuningdek, Fransiya taraqqiyot agentligining va Yevropa Investitsion Banki vakillari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv x