calendar 08 Jan 17:11
eye 93
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Kirmondagi teraktga aloqador 23 nafar shaxs hibsga olindi

image

Eronning Kirmon viloyati prokurori Mehdi Baxshi general Qosim Sulaymoniy qabri yonidagi portlashlardan biroz oldin ISHIDning 23 nafar terrorchisi hibsga olingani va 16 ta qo‘lbola bomba musodara qilinganini ma’lum qildi. Uning so‘zlarini IRNA agentligi keltirdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, general Sulaymoniy o‘limining bir yilligi sharafiga o‘tkazilayotgan tadbir tashkilotchilari dafn marosimi vaqtida portlash tayyorlanayotganini bilgan.

"Ular misli ko‘rilmagan xavfsizlik choralarini ko‘rdi, bu qurbonlar sonini kamaytirishga yordam berdi", deydi prokuror.

Baxshining so‘zlariga ko‘ra, Kirmon viloyatida terakt uyushtirishga aloqador bo‘lgan 23 nafar xudkush-terrorchi qo‘lga olingan.

Shuningdek, prokuror viloyatda topilgan 16 ta bomba haqida ma’lum qilib, ularning har biri 3 yanvar kuni Qosim Sulaymoniy qabrida portlatilganidan kuchliroqdir.

Mehdi Baxshi mamlakat rasmiylari terrorchilik hujumiga tayyorgarlik ko‘rishda gumonlanganlarning qo‘lga olinish vaqti va portlovchi moslamalar topilganiga aniqlik kiritmagan.

Kirmon viloyati prokurorining bayonoti ijtimoiy tarmoqlarda Eron hukumati tanqidlari fonida yangragan. Foydalanuvchilar mamlakat rahbariyatini ommaviy tadbirlar xavfsizligini ta’minlamaganlikda ayblamoqda. Bunga javoban Eron Bosh prokurori fuqarolarni internetdagi “yolg‘on” postlari uchun jazolash bilan tahdid qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 3 yanvar kuni Eronning Kirmon shahrida Quds kuchlari qo‘mondoni Qosim Sulaymoniy o‘limining to‘rt yilligiga bag‘ishlangan marosim o‘tkazilayotgan qabriston yaqinida ikkita portlash sodir bo‘lgandi. Mahalliy matbuotda terakt qurbonlari 100 dan oshgani xabar qilingandi. Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi bu ko‘rsatkichni oldinroq ba’zi qurbonlar ikki martadan noto‘g‘ri hisoblangani bilan izohladi. Keyinchalik portlashlar sodir etgan ikki xudkush-terrorchidan biri Tojikiston fuqarosi bo‘lgani aniqlandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jun 10:46
 
40
0
xs.uz

“Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi

Ushbu hafta Hindistonda 'Boeing 787-8 Dreamliner' samolyoti Ahmadoboddan Londonga uchish uchun samoga koʻtarilgan, ammo 5 daqiqa oʻtib havo kemasi halokatga uchradi. Bortda 242 kishi bor edi.Dastlab dahshatli aviahalokatda qutqaruvchilar tiriklarni topishga umid qilishmagan. Shunga qaramasdan, 40 yoshli Vishvashkumar Ramesh bu fojiada tirik qolgan bortdagi yagona inson ekani maʼlum boʻldi.U akasi Ajaykumar Ramesh bilan uchayotgan edi. Ular bort oshxonasining qarama-qarshi tomonidagi favqulod

13 May 14:38
 
131
0
xs.uz

Makron va Mers poyezdda kokain isteʼmol qilganmidi?

Gap shundaki, fotosuratchilar siyosatchilarga yuzlanganda Makron stoldan gʻijimlangan qogʻozni, Mers esa tayoqcha oʻxshash jismni olib tashlagan.Internetda sharhlovchilar, bir qator blogerlar, shuningdek, Rossiya tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova sayohat paytida siyosatchilar kokain isteʼmol qilganini aytishdi. Bunga isbot tarzida Makron va Mersning harakatlarini keltirildi.Shu qatorda 'Liberation' gazetasi kokain haqida hech qanday gap-soʻz yoʻqligini yozib, yuqori

18 Jun 21:56
 
25
0
xs.uz

Tramp Eronga zarba berishni koʻrib chiqmoqda

AQSH Yaqin Sharqdagi harbiy harakatlarini kuchaytirishga kirishdi. 'Fox News' telekanali xabariga koʻra, Amerika qoʻshinlari mintaqaga qoʻshimcha qiruvchi samolyotlarni joʻnatmoqda hamda u yerdagi aviatsiya kuchlari dislokatsiyasini uzaytirmoqda.CNN manbalari maʼlum qilishicha, AQSH prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi ehtimoliy havo hujumi ssenariylarini koʻrib chiqmoqda. Shu doirada AQSH harbiylariga Isroilga yonilgʻi quyishda yordam berish haqida buyruq berish ehtimoli mavjud. Manbala

15 Jun 10:46
 
92
0
xs.uz

“...Huquqiy, siyosiy, harbiy yoki maʼnaviy nuqtayi nazardan oqlab boʻlmaydi”, “Ochiq-oydin tajovuz…”, “Nomaqbul voqea” — xalqaro hamjamiyat Isroilning hujumiga qanday munosabatda

Bugun, 13-iyun tonggida Isroil Eronga zarbalar berib, yadroviy inshootlar, raketa zavodlari va harbiy qoʻmondonlarni nishonga oldi. Eron ommaviy axborot vositalari va guvohlar portlashlar haqida xabar berishdi.Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu buni 'Isroil tarixida hal qiluvchi lahza' deb taʼriflar ekan, operatsiya 'qancha kerak boʻlsa, shuncha' davom etishi kutilayotgani, unda Eron yadroviy olimlarini ham nishonga olinganini aytdi.Oʻz navbatida, uzoq vaqtdan beri yadroviy faoliyati tinc