calendar 14 Dec 12:20
eye 513
comments 0
comments Manba: postda.uz

XOTIRA PSIXOLOGIYASI VA UNING KASBDA TUTGAN O‘RNI

image

Psixologiyada xotira – insonning bilish qobiliyatlari majmui, ya’ni, ma’lumotni yodlash, to‘plash va ko‘paytirish qobiliyatlari jamuljamidir. Bu shuni anglatadiki, har qanday ma’lumot dastlab miyada to‘planadi, keyin unda saqlanadi, bu esa uni yanada ko‘paytirishga imkon beradi. 

Hozirgi vaqtda xotirani rivojlantirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi, chunki telefon, kompyuter va planshet kabi gadjetlar shaxsning o‘rniga juda ko‘p funksio­nal vazifalarni bajarmoqda. Bu esa, o‘z o‘rnida, ayrim shaxslarda xotira bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Xotiraning qisqa muddatli va uzoq muddatli turlari mavjud. Qisqa muddatli xotira inson xotirasining bir turi bo‘lib, bunda ozgina ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin. Masalan, telefon raqamining 7 ta sondan iboratligiga sabab – qisqa muddatli xotira miqdori o‘rtacha 7+2 ta ma’lumotni saqlaydi. Uzoq muddatli xotiraning ma’lumot saqlash miqdori mavjud emas.

Ta’kidlash joizki, inson hayotining birinchi yillarida sodir bo‘lgan voqealarni eslab qolishining iloji yo‘q. Gap shundaki, miyaning xotira uchun mas’ul bo‘lgan sohalari hali to‘liq shakllanmagan, ya’ni, fiziologik jihatdan xotira chaqaloqlik va erta bolalik voqealarini saqlay olmaydi. 

E’tibor qilish lozim bo‘lgan yana bir jihat, inson xotirasi to‘liq tushunilmagan. Ammo uning mexanizmi qanday ishlashini ishonch bilan aytish mumkin: yodlash; saqlash; e’tirof etilgandan keyin ko‘paytirish; unutish.

Axborotni yodlashning ikki turi mavjud: ixtiyoriy va beixtiyor. Ixtiyoriy yodlash alohida ahamiyatga ega. Unga she’rlar, tarixiy sanalar, matematik formulalar kiradi. Bunday holda motivatsiyaning roli katta. 

Beixtiyor yodlashni oldindan aytib bo‘lmaydi. Misol uchun, shaxs ko‘rgan, eshitgan, tegingan narsalarini eslaydi. Ba’zi ma’lumotlar uzoq muddatli xotira bo‘limiga tushadi, boshqalari kerak bo‘lmagani uchun yo‘q qilinadi va shaxs undan foydalanmaydi. 

Xotirani mustahkamlashning bir necha usullari mavjud. Rasmlarni eslab qolish samarali mashqlardan biridir. Bunday mashqni o‘tkazish uchun biron bir qiziqarli rasmni tanlab olish kerak bo‘ladi. Xotirani kuchaytirish uchun eng yaxshi mashq – sanash. Bu ancha samarali usul bo‘lib, 1 dan 20 gacha yoki 20 dan 1 gacha bo‘lgan sonlarni parallel ravishda sanash kerak. Agar inson sonlarning boshqa tillardagi talaffuzini bilsa, parallel ravishda ona tili va boshqa tilda sonlarni sanash xotirani tiklashga tezroq yordam beradi.

Xotirani yaxshilash uchun foydali usullardan yana biri «chapaqay qo‘l» mashqini bajarishdir. Chapaqay insonlar uchun o‘ng qo‘lni, o‘naqaylar uchun esa chap qo‘lni ko‘proq ishlatish talab etiladi. Bunday mashq bilan miyaning ishlashi kuchayadi va xotira tiklanishi yaxshilanadi.

Har bir kasbda, xuddi shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatida xotiraning o‘rni alohida muhimdir. Shundan kelib chiqqan holda, quyida kasbga oid zarur ma’lumotlarni eslab qolish samaradorligini oshirish usullariga to‘xtalib o‘tamiz.

Yodlash. Katta hajmdagi, eslab qolish qiyin bo‘lgan ma’lumotlarni odam «ichida» yoki fikran takrorlashi orqali uning xotirada aniq saqlanib qolishiga erishish mumkin.

Anglash. Har qanday ma’lumot, agar u anglangan bo‘lsa, esda yaxshi saqlanib qoladi. Eslab qolinadigan ma’lumotdagi ma’noli aloqalarni aniqlashga «Nima uchun?» degan savolni qo‘yish yordam beradi.

Qonuniyatlarni izlash. Bu raqamli ma’lumotlarni, masalan, avtomashina va telefon raqamlarini eslab qolishni osonlashtiradi. Ushbu usul eslab qolinadigan ma’lumotda muayyan qonuniyatni – ma’noli, raqamli va boshqa qonuniyatlarni topishga asoslanadi.

Analogiya, o‘xshashliklardan foydalanish. Yangi ma’lumotni ma’lum ma’lumot bilan qiyoslash doimo uni eslab qolishni osonlashtiradi. Bunda obyekt nimaga o‘xshashini aniqlash lozim bo‘ladi.

Obrazli tasavvur. So‘zda ifodalangan ma’lumotni tasavvur qilish orqali eslab qolish ancha oson.

Xayolan gapirish. Qidirilayotgan shaxsning surati, mashinalarning raqamlarini eslab qolayotganda, fikran, ichki nutqida «gapirsa», shaxsning yuzidagi ayrim jihatlarni ta’kidlasa, xotirada mustahkamroq va aniqroq saqlanib qoladi.

Modellashtirish. Bunda mantiqiy aloqalar yordamida betartib faktlar yagona tizimga birlashtiriladi. Ana shu tizim eslab qolish uchun model bo‘lib xizmat qiladi. Taxminni ilgari surish orqali bo‘lgan voqea qayta gavdalantirilsa, modellashtirilsa, kerakli ma’lumotni yaxshi eslab qolishga yordam beradi.

Oqibatlarini tasavvur qilish orqali xotirani faollashtirish. Kerakli ma’lumot xotirada saqlab qolinmasa (yoki, aksincha, saqlab qolinsa) nima bo‘lishini tasavvur qilish ham yaxshi samara beradi.

Tartibga keltirish. Ilgari esda olib qolingan ma’lumotni endi esda olib qolish kerak bo‘lgan ma’lumot bilan bog‘lash ularning xotirada ishonch­liroq saqlanib qolishiga imkon beradi.

Unutish orqali eslab qolish. Nimanidir unutishni istasak, biz ana shu narsaga diqqatimizni jamlaymiz va natijada uni esda olib qolamiz. Xayolan yoqtirgan odamingizni dushmaningiz deb tasavvur qilishga harakat qilib ko‘ring... Tasavvur qildingizmi? Endi esa uni miyangizdan chiqarib tashlashga harakat qiling. Siz bu to‘g‘rida o‘ylamaslikka qan­chalik ko‘p harakat qilsangiz, u sizni shunchalik kuchliroq ta’qib etadi.

Vaziyatni jismonan tiklash. Go‘yoki «o‘sha joyning o‘zida bo‘lib qolish» va u yerdagi narsalarni, masalan, kerakli tartibda joylashtirish lozim. Ko‘rish tasavvurlariga tayanish zarur narsalarni eslashni osonlashtiradi.

Vaziyatni xayolan esga tushirish. Har doim ham o‘sha sharoitda jismonan bo‘lish, ahvolni jismonan esga tushirishning imkoni bo‘lmaydi. Ammo butun vaziyatni uning qismlari bo‘yicha xayolan tasavvur qilish, esga tushirish orqali ma’lumotni eslash mumkin.

Vaziyatlarni saralab tanlash.  U kim? Eslolmaysiz... Shunda u kishini qayerda ko‘rgan bo‘lishingiz mumkinligini tasavvur qiling: bo‘limda, uyingiz hovlisida, transportda va hokazo. Vaziyatlarni saralash chog‘ida sizni qiziqtirayotgan shaxs haqidagi ma’lumotlar ham chiqib keladi.

Voqealar ketma-ketligini xayolan esga tushirish (uzilgan zanjirni tiklash). Xotirada voqealarning butun ketma-ketligini tiklash zanjirdagi yo‘qolgan halqani topishga yordam beradi. Qidirilayotgan ma’lumot saqlanishi kerak bo‘lgan ma’lumotlarning xayoliy zanjiridagi barcha halqalarni ketma-ket tekshirib chiqing. Zanjirda kemtik topganingizda, undan sakrab o‘ting, oldinroqqa o‘ting, so‘ngra orqaga qayting. Agar halqa tiklanmasa, xotirangizni uzoq vaqt zo‘riqtirmang – buning yordam berishi dargumon.

Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, har bir shaxs, u qaysi kasb egasi bo‘lishidan qat’i nazar, ma’lum bir ma’lumot bilan o‘z xotirasini band qiladi. Bu ma’lumot qanchalik kerak yoki keraksizligini aniqlash esa o‘z qo‘lingizda.


Doniyor MIRZAXMЕDOV,

kapitan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
55
0
postda.uz

САХНА – ӨМИР АЙНАСЫ

Руӯхый-ағартыӯшылық сабағы(27-март Халық аралық театр күни)Teaтр бизиң эрамызға шекемги V әсирде Грецияда пайда болған. Оның сап тамаша түринде көриниси дәслеп әййемги Шығыста жүз берген. Ҳиндистан, Орайлық Азия, Қытай, Индонезия, Япония, Корея, Бирма, Вьетнамда театр тамаш

20 Mar 12:50
 
39
0
postda.uz

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR – HARBIY MAHORAT SOHIBI

Milliy davlatchiligimiz vujudga kelishi va taraqqiy topgan davrlarda harbiy sohada erishilgan yutuqlar shon-shuhratini tarixiy dalillar asosida zamondoshlar ongi, xotirasida mustahkamlash va imkon qadar keng ommaga, ayniqsa, yosh-avlodga yetkazish, ularning dunyoqarashlari, qalblarida milliy qadriyatlar ruhi, millat tamadduniga daxldorlik, ona Vatanga mehr va sadoqat, adolat tuyg‘usini har tomonlama kuchaytirish, buyuk sarkardalarimiz meros qilib qoldirgan boy jang san’ati sirlarini o‘rgan

13 May 14:39
 
127
0
xs.uz

Vatanga muhabbat izhori

Hazorispand boʻlsam sahrolaringda,Feruza tosh boʻlsam daryolaringda,Hayit oyi boʻlsam samolaringda,Mehr-u vafo ' koʻrar dunyolaringda,Seni yomon koʻzdan asramoq uchun!Ostonangda yotgan iting boʻloyin,Naslingni pok tutgan suting boʻloyin,Koʻzingdagi hurlik oʻting boʻloyin,Baland togʻlarda burguting boʻloyin,Seni gʻanim koʻzdan asramoq uchun!Soʻzim bor ' savashda qilich boʻloli,Shaxdim bor ' quvvati birinch boʻloli,Yaxshi-yomoningda ilinj boʻloli,Ipak jonim metindan sinch boʻlol

20 Mar 12:50
 
64
0
postda.uz

ҲАЯЛ ҚӘДИРИ ЖОҚАРЫ ТУТЫЛҒАН ЖУРТ

8 март – Халық аралық ҳаял-қызлар күни.Биз еркин ҳәм абат, демократиялық, дүньяға ашық мәмлекетти дүзиӯде пүткил халқымыз қатары ҳаял-қызларымыз да үлкен үлес қосып киятырғанлығын әлбетте, жоқары қәдирлеймиз. …Шаңарақ тиреги, жәмийет үстини болған аналарымыз, ҳаялларымы