Samarqand nafaqat O'zbekistonning, balki dunyo tamaddunining eng qadimgi markazlaridan biri bo'lib, jahon madaniyati va fani rivojiga katta hissa qo'shgan shaharlardan. Temuriylar yaratgan arxitektura yodgorliklari bugun dunyo hamjamiyatining eʻtirofiga sazovor bo'lmoqda.
Mustaqillik yillarida Samarqand shahridagi madaniy merosimiz, tarixiy arxitektura yodgorliklarini tiklash va qayta taʻmirlash, ayniqsa, eski shahar qismini qayta qurish, obodonlashtirish bo'yicha samarali ishlar amalga oshirildi. Bugun tarix va zamonaviylik uyg'unligi asosida qad rostlagan al-Moturidiy, qayta tiklanayotgan Imom al-Buxoriy majmualari shular jumlasidan.
Samarqandning tarixiy madaniyati ildizlari eramizdan avvalgi I ming yilliklarga borib taqaladi. Asrlar mobaynida 10-15 metrgacha ko'milib ketgan arxeologik qazilmalari bilan mashhur bo'lgan qadimiy Afrosiyob aholisi VI-VIII asrlarda hozirgi Samarqand shahri yaqinidagi tepaliklarda, taxminan 2 kvadrat kilometr maydonda yashagan. Samarqand shahrida qad rostlagan obida-yu inshootlar ko'rkamligi, mahobati hamda ulug'vorligi bilan o'z davrida nom qozongan. Bugun ham ushbu anʻana davom etmoqda. Meʻmorchilik namunalari devorlaridagi naqshlar, turli ko'rinishdagi geometrik shakllarning barchasi muayyan maʻno kasb etishi bilan ham o'ziga xos.
Qadimgi Afrosiyob tepaliklari bo'ylab Shohizinda meʻmorchilik ansamblining 11 ta maqbara hamda majmuasi joylashgan bo'lib, ular qandaydir reja asosida emas, o'z-o'zidan yuz yillar davomida barpo etilgan. Shohizinda ("Tirik shoh")ning shuhrati Afrosiyob gullab-yashnagan davrlarda shu darajada yuqori ediki, o'sha davrdagi islom peshvolari u bilan kurashishga hayiqishganligi manbaalarda keltirib o'tilgan. Uning shuhrati to'g'risida xalq orasida afsonalar mavjud. Ulardan biri Muhammad Qusam ibn Abbos payg'ambarimizning amakivachchasi ekanligi haqida.
Eski shaharga kirish darvozasi oldidagi maydonda joylashgan "Bibixonim" nomidagi go'zal masjid esa to'rtta inshootdan iborat bo'lib, bir-biri bilan aylanma gumbazli va uch qatorli tosh devorlar orqali bog'langan - kirish galeriyasi, asosiy masjid va ikkita kichik masjidlardir.
Samarqand – har bir obidasi, inshootida yillar, asrlarni mujassam etgan o'ziga xos tarix, afsonaviy shahar. Jahon tamadduniga beshik bo'lgan bu shaharning tarixiy ildizlari, rivoji hamda jahon taraqqiyotiga qo'shgan hissasi xususida nafaqat mamlakatimiz olimu fozillari, balki jahonning taniqli tadqiqotchilari ham izlanishlar olib borib, hali hanuz yangidan-yangi maʻlumotlar taqdim etishmoqda. Bir so'z bilan aytganda, ko'hna Samarqand necha asrlarki, insoniyatni lol qoldirishda davom etmoqda.
Farangiz JABBOROVA,
Registon ansambli gid-ekskursavodi.
NAHOTKI, TO‘G‘RI O‘G‘RIGA SHERIK BO‘LSA...
Ona tilim – jon-u dilimYaqinda Germaniyada yashayotgan qizinikida bir muddat mehmon bo‘lib kelgan akamizdan safar taassurotlarini so‘raganimizda shunday dedi:– Nemis o‘qituvchilari hayot tarzi haqida gapirar ekan, ular chetdan borib ishlayotganlarga: «Sizlar farzandlaringiz bilan uyda bemalol o‘z tilingizda gaplashavering, ammo nemis tilini bolangizga biz, o‘zimiz o‘rgatamiz», – der ekan. Avvaliga hayron bo‘ldik, deydi qizim. Keyin buning sababi nimada, deb so‘rabdi.«Siz
«ЖАСЫЛ» ЭКОНОМИКА –РАӮАЖЛАНЫӮ КЕПИЛИ
Руӯхый-ағартыӯшылық сабағыПүткил дүнья мәмлекетлери қатары, мәмлекетимиздиң де «жасыл» экономикаға өтиӯ мәселеси ең әҳмийетли турмыслық зәрүрлик болып тур. Көпшилик ӯатанласларымыз «жасыл» экономика дегенде тек ғана энергетика тараӯын реформалаӯдан ибарат деп есапла
YEGANDEK BO‘LDIM
«Yegandek bo‘ldim» nomli masjid haqida eshitganmisiz?!Istanbulning Fotih mintaqasida shu nomdagi masjid bor. Bu turkchada «Sanki yedim» bo‘ladi. Bu g‘aroyib nom ortida ajib bir hikoya bor. Hikoya zamirida esa ajoyib bir ibrat mujassam.Naql qilishlaricha, Fotih mintaqasida Xayriddin ismli bir kishi istiqomat qilar edi. U qachon bozorning oldidan o‘tayotib nafsi mevanimi, go‘shtnimi, halvonimi xohlab qolsa, «egandek bo‘ldim» deb shunga yetadigan pulni bir sandiqqa tashlab qo‘ya
“Har toshi tarixdir qardosh diyorning...”
Badiiyat olamiXabaringiz bor, koʻp yillardan beri 'www.xs.uz' saytimizda xalqning maʼnaviy-ruhiy ozuqasi sanalgan, inson qalbini poklash, tafakkur olamini yoritish, orzu-umidlari roʻyobi sari qanot qoqishdek vazifani zimmasiga olgan badiiy soʻz sanʼati sohiblarining bir-biridan goʻzal va mazmundor ijodiy asarlarini yoritib boramiz.Shu maʼnoda, bugun 'Badiiyat olami' ruknida joylanayotgan sheʼr-u hikoyalar koʻpchilikning qalbidan joy olib, maʼnaviy dunyosini yuksaltirishda kamarbasta bo