Fargʻona viloyatida xavfsizlik choralari koʻrilmagan 2 ta AGTKSh gaz taʼminotidan ajratildi


Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Fargʻona tumanida joylashgan “I.G.S.” MCHJ hamda Fargʻona shahridagi “F.C.B.” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalarida oʻrnatilgan texnologiya jarayonlarining va texnologik asbob-uskunalarining amaldagi meʼyor va qoidalarga muvofiqligi, tabiiy gazni qabul qilib olish, saqlash, tarqatilishi holatlari yuzasidan oʻrganish oʻtkazildi.
Xususan, oʻrganish jarayonida AGTKShlar faoliyatida aholi hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻilishi bilan bogʻliq boʻlgan qoʻpol qoidabuzarliklar aniqlandi.
Ushbu holat yuzasidan mutasaddilarga kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻrsatmalar berildi hamda mazkur AGTKShlar yuqoridagi kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar (10 kun muddatgacha) tabiiy gaz taʼminotidan ajratildi.
Bizning kuchimiz – birlik va ahillikda, qudratimiz – Vatanga mehr va sadoqatda, yutug‘imiz – o‘zimizga bo‘lgan yuksak ishonchimizda!
Bu yilgi Navro'z muqaddas Ramazon oyida, uning tabarruk fazilatlariga uyg'un holda o'tayotgani bayramga alohida ruh, o'zgacha fayz va quvonch bag'ishlamoqda. Qalblarimiz shodlikka to'lgan shunday barokatli kunlarda yurtimiz mo'min-musulmonlarini, butun islom ummatini Ramazoni sharif bilan yana bir bor qutlab, jamiki pok niyatlarimiz ijobat bo'lishini tilaymiz,'' dedi Shavkat Mirziyoyev.Davlatimiz rahbari xorijiy mamlakatlarda ona yurt mehri va sog'inchi bilan yashayotgan vatandoshlarimizni ham t
Prezident masʼullarga “Doʻstlik” postidagi tirbandlikni bartaraf etish vazifasini topshirdi
Andijonda oʻtayotgan yigʻilishda investitsiya va eksport masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.Oʻtgan uch yilda viloyat hokimi oʻrinbosarlari, tuman hokimlari xorijiy investorlar bilan 600 dan ziyod kelishuvga erishgani bilan, ularning atigi uchdan biri loyihaga aylangani tanqid qilindi.Oʻtgan yili kiritilgan investitsiyalarning yarmidan koʻpi Baliqchi, Buloqboshi, Andijon tumani va shahriga toʻgʻri keladi. Paxtaobod, Izboskan va Shahrixonda bu 50 million dollarni tashkil etgan, xolos.
Fargʻonadagi metan “zapravka”da “Matiz” portladi (+video)
Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻonadagi metan 'zapravka'da 'Matiz' portlagani haqidagi videotasvirlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumot berdi.Bildirilishicha, bugun, 15-aprel kuni soat 12:20 da Margʻilon shahar 'Sholdirama' MFY 'Alisher Navoiy' koʻchasida joylashgan avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasida 'Matiz' avtomobiliga oʻrnatilgan propan gaz balloni ichiga metan gazi toʻldirish paytida portlash sodir boʻlgan.FVV maʼlumotlariga
Sammit doirasida Qozogʻiston va Oʻzbekiston prezidentlari uchrashuv oʻtkazdi
O'zbekiston-Qozog'iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini ikki davlat rahbarlarining yaqinda Olmaota shahrida bo'lib o'tgan norasmiy uchrashuvida erishilgan kelishuvlarni hisobga olgan holda yanada rivojlantirish hamda mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.Ikki mamlakat hukumatlari tovar ayirboshlashni ko'paytirish, iqtisodiy loyihalar va gumanitar dasturlarni, shu jumladan hududlar darajasida ilgari surish bo'yicha muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar ko'rishi