Bizning kuchimiz – birlik va ahillikda, qudratimiz – Vatanga mehr va sadoqatda, yutug‘imiz – o‘zimizga bo‘lgan yuksak ishonchimizda!

Davlatimiz rahbari xorijiy mamlakatlarda ona yurt mehri va sog'inchi bilan yashayotgan vatandoshlarimizni ham tabriklab, samimiy tilaklarini izhor etdi.
Navro'z 3 ming yillik davlatchiligimiz tarixida o'zining beqiyos ma'naviy ahamiyati bilan hamisha alohida e'tibor topgan buyuk bayram ekani ta'kidlandi. Bu ayyomning betakror go'zalligi, insonparvarlik ruhi va teran falsafasi globallashuv davrida ham butun bashariyatni hayratga solayotgani uning azaliy mohiyati va hayotbaxsh kuchidan dalolat beradi.
Navro'zda mujassam bo'lgan bunyodkorlik ruhi Yangi O'zbekistonimizda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar va jadal o'zgarishlarning asl mazmuni va ezgu g'oyalariga hamohangdir. Mamlakatimizda inson qadrini ulug'lash, ijtimoiy adolat tamoyillarini mustahkamlash, aholi daromadlari va turmush darajasini yuksaltirish yo'lida qat'iy qadamlar qo'yilmoqda.
Yurtimizda ko'plab zamonaviy sanoat majmualari, infratuzilma va logistika tarmoqlari, yangi imorat va uy-joylar, bog'cha va maktablar, oliygohlar, shifoxonalar, madaniyat va sport maskanlari bunyod etilmoqda. Shahar va qishloqlarimiz, butun yurtimiz obod bo'lib bormoqda.
'Yashil makon' umummilliy loyihasi doirasida diyorimizda yangi ekologik muhit yaratilmoqda. 'Atrof-muhitni asrash va 'yashil' iqtisodiyot yili' davlat dasturi doirasida bu jarayon yanada keng ko'lam kasb etmoqda.
Prezidentimiz nutqida yoshlar siyosatiga ham to'xtalib, ular Yangi O'zbekistonning ilg'or va qudratli kuchiga aylanib borayotganini ta'kidladi. Ulkan natijalarga erishib, yurtimiz rivoji va obro'sini oshirayotgan aql-idrokli, bilim va malakali, serg'ayrat va ishbilarmon o'g'il-qizlarni sharafladi.
Aziz farzandlarim, sizlar Vatanimiz osmonida yorqin yulduzlar bo'lib porlaydigan vaqt keldi. Yurtimizdagi beqiyos imkoniyatlarni amaliy natijalarga aylantirish uchun tinimsiz harakat qiling! Hech qachon unutmangki, ortingizda salkam 38 millionlik buyuk xalq, Prezident turibdi,'' dedi Shavkat Mirziyoyev.
Navro'zning gashti, jozibasi, ayniqsa, mahallalarda o'tayotgan xalq sayillarida yaqqol seziladi. Milliy an'analarimiz o'chog'i bo'lgan mahalla tizimining hayotimizdagi o'rni va ta'siri tobora ortib bormoqda. Yoshlar tarbiyasi, osoyishtalikni ta'minlash, kambag'allikni qisqartirish, aholini tadbirkorlikka jalb etish, ijtimoiy himoya va xotin-qizlar faolligini kuchaytirish, ekologiya va obodlik kabi biri-biridan muhim vazifalar mahallaning o'zida hal etilmoqda.
Fursatdan foydalanib, davlatimiz rahbari 22-mart ' Mahalla tizimi xodimlari kuni bilan barcha mahalla faollarini samimiy tabrikladi.
Navro'z bag'rikenglik va ahillik ruhi bilan yurtimizdagi barcha millat va elat vakillari uchun sevimli, tom ma'noda umumxalq bayramiga aylangan. Shu ma'noda, Prezidentimiz butun xalqimizga murojaat qildi:
Bizning kuchimiz ' birlik va ahillikda, qudratimiz ' Vatanga mehr va sadoqatda, yutug'imiz ' o'zimizga bo'lgan yuksak ishonchimizda!
Umumbashariy mohiyati tufayli Navro'z Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan xalqaro bayram sifatida e'tirof etilgan. Bu qadriyat Sharqdagi ko'plab el-u elatlarni, jumladan, Markaziy Osiyo xalqlarini yanada jipslashtirmoqda. Shu oy oxirida qadimiy Xo'jand shahrida O'zbekiston, Tojikiston va Qirg'iziston yetakchilarining uch tomonlama uchrashuvi o'zaro ahillik yo'lida yana bir amaliy qadam bo'ladi.
Davlatimiz rahbari bayramda ishtirok etayotgan elchilar va xalqaro tashkilotlar vakillarini xalqaro Navro'z kuni bilan qutlab, ularning xalqlariga do'stlik salomini yo'lladi.
Bayram katta konsert dasturi bilan davom etdi. Unda yurtimiz san'atkorlaridan tashqari Turkiya, Turkmaniston, Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston kabi qardosh o'lkalarning taniqli xonandalari ham qatnashgani diqqatga sazavor bo'ldi.
'Yangi O'zbekiston' bog'i bayram shukuhiga burkangan. Maydonchalar alvon gullar va bayroqlar bilan bezatilgan. Milliy madaniyat markazlarining ko'rgazmalarida yurtimizdagi totuvlik va boy madaniy xilma-xillik namoyon.
Davlatimiz rahbari ushbu ko'rgazmalarni va folklor-etnografik jamoalarning kuy-qo'shiqlarini tomosha qildi.
Navro'z sayillari yurtimizning barcha go'shalarida davom etmoqda. Dehqonlar xalqimizning rizq-ro'zi umidida yerga baraka urug'lari ekmoqda. Mahallalarda obodonchilik, mehr-muruvvat tadbirlari o'tkazilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori mamlakat aholisiga murojaat bilan chiqdi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori mamlakat aholisiga murojaat bilan chiqib, jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish chora-tadbirlari kuchaytirilishini maʼlum qildi. Unda har bir mahalla va xonadonga tushib, huquqbuzarlik omillarini aniqlash va ularga qarshi profilaktik ishlarni kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratiladi.Murojaatda jinoyatga moyil shaxslar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri uchrashuvlar oʻtkazish va 'fuqarobay' ish tizimini joriy etish rejalashtir
Andijon rivojini yangi bosqichga ko‘tarish imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tildi
16-aprel kuni Buloqboshi tumanida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish chora-tadbirlari muhokamasi bo'yicha yig'ilish o'tkazildi.Andijonda yangi O'zbekiston shukuhi har bir tuman, har bir mahallaga kirib borayotgani qayd etildi. O'tgan yili viloyatda 4 mingdan ziyod yangi tadbirkor ish boshlagan. 450 ming aholi ishli bo'lgan.'Viloyatda 1,5 million kvadrat metr turar joy va 850 ming kvadrat metr noturar joylar qad ko'tardi. Buning hisobiga,
Oʻzbekiston va Afgʻoniston chegarasidagi qamishzorlar yoqib yuborilmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston va Afgʻoniston chegarasidagi hudud osmonini qora tutun qoplagani aks etgan videolar tarqaldi. Surxondaryo viloyati hokimligi mazkur holat yuzasidan'bayonot'bilan chiqdi.Qayd etilishicha, ayni kunlarda Oʻzbekiston va Afgʻoniston davlatlari chegarasidagi neytral hududda, Amudaryo ichkarisida joylashgan kichik orolchalarda qamishzorlarni rejali tartibda yoqish ishlari amalga oshirilmoqda.'Ushbu tadbir zararli hasharotlar koʻpayishi va yuqumli kasalliklar tarqal
Shu yilning oʻzida 400 ta madaniy meros obyekti tadbirkorlarga ijaraga beriladi
Toʻrt yilda madaniy meros obyektlarini restavratsiya va konservatsiya qilishga byudjetdan 385 milliard soʻm berildi. Shunga qaramasdan, hozirda yana 485 ta obyekt taʼmirtalab ahvolda. Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida'maʼlum qilindi.'Faqat byudjetga qarab qolmasdan, bu ishlarga xususiy sektorni keng jalb qilsa boʻladi-ku!' dedi Prezident.Ijaraga berish mumkin boʻlgan 2 mingta madaniy meros obyektidan atigi 325 tasi tadbirkorlarga berilgani tanqid qilindi