Oʻzbekiston va Belarus shifokorlari onkologiya yoʻnalishida hamkorlik qiladi


Avval xabar berganimizdek, shu kunlarda Sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi xizmat safari bilan Belarus Respublikasida boʻlib turibdi.
Tashrifning ikkinchi kuni Minsk shahrida joylashgan N.N.Aleksandrov nomidagi Respublika onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy markazi faoliyati bilan tanishuvdan boshlandi.
Taʼkidlash joiz, 64 yillik tarixga ega mazkur markazdagi ilmiy-tibbiy-oʻquv majmuada 10 ilmiy laboratoriya, 20 ta statsionar va 11 ta diagnostika boʻlimi mavjud.
Bugungi kunda ularda jami 1700 dan ziyod malakali xodimlar, shu jumladan, 25 nafardan ortiq tibbiyot va biologiya fanlari doktorlari hamda 12 nafar professor mehnat qilmoqda.
Eʼtiborlisi, bu yerda umumiy gipertremiya, fotodinamik terapiya kabi dunyoda muqobili boʻlmagan noyob davolash usullari qoʻllaniladi.
Markazda oʻrnatilgan zamonaviy diagnostika asob-uskunalari esa hatto eng ogʻir onkologik kasalliklarga ham tez va aniq tashxis qoʻyish imkonini bermoqda.
Sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov va markaz rahbariyati oʻrtasida oʻtgan muloqot davomida taʼkidlanganidek, yurtimizda oʻtkazilgan Oʻzbekiston-Belarus tibbiyot va taʼlim kunlari koʻplab yoʻnalishlar qatorida onkologiya sohasidagi oʻzaro hamkorlikni ham yanada mustahkamlashga turtki boʻldi.
Xususan, aksiya doirasida mamlakatimizga Belarusdan bir guruh yuqori malakali onkologlar tashrif buyurib, mahalliy shifokorlar bilan oʻzaro bilim va tajriba almashdi, hamkorlikda murakkab amaliyotlar bajardi.
Uchrashuvda onkologiya sohasida mutaxassislarni oʻqitish, ular uchun ushbu markazda stajirovka va malaka oshirish kurslarini tashkil etish, birgalikda onkologik kasalliklarni davolashning yangi usullarini joriy qilish kabi qator yoʻnalishlarda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, muzokaralar davomida ikki mamlakatning onkologik muassasalari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Oʻz navbatida, belaruslik mutaxassislar oʻzbekistonlik hamkasblaridan ayrim onkologik kasalliklarni robot texnologiyasi yordamida davolashni oʻrganishga qiziqish bildirdi.
FIFA prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yoʻlladi
Futbol assotsiatsiyalari xalqaro federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantino Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yoʻlladi.'Janobi Oliylari,Hurmatli Prezident!Kecha Oʻzbekiston oʻz tarixida ilk bor FIFA Jahon chempionatiga chiqib, Osiyoda birinchi boʻlib JCH-2026 yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan terma jamoalardan biriga aylandi.Butun futbol jamoatchiligi nomidan Sizni va butun Oʻzbekiston xalqini ushbu munosib va tarixiy natija bilan tabriklashga ijozat bergaysiz
Yuksak hamdoʻstlik ifodasi
Xivadagi Ichan Qalʼa davlat muzey-qoʻriqxonasi Koʻhna Ark tarixiy-meʼmoriy majmuasi yozgi kinoteatrida anʼanaviy Koreya kinofestivali boʻlib oʻtdi. Unda mahalliy aholi vakillari, yoshlar, viloyatdagi koreys milliy markazi faollari qatnashdi.Kinofestivalning tantanali ochilish marosimida Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Von Do Yon ishtirok etib, yigʻilganlarga samimiy va ezgu tilaklarini izhor qildi. U har ikki davlat oʻrtasida barcha sohalar, xususan
Navoiy viloyati: tarixiy evrilishlar ostonasida
Navoiy viloyati va shoir nomini olgan shaharni koʻpincha vohaga konchilik sanoatining kirib kelishi bilan bogʻlashadi. Biroq oʻlkaning qadim tarixi ' Uchtutdagi yer osti Chaqmoqtosh koni, Sarmish va Sentobsoydagi qoyatoshga oʻyilgan suratlar, Karmana, Nurota va Xatirchidagi osoriatiqalar ushbu voha hududida yashagan ajdodlarimiz oʻz turmush tarzi, eʼtiqodi, madaniyat va maʼnaviyati bilan kishilik jamiyati tamal toshining qoʻyilishiga ham munosib hissa qoʻshganligidan dalolat beradi.Mozi
Qasim-Jomart Toqayevdan Rejep Tayyip Erdogʻangacha: Xorijiy hamkorlardan Qurbon hayiti munosabati bilan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga samimiy qutlovlar kelmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga maʼnaviy hayotimizda muhim oʻrin egallagan, azaldan xalqimizga xos boʻlgan mehr-oqibat, bagʻrikenglik va saxovat kabi olijanob fazilatlarni oʻzida mujassam etgan muqaddas Qurbon hayiti ' Iyd al-Adho munosabati bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar va mintaqaviy tuzilmalar rahbarlaridan tabrik maktublari kelib tushmoqda.Xorijiy hamkorlar oʻz qutlovlarida Oʻzbekistonning koʻp millatli xalqiga chuqu