calendar 28 Nov 10:27
eye 93
comments 0
comments Manba: xs

Toshkent aeroportida ijara uchun maydonlar kimoshdi savdosiga qoʻyildi

image

“Uzbekistan Airports” boshqaruv kompaniyasi “E-auksion” saytida Toshkent aeroportida maydonlar ijarasi uchun bir nechta lotlarni joylashtirdi. Xususan, kofe-korner uchun joy, SIM-kartalarni sotish nuqtasi, doʻkon, savdo avtomatlari, ayirboshlash shoxobchasi, bankomatlar va mobil qurilmalar uchun quvvatlantirish stansiyalari uchun lotlar joylashtirilgan.

Umumiy ovqatlanish nuqtasi — oʻtirish uchun joylarsiz kofe burchagini tashkil qilish uchun xalqaro aviaqatnovlarga roʻyxatdan oʻtkazish zonasida 14 kv.m maydon taklif etiladi. Maydon ijarasining yillik boshlangʻich qiymati 336 mln. soʻmni tashkil etadi. Shuningdek, xalqaro aviaqatnovlar terminalida ijaraning yillik boshlangʻich qiymati 16,8 mln. soʻm boʻlgan bankomatlarni joylashtirish uchun 2 kv.m. maydon va ayirboshlash shoxobchalarini joylashtirish uchun boshlangʻich yillik qiymati 37,8 mln. boʻlgan 7 kv.m. maydon ajratildi.

CIP uchib kelish zalida boshlangʻich qiymati yiliga 54 mln. soʻm boʻlgan mahalliy uyali aloqa operatorlarining SIM-kartalarini sotish uchun 3 kv.m. maydon va savdo avtomatlari joylashtirish uchun dastlabki yillik qiymati 36 mln. soʻm boʻlgan 2,5 kv.m. maydonlar ijaraga beriladi.

Mahalliy aviaqatnovlar terminalida ham gazaklar va alkogolsiz ichimliklar sotish imkoniyatiga ega nooziq-ovqat tovarlari doʻkonini joylashtirish uchun 34 kv.m. maydon kimoshdi savdosiga qoʻyildi. Lotning boshlangʻich bahosi — yiliga 204 mln. soʻmni tashkil etadi.

Shuningdek, mahalliy va xalqaro aviaqatnovlar terminallarida gadjetlar uchun quvvatlantirish stansiyalarini joylashtirish uchun maydonlar auksionga qoʻyilib, lotning dastlabki qiymati 3 kv.m. uchun yiliga 36 mln. soʻmni tashkil etadi.

Barcha lotlarda ishtirok etish istagini bildirgan kompaniyalar rioya qilishlari lozim boʻlgan batafsil texnik topshiriqlar mavjud. Har bir lot boʻyicha ijarachilarga qoʻyiladigan talablar va boshlangʻich narxlar E-auksion veb-saytiga joylashtirilgan. Shuningdek, saytda kim oshdi savdosi qoidalariga koʻra, auksion paytida kamida 10% ga oshishi mumkin boʻlgan boshlangʻich yillik summalar ham koʻrsatilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

01 Jun 03:47
 
122
0
xs.uz

“Gʻalaba bogʻi”da mudofaa innovatsion texnologiyalari festivali oʻtkazildi—Fotoreportaj

'Gʻalaba bogʻi' yodgorlik majmuasi hududida mudofaa sohasidagi innovatsion texnologiyalar festivali tashkil etildi.Festival doirasida mudofaa sanoatiga oid zamonaviy qurol-yarogʻ va harbiy texnikalar, robototexnikalar, kimyo-texnologiyalari, kon-metallurgiya sohasi hamda harbiy va ikki xil maqsadlarga moʻljallangan mahsulotlar koʻrgazmasi namoyish etildi.Bundan tashqari, dasturlash va robototexnikaga qiziqadigan yoshlarimiz uchun ushbu festival oʻz gʻoyalarini roʻyobga chiqarish hamda so

17 May 21:46
 
55
0
xs.uz

Yoshlarning “yashil” tashabbuslari butunjahon ekofaollari eʼtiborida

Rahmatjon BOBOJONOV/'Xalq soʻzi'. Ekologiya himoyasiga oid tashabbuslar, xususan, yoshlarning fikr va takliflarini qoʻllab-quvvatlash bugungi kunning ushbu yoʻnalishdagi bir qator muammolariga yechim topishda yaqindan koʻmaklashishi bilan alohida diqqatga sazovor. Boisi tabiatni muhofaza qilish inson salomatligi, ertangi kuni, sogʻlom kelajagi uchun bevosita taʼsir koʻrsatadi. Shu maʼnoda, mamlakatimizda 2025-yil ' Atrof-muhitni asrash va 'yashil' iqtisodiyot yili deya eʼlon qilingani b

31 May 08:49
 
49
0
xs.uz

Toshkent metropolitenining 2 ta bekati 3 oyga yopiladi

Qayd etilishicha, jahon tajribasidan kelib chiqqan holda, yangi qurilgan metro yoʻnalishlarida metro poyezdlar harakati va yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlash hamda sifatli xizmat koʻrsatish maqsadida, yer usti estakadalari va bekatlari maʼlum muddat foydalangandan soʻng, rejali profilaktik ishlar amalga oshiriladi.Shu munosabat bilan metropolitenning 'Texnopark ' Qipchoq' bekatlari oraligʻida bosqichma-bosqich 3 oy muddatga moʻljallangan rejali profilaktik ishlar amalga oshiriladi.Ani

13 May 14:37
 
52
0
xs.uz

Fargʻonada 27 500 quti noqonuniy tamaki mahsulotlari musodara qilindi

Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida 357 million soʻmlik tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi. Bu haqda viloyati Bojxona boshqarmasi axborot xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, viloyat Bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan. Tadbir davomida 'Fargʻona-Qoʻqon' yoʻnalishida harakatlanayotgan 'Lacetti' rusumli mashina kuzatuvga olinib, Qoʻqon shahrida joylashgan xonadonlarning biriga kirgan vaqtida ushl