calendar 28 Nov 10:22
eye 99
comments 0
comments Manba: xs

Oʻzbekiston va Germaniya qishloq xoʻjaligini rivojlantirish sohasida hamkorlikni jadallashtirish masalalarini muhokama qilmoqda

image

Oʻzbekiston elchisi Dilshod Axatov Germaniya Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi vazirligi parlament davlat kotibi Ofelia Nik bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Muloqot chogʻida qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash yoʻnalishida Germaniya bilan hamkorlikni kengaytirish hamda mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Nemis tomoniga soʻngi yillarda mamlakatimizda barcha sohalarda, ayniqsa qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, “Oʻzbekiston-2030” strategiyasi va undagi ustuvor vazifalar, jumladan “yashil” iqtisodiyotga oʻtish hamda tejamkor texnologiyalarni joriy etish yoʻnalishidagi rejalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etildi.

Davlat kotibi Germaniyada iqlim oʻzgarishi, suv tanqisligi oqibatida yuzaga kelgan muammolarga toʻxtalib, qishloq xoʻjaligi sohasida mahsulotlar ishlab chiqarishda yangi va tejamkor texnologiyalarni joriy qilish hamda innovatsion bilim va koʻnikmalar transferi masalalarida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishning muhimligini taʼkidladi. Shuningdek, u nemis tomoni ekologik talablarga javob beradigan sifatli qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish, yerni meliorativ holatini yaxshilash, eroziyaga qarshi kurashish yoʻnalishlarida tajriba almashishga tayyorligini bildirdi.

Suhbat chogʻida Orol dengizining qurishi jahon miqyosidagi muammo ekanligi taʼkidlandi va bu borada dengizning qurigan tubida  oʻrmonzorlar tashkil qilishda hamkorlikni kengaytirish va yangi loyihalar ishlab chiqish masalasida fikr almashildi.

Yuqorida qayd etilgan va boshqa yoʻnalishlarda aloqalarni jadallashtirish maqsadida GFR Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi vazirligi parlamentar davlat kotibi Ofelia Nik boshchiligidagi delegatsiyaning kelgusi yilda Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etish boʻyicha dastlabki kelishuvga erishildi. Tashrif doirasida ikki mamlakatning tegishli vazirliklari oʻrtasida ishchi guruhning 4-yigʻilishini oʻtkazish, Oʻzbekiston va Germaniya oziq-ovqat va agrar sohasidagi kompaniyalar ishtirokida biznes-forum tashkil etish, GFR hukumati koʻmagida Orol boʻyida qishloq xoʻjaligida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish hamda yangi loyihalar ishlab chiqish boʻyicha muzokaralar oʻtkazishga kelishib olindi.

Oʻz navbatida, Ofelia Nik yuqori darajadagi Oʻzbekiston delegatsiyasini kelgusi yil boshida Berlin shahrida boʻlib oʻtadigan “Yashil haftalik” xalqaro qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari koʻrgazmasida milliy stend bilan hamda mazkur tadbir doirasida 17-20-yanvar kunlari tashkil qilinadigan Global forumda ishtirok etishga taklif qildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Sep 16:44
 
37
0
xs.uz

Germaniyaning birinchi raqamli siyosiy arbobi Oʻzbekistonga keladi

Germaniya kansleri Olaf Shols 15html5-dom-document-internal-entity1-minus-end17-sentyabr kunlari Oʻzbekiston va Qozogʻistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Germaniya hukumatining rasmiy vakili Shteffen Xebeshtrayt maʼlum qildi.Qayd etish kerakki, Olaf Shols hukumatga kelgandan beri hali Markaziy Osiyoga tashrif buyurmagandi. Nemis hukumati tomoni kanstlerga mintaqa davlatlari bilan hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida 'katta biznes delegatsiyasi' hamrohlik qilishini ham bildirgan.Maʼlum boʻl

09 Oct 12:39
 
14
0
xs.uz

YXHT kuzatuvchilari – Fargʻona saylov komissiyasida

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Ayni kunlarda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT)ning uzoq muddatli kuzatuvchilari ' Benedikt Uilyams va Mixael Xausmann Fargʻona viloyatida saylovga tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanishmoqda.Fargʻona viloyati hududiy saylov komissiyasi raisi Erkinjon Nuraliyev bilan yuzma ' yuz muloqotda xorijlik kuzatuvchilar bir qator shahar ' tumanlarda boʻlib saylovchilar bilan suhbatlashgani hamda saylovga tayyorgarlik jarayonlari bilan bogʻliq

24 Aug 17:26
 
25
0
xs.uz

Qoraqalpogʻistondagi oʻtov Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi

Turizm qoʻmitasi xabariga koʻra, 'Oq qush' majmuasida barpo etilgan dunyodagi eng katta diametrli qoraqalpoq xalqining milliy qora uyi (oʻtov) Ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi. Mazkur oʻtovning diametri 40,5 metrdan iborat.22-avgust kuni ushbu majmuada Ginnes rekordlar kitobi sertifikatining tantanali topshirish marosimi oʻtkazildi.Tadbirda prezident maslahatchisi Tursinxon Xudaybergenov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi Amanbay Orinbayev, davlat idoralari rah

08 Sep 16:44
 
29
0
xs.uz

Kaxa Imnadze: Markaziy Osiyo – mamlakatlar va xalqlar oʻrtasida doʻstona va oʻzaro manfaatli munosabatlar oʻrnatishda dunyoning boshqa mintaqalari uchun namuna boʻlmoqda

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili, BMTning Markaziy Osiyo uchun Preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markazi rahbari Yangi Oʻzbekiston va Yangi Markaziy Osiyoning uygʻonish davri haqidaBugun Markaziy Osiyo mintaqasi sheriklik va oʻzaro manfaatli hamkorlikning keng hududiga aylanib bormoqda. Mintaqa davlatlari rahbarlarining siyosiy irodasi va birgalikdagi saʼy-harakatlari taraqqiyot va farovonlik yoʻlidagi tashabbuslarni birlashtiri