calendar 23 Nov 11:24
eye 72
comments 0
comments Manba: xs

Samarqand viloyatida 2 ta isteʼmolchi tizimga 2 mlrd. 721 mln. soʻmlik zarar yetkazilganligi aniqlandi

image

Energetika vazirligi huzuridagi «Oʻzenergoinspeksiya», huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda elektr va gaz taʼminoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda Samarqand viloyatida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida elektr energiyasi va gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Xususan:

Pastdargʻom tumanida joylashgan «U. M.» fermer xoʻjaligi elektr hisoblagich ulanish sxemasini buzganligi aniqlanib, dastlabki hisob-kitoblarga koʻra elektr taʼminot korxonasiga 1 mlrd. 824 mln. soʻm;

Pastdargʻom tumanida faoliyat koʻrsatayotgan “N.P.L.” oilaviy korxonasiga qarashli oshxona shartnomasiz va hisoblagichsiz gaz tarmogʻiga ulanganligi aniqlandi. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra tizimga 897,6 mln. soʻm zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:55
 
74
0
xs.uz

Tramp AQSH Taʼlim vazirligini yopishga qaratilgan farmonni imzolaydi

AQSH prezidenti Donald Tramp uzoq kutilgan ijro etuvchi farmonni imzolashi kutilmoqda. Ushbu farmon mamlakat Taʼlim vazirligini yopishga qaratilgan boʻlib, bu uning saylovoldi kampaniyasidagi asosiy vaʼdalaridan biri hisoblanadi. Farmon matni bilan tanishgan 'Reuters' agentligining xabar berishicha, ushbu qaror demokratlar tomonidan keskin norozilik bilan kutib olingan.Trampning farmoni hali imzolanmagan boʻlsada, bir guruh demokrat shtatlar bosh prokurorlari ushbu qarorni bekor qilish va Ta

16 Apr 09:12
 
48
0
xs.uz

Xitoy hukumati oʻz aviakompaniyalariga “Boeing” samolyotlaridan voz kechishni talab qildi

Xitoy hukumati oʻz aviakompaniyalaridan AQSHning 'Boeing Co.' korporatsiyasi samolyotlarini import qilishni, shuningdek, AQSH kompaniyalaridan samolyotlar uchun har qanday uskuna va ehtiyot qismlar xarid qilishni toʻxtatishni talab qildi. Bu haqda 'Bloomberg' oʻz manbalarga tayanib xabar tarqatdi.Qayd etilishicha, bunday qarorga savdo urushi munosabati bilan, yaʼni AQSH prezidenti Donald Trampning Xitoy mahsulotlariga 145 foizlik tariflarni joriy qilgani bois kelingan.Rasmiylar, shuningdek,

18 Apr 11:08
 
33
0
xs.uz

Tramp Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berish rejasini bekor qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp Tehron bilan muzokaralarni davom ettirish maqsadida Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berish rejasini bekor qilgan. Bu haqda Oq uy rasmiylariga tayanib, 'The New York Times' xabar bermoqda.'Isroil kelasi oyning boshidayoq Eron yadroviy inshootlariga zarba berishni rejalashtirgan edi. Biroq prezident Tramp soʻnggi haftalarda bu gʻoyani rad etib, yadroviy dasturini cheklash boʻyicha Tehron bilan muzokaralar oʻtkazish tarafdori boʻldi', deyiladi maqolada

21 Apr 08:34
 
401
0
xs.uz

“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi

Italiyaning mashhur avtomobil kompaniyalaridan boʻlgan 'Ferrari' oʻz tarixida ilk bora elektromobil ishlab chiqarmoqchi. Mashinaning taqdim etilishi shu yilning 9-oktyabriga rejalashtirilgan. Bu haqda 'Reuters' xabar qildi.Yangi model toʻliq kompaniya tomonidan mustaqil tarzda yigʻilib, barcha asosiy elektr uskunalari 'Ferrari' tomonidan yasaladi. Elektr komponentlari ishlab chiqarish va yigʻish uchun yangi sex ham qurilmoqda.'Ferrari' yangi elektromobil uchun uch xil elektr uzatmalar tizim