“Pedagogning maqomi toʻgʻrisida”gi Qonun oʻqituvchi va muallimlarning jamiyatdagi nufuzi va mavqeini oshirishga xizmat qiladi


Joriy yilning 25-sentabr kuni parlament yuqori palatasining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi majlisida Senatning navbatdagi yalpi majlisida muhokama qilinishi rejalashtirilayotgan qonunlar dastlabki tarzda koʻrib chiqildi.
Xususan, “Pedagogning maqomi toʻgʻrisida”gi Qonun senatorlar, tegishli vazirlik va idoralar vakillari, mahalliy Kengashlar kotibiyatlari mudirlari hamda soha mutaxassislari eʼtibor markazida boʻldi.
Qayd etilganidek, Qonun bilan pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari, faoliyatining asosiy kafolatlari, mehnatiga yarasha haq toʻlash, ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish tamoyillari belgilanmoqda.
Mazkur Qonun asosida pedagoglarning oʻz kasbiy faoliyatini yuritishi uchun tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratiladi. Ularning ijtimoiy himoyasi taʼminlanadi va mamlakatimizda pedagogning maqomi tan olinadi.
Ushbu Qonun oʻqituvchi va muallimlarning jamiyatdagi nufuzi va mavqeini oshirishga xizmat qiladi.
Muhokama jarayonida qonun normalari bilan birga pedagoglar maqomini oshirish, ularning moddiy taʼminoti darajasini oʻstirish yuzasidan qilingan bir qator ahamiyatli ishlarga ham eʼtibor qaratildi.
Jumladan, soʻnggi yillarda pedagog xodimlarning ish haqi miqdorlari bir necha marta oshirilgani, alohida ustama haqlar joriy etilishi va taʼlim standartlari talablariga muvofiq pedagoglarning ish yuklamalari maqbullashtirilgani ham aytib oʻtildi.
Muhokama soʻnggida Qoʻmitaning tegishli qarori qabul qilindi.
2025-yilning yanvar-aprel oylaridagi tashqi savdo aylanmasi hajmi haqida maʼlumot berildi
Milliy statistika qoʻmitasi 2025-yil yanvar aprel oylarida Oʻzbekiston Respublikasining hududlari kesimida tashqi savdo aylanmasi hajmi haqida maʼlumot berdi.Unda aytilishicha, yanvar-aprel oylarida Oʻzbekiston Respublikasining hududlari kesimida tashqi savdo aylanmasi hajmining eng yuqori koʻrsatkichi Toshkent shahrida qayt etilgan.Poytaxtda yanvar-aprel oylarida 8 milliard dollarlik tashqi savdo aylanmasi kuzatilgan.Respublikamizning boshqa hududlaridagi tashqi savdo aylanmasi hajmi quyid
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Hindiston Bosh vaziri bilan uchrashdi
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashdi. Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻzining Telegram kanalida maʼlum qildi.'Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi Janobi Oliylariga qabul uchun minnatdorlik bildiramiz. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining eng samimiy salomlarini yetkazdik', ' deyiladi xabarda.Mazkur uchrashuv mamlakatlarimiz oʻ
“Qadrli farzandlarim!”... Shavkat Mirziyoyev futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolariga tabrik yoʻlladi
Qadrli farzandlarim!Avvalo, siz, azizlarni Osiyoning eng kuchli jamoalari ishtirok etgan saralash oʻyinlarida chinakam jasorat va matonat namunasini koʻrsatib, tom maʼnoda ulkan gʻalabaga erishganingiz ' Vatanimiz tarixida birinchi marta jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritganingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.Hech shubhasiz, milliy sportimiz solnomasiga oltin harflar bilan bitiladigan bunday yorqin natija yurtimizdagi millionlab futbol muxlislari, butun xalqimizn
Senat Raisi boshchiligidagi ishchi guruh Navoiy viloyati mahallalaridagi ijtimoiy masalalarni oʻrgandi
2025-yil 4-iyun kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi ishchi guruh Navoiy viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy holat va aholi turmush darajasi, shuningdek huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida tashrif buyurdi.Ishchi guruh aʼzolari Konimex tumanidagi 'Navroʻz' mahallasini oʻrganish jarayonida mahallada 'mahalla yettiligi' tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, jumladan, ayollar bandligini taʼminla