calendar 25 Aug 12:51
eye 68
comments 0
comments Manba: zarnews

Turkiyadagi o'zbek olimasi "Qutlug' qon"ni turkchaga o'girdi

image

O'zbek adabiyotining xorijda tanishuvi bilan bog'liq yaxshi xabarlar keyingi yillarda tez-tez quloqqa chalinayapti. Navbatdagi shunday voqea xabari Turkiyadan keldi. Turkiya Respublikasida ilmiy izlanish olib borayotgan yurtdoshlarimizdan Zamira Hamidova-O'zturk Oybekning "Qutlug' qon" romanini turk tiliga o'girdi.

 A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot kutubxona markazida tarjimon bilan qizg'in savol-javoblarga boy tarzda uchrashuv bo'lib o'tdi.

Kitob taqdimoti boshlanishi avvalida O'zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova tarjimon haqda to'xtalib o'tdi.

Shu o'rinda Zamira Hamidova (O'zturk) haqda qisqacha aytib o'tsak. U 1976 yil Andijon viloyatining Baliqchi tumanida tavallud topgan. Dastlab, Toshkent davlat pedagogika universitetida, so'ngra Turkiyaning Marmara universiteti (Marmara Üniversitesi)da magistratura bosqichini tamomlagan. Uzoq yillik ilmiy izlanishlari natijasida 2020 yil Turkiyaning Hojattepa universiteti (Hacettepe Üniversitesi)da «O'zbekistonda til siyosati: standartlashtirish va modernizatsiya» («Özbekistan'da Dil Politikası: Standartlaşma ve Modernizasёn») mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Z.Hamidova faoliyati davomida bir qancha nashrlar bilan birga "O'zbekcha-turkcha izohli lug'at", o'zbek va turk adib-olimlarining o'nlab tarjimalari muallifi.

Olima 2014 yildan eʻtiboran Turkiya Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasining Kommunikatsiyalar boshqarmasida tarjimon, ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

-Ushbu romanni tarjimasiga kirishdimu, mudom shu asarning taʻsirida yashadim, - deydi Zamira Hamidova. – Uning to'liq tarjimasi, tahririga yetti yil vaqt ketdi. Hali tarjima jarayonidayoq turk hamkasblarim mazkur asar, uning muallifi, nozik didli, hayoti juda ko'p murakkabliklarga to'la bo'lgan Oybek hayoti va ijodidan voqif bo'lishdi. Ustozlar va hamkasblar uning hayotiga juda qiziqib, boshqa asarlari tarjimasiga ham kirishishim lozimligini takror-takror bildirishdi.

Tarjimonlikda "tarjimaning hidi kelmasin", degan ibora bor. Asar turk tilida xuddi aslidagiday o'qilishi uchun baʻzi so'zlarning tarjimasini yillar davomida izlashimga to'g'ri keldi. Qolaversa, o'zbek qadriyatlarini ko'rsatib beradigan so'zlarga izoh yozishdan erinmadim, 20 yildan beri Turkiyada istiqomat qilganim uchun garchi tilimiz o'xshash bo'lsa-da, ammo urf-odatlarimizdagi mavjud farqlarni asar orqali ko'rsatgim keldi.

Asarning turk tilidagi tarjimasini qabul qilib olar ekan, viloyat axborot kutubxona markazi rahbari Zebiniso Shodiyeva kutubxona til o'rganuvchi yoki xorijlik kitobxonlar uchun yana bir ajoyib tuhfa uchun muallifga minnatdorlik bildirdi. Uchrashuv ishtirokchilari tilni, xususan turk tilini ham serial orqali emas, milliy adabiyotimizning o'zga tildagi nashri orqali o'rganish ancha samaraliroq ekanligini taʻkidlab o'tishdi.

O'zbek va turk adabiyotining maʻlum davrini o'rganayotgan PhD doktori, turkiyalik adabiyotshunos Bayram Bilir Turkiyada ham shu davrda "Qutlug' qon"ga o'xshash asar yozilgani va ulardagi o'xshashliklarga to'xtalib o'tdi.

Gulruh MO'MINOVA.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jun 21:55
 
182
0
xs.uz

Dollarning rasmiy kursi sezilarli darajada pasaydi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 17-iyun kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 45,08 soʻmga tushdi va 12 715,13 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi ham 25,61 soʻmga koʻtarildi va 14 730,48 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli ham 1,67 soʻmga koʻtarilib, 161,75 soʻmni tashkil etdi.

31 May 08:50
 
45
0
xs.uz

Zargarlarning xomashyo bilan bogʻliq birorta muammosi boʻlmasligi kerak — Prezident

Zargarlik sanoatida ishlatiladigan uskunalar va ularni butlovchi qismlari import bojidan ozod qilinadi. Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan mahalliy sanoatni rivojlantirish boʻyicha videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.Qayd etilishicha, endilikda zargarlar ham yakka tadbirkor sifatida tilla buyumlari savdosi bilan shugʻullanishi mumkin boʻladi.Mutasaddilarga joylardagi norasmiy zargarlik rastalarini zamonaviy koʻrinishga keltirib, ularning faoliyatini qonuniylashtirish topshiril

31 May 08:51
 
70
0
xs.uz

Yashil yertoʻla, tabiat va texnologiya uygʻunligi — tobora farovonlashib borayotgan Fargʻona viloyatidan fotoreportaj

'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasining vodiy viloyatlariga qilgan xizmat safari davom etadi. Ijodiy jamoamiz bilan birgalikda bugun, 29-aprel kuni Fargʻona viloyatiga tashrif buyurib, hududning tobora zamonaviy qiyofaga kirib borayotganiga guvoh boʻldik.Safarimiz davomida bizni eng hayratga solgan manzillardan biri Fargʻona shahridagi 'Green Organic' mikroorganik oʻsimliklar yetishtirish kooperatsiyasi boʻldi. Qiziq tomoni shundaki, bu korxona shahardagi koʻp qava

31 May 08:51
 
123
0
xs.uz

Togʻlar orasidan vodiy sari yoʻl — “Qamchiq” dovonidan fotoreportaj

'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasi bu safar Andijon viloyatiga xizmat safari uyushtirdi. Yoʻlimiz, tabiiyki, Oʻzbekistonning eng muhim va betakror maskanlaridan biri ' 'Qamchiq' dovonidan oʻtdi.Dovon oʻzining goʻzalligi, tabiat bilan uygʻunlashgan zamonaviy yoʻl infratuzilmasi hamda har faslda har-xil tus oluvchi manzaralari bilan kishini hayratga soladi. Bahorning soʻnggi kunlari boʻlishiga qarmay dovonidagi salqin havo kishiga oʻzgacha huzur bagʻishlaydi.Do