Uzbekistan Airways aviaparki yana bitta Airbus A320neo bilan toʻldirildi


Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
Bugun, 2023-yil 27-iyul kuni poytaxt aeroportida navbatdagi Airbus A320neo tantanali ravishda kutib olindi.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi oʻn toʻqqizinchi Airbus havo kemasini qabul qilib olganini maʼlum qiladi. Yangi avialayner ishlab chiqaruvchining Tuluzadagi zavodida Uzbekistan Airways kompaniyasiga topshirildi. Anʼanaga koʻra, yangi havo kemasi Toshkent aeroportida suv arkasi bilan kutib olindi. Havo kemasi standart bir toifali komponovka tartibida 186 yoʻlovchini tashish uchun moʻljallangan.
Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda Airbus A320neo oʻz sinfidagi eng yaxshi oʻrta masofali havo kemasi boʻlib, barcha xavfsizlik va ishonchlilik talablariga javob beradi. Bu avvalgi avlod havo kemalariga qaraganda 15% tejamkor, karbonat angidrid chiqarishi esa xalqaro standartlarga muvofiq meʼyordan 50% kamroq.
“Umumiy hisobda, joriy yil oxiriga qadar biz ushbu turdagi beshta havo kemasini qabul qilib olishni rejalashtirganmiz. Bugun esa ikkinchisini kutib olmoqdamiz, birinchisi 16-iyun kuni Oʻzbekistonga yetib kelgan edi va darhol parvozlar jadvaliga kiritilib, xalqaro va mahalliy yoʻnalishlarda parvozlarni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda” – dedi Shuxrat Xudaykulov, “Uzbekistan Airways” AJ Boshqaruv raisi.
Aviaqatnovlarga boʻlgan talab yuqori boʻlgan bir paytda yangi havo kemalari bizga hozirdanoq vaqtni samarali rejalashtirish va yangi yoʻnalishlarni ochish masalalarini hal qilishga yordam beradi. Kelgusida aviakompaniya ularni biznes klass bilan ikki toifali komponovkaga aylantirish ustida ish olib boradi. Shuningdek, yaqin kelajakda brend livreyani yangilash rejalashtirilgan, shuning uchun oʻn sakkizinchi va oʻn toʻqqizinchi havo kemalari soddalashtirilgan fyuzelyaj koʻrinishida qabul qilinmoqda. Aviakompaniya yangi havo kemasidan Toshkent shahri va viloyatlardan amalga oshiriladigan aviaqatnovlarda foydalanishni rejalashtirmoqda. Avialayner BOC Aviation kompaniyasi tomonidan uzoq muddatli ijara asosida yetkazib berildi.
Shunday qilib, aviakompaniya parkida 30 dan ortiq Boeing va Airbus samolyotlari, jumladan, ikkita A-330 hamda Oʻzbekiston boʻylab parvozlarni amalga oshirish uchun Chexiya ishlab chiqaruvchisidan sotib olingan, qisqa masofaga parvoz qiluvchi L410 havo kemalari mavjud.
Havo kemalari sonining ortishi munosabati bilan aviakompaniya yangi uchuvchilar va bort kuzatuvchilarni tayyorlash boʻyicha samarali ishlarni bajarib kelmoqda. “Oʻquv-mashgʻulot markazi” MCHJ mutaxassislari va Uzbekistan Airways uchuvchi-instruktorlari tomonidan esa ekipaj aʼzolarini sifatli oʻqitish va aviakompaniyada faoliyat olib borish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.
Yangi avialaynerni Uzbekistan Airways rahbariyati va xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, aviaspotterlar va Toshkent davlat transport universitetining aviatsiya transporti muhandisligi fakulteti talabalari kutib oldi.
Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
“Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Ushbu hafta Hindistonda 'Boeing 787-8 Dreamliner' samolyoti Ahmadoboddan Londonga uchish uchun samoga koʻtarilgan, ammo 5 daqiqa oʻtib havo kemasi halokatga uchradi. Bortda 242 kishi bor edi.Dastlab dahshatli aviahalokatda qutqaruvchilar tiriklarni topishga umid qilishmagan. Shunga qaramasdan, 40 yoshli Vishvashkumar Ramesh bu fojiada tirik qolgan bortdagi yagona inson ekani maʼlum boʻldi.U akasi Ajaykumar Ramesh bilan uchayotgan edi. Ular bort oshxonasining qarama-qarshi tomonidagi favqulod
Makron va Mers poyezdda kokain isteʼmol qilganmidi?
Gap shundaki, fotosuratchilar siyosatchilarga yuzlanganda Makron stoldan gʻijimlangan qogʻozni, Mers esa tayoqcha oʻxshash jismni olib tashlagan.Internetda sharhlovchilar, bir qator blogerlar, shuningdek, Rossiya tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova sayohat paytida siyosatchilar kokain isteʼmol qilganini aytishdi. Bunga isbot tarzida Makron va Mersning harakatlarini keltirildi.Shu qatorda 'Liberation' gazetasi kokain haqida hech qanday gap-soʻz yoʻqligini yozib, yuqori
Tramp Eronga zarba berishni koʻrib chiqmoqda
AQSH Yaqin Sharqdagi harbiy harakatlarini kuchaytirishga kirishdi. 'Fox News' telekanali xabariga koʻra, Amerika qoʻshinlari mintaqaga qoʻshimcha qiruvchi samolyotlarni joʻnatmoqda hamda u yerdagi aviatsiya kuchlari dislokatsiyasini uzaytirmoqda.CNN manbalari maʼlum qilishicha, AQSH prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi ehtimoliy havo hujumi ssenariylarini koʻrib chiqmoqda. Shu doirada AQSH harbiylariga Isroilga yonilgʻi quyishda yordam berish haqida buyruq berish ehtimoli mavjud. Manbala
AQSH armiyasining 250 yilligi keng miqyosdagi harbiy parad bilan nishonlandi
14-iyun kuni AQSH poytaxti Vashington shahrida Amerika armiyasining 250 yilligi munosabati bilan keng koʻlamli harbiy parad tashkil etildi. Ushbu tantanali tadbir mamlakat prezidenti Donald Trampning 79-yillik tugʻilgan kuni bilan bir vaqtda boʻlib oʻtdi. Prezident Tramp va uning rafiqasi Melaniya paradga shaxsan tashrif buyurib, tadbirni tribuna orqali kuzatdi hamda nutq soʻzladi.Mahalliy OAV xabarlariga koʻra, paradda 6600 nafarga yaqin harbiy xizmatchi, 50 ta harbiy vertolyot va 'M1 Abr